Termiz davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya va sport nazariyasi kafedrasi


 Musobaqaga tayyorgarlik kо„rish va uni о„tkazish



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/194
Sana25.06.2021
Hajmi6,59 Mb.
#100974
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   194
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua a4996e5e3594e2930db2202c30c913d9

5. Musobaqaga tayyorgarlik kо„rish va uni о„tkazish 
Bо‗lajak musobaqaga tayyorgarlik kо‗rish ishlari, musobaqaning kо‗lamidan qat‘i nazar, uning 
boshlanishidan ancha ilgari olib borilishi kerak. Bunda barcha tadbirlarni uch bosqichga bо‗lish 
maqsadga muvofiqdir. 
Birinchi  bosqichda  musobaqaning  muddati,  miqyosi,  о‗tkazish  joyi  belgilanadi  va  uning 
nizomi tasdiqlanadi, shuningdek, vazirlik, sport bо‗limlarda hakamlar hay‘ati (yoki bosh hakam) 
tayinlanadi va tasdiqlanadi, musobaqani tayyorlash hamda о‗tkazish rejasi ishlab chiqiladi. Rejada 
quyidagilar nazarda tutiladi: 
a) 
ta‘minot masalalan joy va jihozlarni tayyorlash, musobaqa ishtirokchilarini 
qabul qilish, xizmat kо‗rsatadigan shaxslarni tayinlash va h.k.); 
b) 
bosh hakam tomonidan tuziladigan musobaqa dasturi. Musobaqalarning har kungi jadvalini 
(ishtirok etadigan jamoa va ularning tarkibi tо‗g‗risidagi dastlabki ma‘lumotlarga asosan) tuzadi. 
Ikkinchi  bosqichda  musobaqa  jadvali  aniqlanib,  hakamlar  hay‘ati  tanlanadi  va  tasdiqlanadi, 
qaydnomalar tayyorlanadi va h.k. Tayyorgarlik ishlarini musobaqani tashkil etadigan tashkilotlar 
va bosh hakamlar hay‘ati birgalikda olib boradi. 
Eng murakkab ish – musobaqalar uchun joy tayyorlash va joyni sifatli jihozlar bilan ta‘minlash. 
Musobaqalar  uchun  bino  yoki  ochiq  maydoncha  tanlanganda  gimnastika  jihozlari  va 
tomoshabinlami  qulay  joylashtirishni  nazarda  tutish  lozim.  Hakamlar  hamda  kotibiyat  uchun 
xonalar,  dushxonalar,  shifokorlar  uchun  joy  ajratilgan  bо‗lishi  kerak.  Hakamlar  hay‘ati  va  katta 
hakamlar uchun stollar, texnik kо‗rsatkichlari va boshqalar bо‗lishi zarur. 
Shifokor va xizmatchi xodimlami, axborotchi hakamlarni о‗z vaqtida taklif qilish, ularga yо‗l- 
yо‗riq  kо‗rsatish,  musobaqani  yanada  yuqori  saviyada  о‗tkazishga  yordam  beradi.  Boshqa 
tayyorgarliklami hakamlar hay‘ati, sport boshqarma yoki bо‗limining mas‘ul shaxsi olib boradi. 
Bunday tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: 
• 
jihozlarni  joylashtirish  chizmasini  tuzish  va  mas‘ul  shaxslar  (musobaqa  sohibi)ni 
tasdiqlash; 
• 
jamoalar  tarkibini  (dastlabki  talabnomalar  asosida),  musobaqa  о‗tkazish  jadvalini 
tasdiqlash.  Bir  bо‗limdagi  jamoalar  soni,  musobaqa  dasturining  turlari  teng  bо‗lishiga,  har  bir 
jamoaning tarkibida bir xil dastur bо‗yicha ishtirokchilar bо‗lishiga erishish maqsadga muvofiqdir; 
• ish va qо‗shma bayonnomalarni, axborot jadvallarini tayyorlash. 
Uchinchi  bosqichda  qatnashuvchi  jamoa  (tashkilot)  lar  vakillari  bilan  kengash  о‗tkaziladi, 
jihozlaming  mustahkamligi  tekshiriladi,  sportchilar  jihozlarni  sinab  mashq  о‗tkazadilar  va 
musobaqa  turlari  bо‗yicha  hakamlar  boshchiligida  о‗tkaziladi,  bunda  musobaqaga  jalb  qilingan 
hamma mas‘ul shaxslaming musobaqa о‗tkazishga tayyorligi tekshiriladi. 
Bо‗lajak  musobaqaga  boshchilik  qilish  jamoalar  vakillari  bilan  о‗tkaziladigan  yig‗ilishga 
bog‗liq  bо‗ladi,  bunda  musobaqa  о‗tkazadigan  tashkilot  vakili,  ularga  bosh  hakamlar  hay‘atini 
tanishtiradi, nizomning alohida bandlarini aniqlab, qayta kо‗rib chiqadi, hakamlik ish texnikasini 
tushuntiradi, musobaqani о‗tkazish jadvali va tartibini e‘lon qiladi. Shu bilan birga, musobaqani 


11 
 
ochilish marosimida saflanish joyini, ishtirokchilaming musobaqaga chiqishini, ularning tarkibi va 
kiyimini, ochilish va yopilish marosimini, mukofotlash tartibini va boshqalami aniq belgilab olmoq 
zarur. 
Ishtirokchilarga bir xil sharoit yaratish va ularni yaxshiroq uyushtirish maqsadida jihozlarda 
mashq qilib kо‗rish musobaqadan bir kun oldin о‗tkazilishi va bunda jihozlarda mashq bajarishda 
qur‘a bо‗yicha aniqlangan tartib saqlanishi kerak. 
Jamoalarning  vakillari  uchun  (yig‗ilishga)  papkalar  va  musobaqa  materiallarim  tayyorlab 
qо‗yish kerak: sportchilar chiptalari, dastur, eslatmalar, musobaqani о‗tkazish jadvali, shuningdek, 
qaydnomalar uchun daftarcha va boshqalar. 
Musobaqa ishtirokchilarining namoyishi, ularni tanishtirish bilan ochiladi. Bu tantanali qismni 
bayramona, aniq о‗tkazish lozim. Odatda, u birinchi kunning yarmidan keyin о‗tkaziiadi (ayrim 
hollarda musobaqa ishtirokchilaridan ba‘zilari bir kun qatnashmasa, birinchi va ikkinchi kunning 
orasida, masalan, erkaklarni ham, ayollarni ham tanishtirish zarur bо‗ladi). О‗tgan yil birinchiligi 
g‗oliblaming bayroq kо‗tarishdagi ishtiroki – namoyishning muhim qismidir. 
Musobaqani  boshqarish  (navbatdagi  sportchilarning  chiqishi,  jihoz  turlarida  mushaklar 
chigalini  yozishning boshlanishi va tugashi), bir jihozdan ikkinchisiga о‗tish va boshqalar bosh 
hakam о‗rinbosari yoki hakamlar tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish