II. Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda muzeyshunoslik va arxivshunoslik fani va uning vazifalari, O’zbekistonda muzey va arxiv ishi tarixi, muzey va arxivlar faoliyatlari, vazifalari, muzey ashyolari va arxiv hujjatlaridan foydalanishni o’rgatishga oid bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga muzey va arxiv ishi nazariyasi, muzey ashyolarni saqlash, muzey fondlarini boyitish, arxiv hujjatlarining tavsiflari, davlat arxivlarining yo’l ko’rsatkichlarini, kataloglar turlari, arxiv fonddari hujjatlaridan foydalanishni tashkil etishni o’rgatishdan iborat.
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1 - mavzu. Muzeyshunoslik fan sifatida
Muzeyshunoslikning yordamchi tarixiy fanlar bilan bog’liqligi (numizmatika, arxeografiya, geral’dika va hokazo). Asosiy tushunchalar. Muzeyning umumiy tavsifi. Muzeyshunoslik uslublari. Muzeyshunoslik fanining tarixi va ijtimoiy vazifapari, muzey ishining nazariyasi va metodikasi. Muzey ishi tarixi. Muzey manbashunosligi. Muzeyshunoslikniing ilmiy metodikasi.
2 — mavzu. Davlat muzey fondi. Muzey fondlarini to’ldirish
Muzey fondi tushunchasi. Muzey fondlarini ilmiy asosda tashkillashtirish. Fond ishlarining asosiy yunalishlari. Muzey ashyolarini o’rganish uslubiyati. Fond orqali o’tmish, bugun va kelajakni bog’lash. Muzey fondlari arxiv va kutubxona fondlaridan farqli tomonlari. Muzey ishida texnik vositalar. Muzey fondlarini to’ldirish. Muzey ashyolariga ilmiy pasportlar qo’yish. Yig’ilgan ashyolarni pasportini tuzish. Ashyoning tarixiy-ilmiylik nisbati. Muzey ashyolarini yig’ishda ekspeditsiyalar tashkil qilish. Materialni qat’iy ilmiy asosda tanlash, yig’uv-to’plov ishining majburiy shartlari. Dala sharoitidagi yig’uv, pasport berish shart-sharoitlari.
3 - mavzu. Muzey ashyolarini xisobga olish. Muzey fondlarini
saqlash
Muzey fondlarini hisobga olish va hisob hujjatlari. Muzey fondlarini ilmiy kataloglashtirish. Muzey fondlari - davlat mulki. Muzey fondlarini yuridik himoyalash. Ashyolarni qat’iy joylashtirish va qonuniy kafolatlari. Muzey ashyolarini yuridik holatini rasmiylashtirish. Ashyolarni tegishli ilmiy xodimlarga biriktirish. Muzey fondlarida mavjud bo’lmagan vaqtinchalik saqlanayotgan ashyolarni ro’yxatga olish. Ashyolarni dastlabki va keyingi holatlarini nazoratga olish. Ashyolar turar joylari to’g’risida ma’lumotlar topish imkoniyatlari. Fond hujjatlashtirilishida informatsion tizim. Fond ashyolarining elektron informatsion tizimini yaratish. Muzey-fondlarini saqlash tartibi. Harorat, namlik darajasi, havoni ifloslantirishdan saqlash tartibi, biologik tartib, yoruglik tartibi, mexanik shikastlardan saqlash tartibi, muzey fondlarini ekstremal vaziyatda saqlash. Saqlanish tartibiga rioya etish. Fonlardagi ashyolarni tabiiy va biologik faktorlardan himoyalash
Do'stlaringiz bilan baham: |