Aholi jon boshiga real umumiy daromadlar iming so‘m
|
2014 y.
|
2015 y.*
|
2016 y.
|
2017 y.
|
2018 y.
|
O‘zbekiston Respublikasi
|
3601,3
|
4805,2
|
5503,5
|
6227,8
|
7300,2
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
2680,9
|
3427,9
|
3856,1
|
4497,1
|
5474,6
|
viloyatlar:
|
|
|
|
|
|
Andijon
|
3453,1
|
4446,4
|
5187,7
|
6010,2
|
6900,7
|
Buxoro
|
4372,1
|
5836,4
|
6657,8
|
7707,8
|
9294,4
|
Jizzax
|
2689,4
|
4288,4
|
4873,5
|
5574,6
|
6832,9
|
Qashqadaryo
|
3039,1
|
4148,1
|
4908,9
|
5505,3
|
6274,8
|
Navoiy
|
5878,9
|
7928,9
|
8874,4
|
9783,5
|
11450,7
|
Namangan
|
2640,5
|
3699,3
|
4252,7
|
4911,9
|
5630,0
|
Samarqand
|
3099,6
|
4151,9
|
4953,8
|
5608,5
|
6571,5
|
Surxondaryo
|
2923,5
|
4130,9
|
4560,6
|
5054,7
|
6164,2
|
Sirdaryo
|
3797,5
|
5141,3
|
5988,4
|
5806,5
|
6541,0
|
Toshkent
|
3843,0
|
5507,7
|
6008,3
|
6570,1
|
7640,3
|
Farg‘ona
|
3077,3
|
4084,9
|
4508,6
|
4899,0
|
5847,8
|
Xorazm
|
3398,4
|
4582,4
|
5220,3
|
6306,2
|
7634,7
|
Toshkent sh.
|
7146,0
|
8486,1
|
10086,8
|
11770,1
|
13447,4
|
Aholi pul daromadlarining umumiy hajmida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (qishloq xo`jalik mahsulotlari sotishdan olingan daromadlarni qo`shgan holda) va mol-mulk ulushi yuqori bo`lib, umumiy pul daromadlarining 56,0%ini, mehnatga haq to`lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlarning ulushi 29,4%ni, ijtimoiy transfertlarning ulushi esa 14,6%ni tashkil qildi.
Aholining iste`mol xarajatlari 22,4%ga ko`paydi va 7248,3 mlrd. so`mni tashkil qildi. Iste`mol xarajatlari ulushi pul daromadlarining umumiy hajmida 76,8%dan 72,5%ga kamaydi.
Majburiy to`lovlar va badallarga haq to`lash xarajatlari 17,8%ga ko`paydi va 697,5 mlrd. so`mni tashkil qildi, ularning pul daromadlaridagi ulushi 7,7%dan 7,0%ga kamaydi.
21.3. Aholi iste`moli. Iste`mol manbalari va uning tarkibi.
Iste`mol hajmi, uning dinamikasi va tarkibi inson turmush darajasining muhim elementlari bo`lib hisoblanadi. MDH mamlakatlarida iste`molchi manfaatini himoya qiluvchi qonunlar aktlari qabul qilingan, ular minimal daromad, pensionerlarni, nogironlarni ijtimoiy ta`minoti, bahoning ortishi va inflatsiya natijasida aholining ijtimoiy himoyalash kabilar, shuningdek, «Iste`molchi huquqini himoyalash haqida»gi qonun qabul qilinib, unda fuqarolarning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish asoslari yaratilgan.
Xalqaro andozalarni tashkil etish tashkiloti (ISO) ham iste`molchilar manfaatlarini himoya qiladi.
Aholi iste`moli statistikasining asosiy vazifasi iste`molning natural va qiymat ko`rsatkichlarini, individual va oilaviy iste`mol byudjetlarini, iste`mol xarajatlari tarkibini va iste`molning elastlikligini va uning dinamikasini o`rganishdan iborat.
Iste`mol – ishlab chiqarish jarayonining oxirgi nuqtasi va takror ishlab chiqarishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Iste`mol ma`lum ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalanishni anglatadi. Oxirgi iste`mol milliy hisoblar tizimining daromadlaridan foydalanish hisoblamasida o`z aksini topadi. U uy xo`jaliklarining ko`p mablag’lari va natural daromadlari hisobidan iste`mollarini, butunlay davlat qaramog’ida bo`lgan aholi iste`molini, shularga yana davlat tomonidan amalga oshiriladigan sog’liqni saqlash, ta`lim, madaniyat, ijtimoiy ta`minot xarajatlarini, fuqarolarning xorijdan sotib olgan mahsulotlari va xorijliklarning bizning mamlakatdan sotib olgan mahsulotlari orasidagi farqni ifodalaydi.
Aholining umumiy iste`moli material va nomaterial boylik va xizmatlar iste`molini o`z ichiga oladi. U ishlab chiqarish darajasiga, shuningdek, taqsimlash tarkibi va tarkibiga bog’liq.
To`lovli va to`lovsiz iste`molni ajratish lozim.
To`lovli iste`mol aholining pul daromadlari hisobiga amalga oshiriladi.
To`lovsiz iste`mol – butunlay davlat qaramog’idagi aholining sog’liqni saqlash, ta`lim, madaniyat va h.k. muassasalaridagi tovar va xizmatlar iste`molini o`z ichiga oladi. To`lovli iste`mol to`liq qiymat bo`yicha, to`lovsizi esa xarajatlar summasi sifatida hisobga olinadi.
Xizmatlar material va nomaterial xizmatlarga bo`linadi. Material xizmatlar – ilgari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qayta ishlash va tiklash maqsadida amalga oshiriladi. Nomaterial xizmatlar – bular material formada yuzaga kelmaydigan xizmatlar (ta`lim sohasi, sog’liqni saqlash va h.k.). Material boyliklar va xizmatlar ularning hajmi, tarkibi va sifati ko`rsatkichlari yordamida o`rganiladi.
Xizmatlar tarkibi kattalashtirilgan holda maqsadli vazifasiga asosan quyidagi guruhlarni o`z ichiga oladi:
A. Iste`mol xarajatlari:
oziq-ovqat mahsulotlari, uydan tashqarida ovqatlanish, alkogol, tamaki;
kiyim, gazlama, oyoq kiyimi;
shaxsiy gigiena mahsulotlari;
uy-joy kommunal xizmatlari, mebel va h.k.;
ta`lim, madaniyat, dam olish va h.k. xizmatlar;
ijtimoiy transport xizmatlari, xususiy transportni asrash, aloqa;
yoqilg’i va boshqa mahsulotlar.
B. Noiste`mol xarajatlari:
xususiy yordamchi xo`jalik xarajatlari;
tug’ishganlarga ko`rsatilgan material yordamlar;
jamg’arish (banklardagi hisoblar, qimmatli qog’ozlar va chet el valyutalarini sotib olish va h.k.);
soliqlar, to`lovlar va boshqa xarajatlar.
Ayrim mamlakatlarda 2018-yilda uy xo`jaliklarining oxirgi iste`moli tarkibi (%%)
Mamlakatlar
|
Jami
|
Oziq-ovqat mahsulotlar, ichimlik, tamaki
|
Kiyim va oyoq kiyim
|
Uy-joy to`lovlari va kommunal xizmatlar
|
Mebel va uyga xizmatlar
|
Meditsina xizmatlari
|
Transport va aloqa
|
Dam olish, madaniyat, ta`lim
|
Boshqa tovar va xizmatlar
|
Angliya
|
100,0
|
19,9
|
5,9
|
20,1
|
6,4
|
1,6
|
17,2
|
10,8
|
18,1
|
Germaniya
|
100,0
|
15,2
|
6,3
|
20,7
|
8,2
|
14,5
|
15,9
|
9,0
|
10,1
|
Indiya
|
100,0
|
53,9
|
10,4
|
9,3
|
4,2
|
2,3
|
12,6
|
3,4
|
3,5
|
Kanada
|
100,0
|
14,5
|
5,3
|
24,5
|
8,7
|
4,4
|
14,5
|
11,6
|
16,5
|
Rossiya
|
100,0
|
33,8
|
11,3
|
8,7
|
5,0
|
8,4
|
10,6
|
11,6
|
10,6
|
AQSH
|
100,0
|
11,5
|
6,0
|
18,2
|
5,9
|
18,0
|
14,1
|
14,0
|
16,0
|
Frantsiya
|
100,0
|
18,2
|
5,4
|
21,8
|
7,3
|
10,4
|
16,3
|
7,5
|
13,2
|
YAponiya
|
100,0
|
17,6
|
5,4
|
21,4
|
5,0
|
10,1
|
19,0
|
12,6
|
17,0
|
Ukraina
|
100,0
|
45,1
|
5,3
|
11,0
|
3,1
|
11,2
|
5,5
|
14,1
|
4,8
|
Belorussiya
|
100,0
|
50,2
|
6,7
|
8,1
|
3,0
|
8,4
|
5,8
|
10,8
|
7,0
|
Jadval ma`lumotlariga qaraganda har xil mamlakatlar iste`moli tarkibida sezirarli farqlar mavjud. Ammo MDH davlatlari iste`moli tarkibi bir-biriga o`xshab ketadi: xarajatlarning asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik, tamakiga to`g’ri keladi, uy-joy to`lovlari, kommunal xizmatlar va transport xarajatlari ulushi ancha past. 2018-yilda O`zbekiston aholisining iste`mol xarajatlari 22,4%ga ko`paydi va va 7248,3 mlrd. so`mni tashkil qildi. Iste`mol xarajatlari ulushi pul daromadlarining umumiy hajmida 76,8%dan 72,5%ga kamaydi.
Qisqacha xulosalar
Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo`nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi haqidagi va boshqa ma`lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlari tuziladi.
Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimiga bevosita iste`mol ko`rsatkichlari bilan birga iste`mol imkoniyatini ifodalovchi ko`rsatkichlar ham kiradi. Ularga, masalan, iste`mol fondi yoki daromad darajasi ko`rsatkichlarini kiritish mumkin.
Aholining turmush darajasi ko`p jihatdan ularning olayotgan daromadlariga bog’liq bo`lib, shaxsiy ehtiyojlarni qondirilish darajasini ifodalaydi.
Aholining daromadlari va xarajatlari balansi – aholining daromadlari, xarajatlari, jamg’armalari hajmi va tarkibini ham ifodalaydi. Balans yalpi milliy daromadning qanday qismi aholi ixtiyoriga pul formada tushishini ifodalaydi.
Aholi iste`moli statistikasining asosiy vazifasi iste`molning natural va qiymat ko`rsatkichlarini, individual va oilaviy iste`mol byudjetlarini, iste`mol xarajatlari tarkibini va iste`molning elastlikligini va uning dinamikasini o`rganishdan iborat.
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
Aholi turmush darajasi deganda nimani tushunasiz?
Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar izimini aytib bering.
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining mohiyati nimada?
Uy xo`jaliklari daromadlarini qanday turlarga bo`lish mumkin?
Nominal va real daromad mohiyatini tushuntiring.
O`zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashning qanday yo`nalishlarini bilasiz?
Aholi daromadlari tarkibini tushuntiring.
Turmush darajasini o`rganishning asosiy yo`nalishlarini ayting.
Mustaqil ta`lim mavzulari
1. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indekatorlar tizimi
2. Milliy hisoblar tizimida aholi turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
3.Aholi daromadlari va xarajatlari balansi
4.Aholi istemoli statistikasi
5.Aholinihg moddiy ne`matlar va xizmatlarni istemol qilish ko`rsatkichlari
FOYDALANILGAN VA TAVSIYA QILINGAN ADABIYOTLAR
1. Мирзиёев, Ш. М. Танқидий таҳлил, катъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. - Тошкент: «Ўзбекистон», 2017. - 104 б.
2.Статистика. Учебник. /Под ред. И.И. Елисеевой. – М.: Проспект,2010, 357-369 c
3.Soatov N.M., Nabiev H.G’., Nabiev D.H.,Tillaxo`jayeva G.N. Statistika
Darslik,T, 2011, 499-513 b
4. Nabiyev H.G’,Nabiyev D.H. Iqtisodiy statistika. Darslik. T.: “Aloqachi”, 2008, 461-483 b.
5. Статистика : учебник / под ред. И. И. Елисеевой. — М.: Высшее образо вание, 2009,286-306 c
6. Статистика уровня жизни населения. Учебное пособие Качанова Н. Н., Глебкова И. Ю., Долбик- Воробей Т. А. 2018 КноРус
7.Социально-экономическая статистика Л. Г. Батракова 2013 Логос
8.Статистика в 2-х томах. Том 2. Социально-экономическая статистика. Учебник и практикум для академического бакалавриата Н. И. Малых 2017 Юрайт
Internet saytlar
www.economics.ru
www.stat.uz
www.cer.uz
www.uza.uz
www..cbu.uz
www.ziyonet.uz
www.mineconomu.uz
www.mehnat.uz
www.mf.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |