Bojxona statistikasi chiqarilayotgan va kiritilayotgan tovarlarni ham naturada va ham pul ko’rinishida hisobga oladi.Bu esa o’z navbatida,eksport va importning umumiy hajmi va strukturasini aniqlash imkoniyatini beradi.
Tashqi savdo aylanmasining pulda ifodalanishi mamlakatning iqtisodiy ahvolini va uning halqaro aloqalarini ifodaldovchi muhim ko’rsatkich hisoblanadi.Mamlakatning ma’lum davrdagi eksporti va importiningt nisbati bo’yicha mamlakatning savdo balansi aniqlanadi.Eksport importdan ko’p bo’lsa,tashqi savdo balansi aktiv,kam bo’lsa,aksincha passiv bo’ladi
O’zbekiston statistikasida eksport-import operatsiyalari AQSH dollarida va milliy valyuta asosida hisoblanadi.Bunda AQSH dolarining kursiga o’tkazish Markaziy bank e’lon qilgan kurs asosida ,YUBD tuzilgan kun bahosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |