Termiz davlat universiteti iqtisodiyotva menejment kafedrasi


Pul muomalasi balansi va pul qadrsizlanishini statistik o’rganish



Download 381,8 Kb.
bet70/84
Sana31.12.2021
Hajmi381,8 Kb.
#256470
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84
Bog'liq
Маъруза матн

20.3.Pul muomalasi balansi va pul qadrsizlanishini statistik o’rganish.

Pul massasining darajasi ,dinamikasi va tarkibini xarakterlovchi ko’rsatkichlar tizimi sifatida tasvirlangan,xo’jalik yurituvchi subektlar o’rtasida naqd pul va naqd pulsiz shakllarda amalga oshiriladigan pul munosabatlari pul muomalasi statistikasining predmeti hisoblanadi.

Pul muomalasi statistikasi pul munosabatlarini o’rganish,o’zgartirish quroli hamda ularni miqdoriy o’lchash va kompleks tahlil qilish metodlari yig’indisigina bo’lib qolmasdan,balki u pul muomalasi jarayonini tashkil qilishni rivojlantirish,bu jarayonni boshqarishsamaradorligini hamda umumiy ijtimoiiy iqtisodiy rivojlantirish samaradorligini oshirishga qaratilgan umumiy vazifalarni yechishda ham bevosita qatnashadi.SHu nuqtai nazardan pul muomalasi statistikasining umumi vazifalari quyidagilar:


  • Pul muomalasi ko’rsatkichlarini huruhga,tiplarga va maxsus sinflarga ajratish,pul munosabatlarini bir butunlikda tasvirlash,tahlil etishva bashorat qilish uchun ularning zarur va yetarli miqdorini Aniqlash;

  • Pul muomalasi jarayonidag o’zgarishlarni to’liq va doimiy ravishda kuzatib borishmaqsadida statistik kuzatishni tashkil qilish va uning metodlarini takomillashtirib borish.;

  • Pul muomalasi bo’yicha hisoblangan krsatkichlarning Aniqlik darajasini ,ma’lumotlarni to’plashga ,qayta ishlashga va tahlil qilishga sarflanadigan kuch va mablag’larni kamaytirishni ta’minlaydigan,bu jarayon qonuniyatlarini o’rganadigan statistik ma’lumotlarni ishlab chiqish,asoslash va samarali qo’llash;

  • Pul muomalasi darajasi ,dinamikasini va tarkibini xarakterlovchi ko’rsatkichlarni hisoblash,tahlil qilish va bashorat qilish;

  • Pul muomalasining umumiy qonuniyatlarini va o’ziga xos evolyutsion xusussiyatlarini Aniqlash,pul muomalasi ko’rsatkichlari o’zgarishining mamlakatning umumiy iqtisodiy rivojlanishi ko’rsatkichlari o’zgarish sur’atlari va nisbatlariga ta’sirini o’rganish

YUqorida keltirilgan umumiy vazifalar Bilan bir qatorda pul muomalasi statistikasining bir qancha xususiy vazifalari ham mavjud.Ular quyidagilar:

  • Alohida olingan ko’rsatkichlar va pul muomalasining agregatlari bo’yicha mavjud o’zgarish tendentsiyalarini Aniqlashva o’rganish Masalan pul,kassa,valyuta oboroti ko’rsatkichlari ;

  • Baho,valyutalar kursi ,stavkalar hisobi,qimmatli qag’ozlar koterovkasi va boshqa ko’rsatkichlarning monitoringi

  • Pul massasiga bo’lgan talab,emissiya,pul birliklari tuzilishi,pul migratsiyasi va boshqalarni statistik o’rganish va tahlil qilish;

  • Pul muomalasi bozorining samaradorligini statistik metodlar yordamida tahlil qilish va bashorat qilish;

YUqorida qayd etib o’tilgan vazifalar alohida alohida bajarilmasdan, birgalikda hal etib boriladi. Bu vazifalarni amalga oshirishda umumiy va keng qo’llaniladigan ko’rsatkich va metodlar bir qatorda maxsus ko’rsatkichlar va metodlardan foydalaniladi.Masalan,pul monitoringni tuzish metodlari,savol javob metodlari ,ekspert baholash metodlari.Bu metodlar eksprement xarakteriga ega bo’lib ular zarur holatlarda,umumiy metodlar yordamida hal qilib bo’lmaydigan maxsus voqealarni o’rganishda keng qo’llaniladi.

Pul muomalasini oqilona tashkil qilinganligini va eng asosiysi,samarali ishlayotganligini baholashda statistik ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.Bu tizimni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:pul aylanishi;pul massasi;naqd pullar;naqd pulsiz mablag’lar;pul masasining aylanish tezligi va vaqti ; pul emissiyasi va migratsiyasi;

Pul mablag’lari doimiy harakatda bo’lishi kerak.Agar pul harakat qilamasa (aylanmasa)u o’lik tovarga aylanadi va o’zining maxsus xusussiyatlarini yo’qotadi,yanada kengroq ma’noda aytadigan bo’lsak pul harakati Bilan yaratilgan mahsulot va xizmatlar harakati chambarchas bog’liq.Bu fikrni quyidagicha izohlash mumkin:

M x V = p x q

Pul aylanishi bir qancha belgilar bilan bo’yicha klassifikatsiya qilinadi;

Pul munosabatlarning turi bo’yicha: a) tovar moddiy ne’matlarni ayirboshlash jarayonidagi pul aylanishi;b)tovar xarakteriga ega bo’lmagan puli hisob kitoblarni amalga oshirish jarayonidagi sodir bo’ladigan pul aylanishi; to’lov usullari bo’yicha:a) naqd pulli; b)naqd pulsiz: mintaqa doirasi bo’yicha: a)mintaqa ichidagi;b)mintaqalararo pul aylanishi; to’lov jarayonidagi ishtiroki bo’yicha:a)aktiv;b) passiv pul aylanishi

Ma’lumki pul aylanishi bankdan boshlanadi.Pulning bir marta aylanishi deganda pulning bankdan chiqib yana banka qayti tushishi tushiniladi. Naqd pul aylanishi quyidagi subektlar o’rtasida bo’ladigan hisob kitoblarda namoyon bo’ladi:ish beruvchi va yollanma xodimlar o’rtasida (ish haqi);tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va ularni xarid qiluvchilar o’rtasida;davlat va aholi o’rtasida (pensiya,nafaqa,stipendiya ,byudjet to’lovlari) ; kredit toshkilotlari va aholi o’rtasida;

Muomaladagi naqd pul massasi ish yurituvchi subektlar hamda jomoa toshkilotlarining kassa qoldiqlari limit Bilan qa’tiy chegaralangan.Limitdan ortiqcha pul banka topshiradi,banklar esa ortiqcha pul mablag’larini zahira fondiga o’tkazadi); barcha banklarning oborot kasalaridagi naqd pul qoldiqlari;aholi qo’lidagi naqd pullardan tashkil topadi.

Naqd pulsiz oboroti deganda,naqd pulning ishtirokisiz schyotlarga yozish orqali amalga oshiriladigan to’lovlar majmuasi tushiniladi.Oborotning bu turi keng rivojlangan bo’lib respublika iqtisodiyoti rivojlangan sari uning hissasi ortib boradi. Bu omil natijasida naqd pulga bo’lgan ehtiyoj keskin qisqradi,muomala xarajatlari tejaladi,muomaladagi pul mablag’larining xavfsizligi pasayib boraveradi.,barcha ishlar banklar orqali amalga oshirilishi munosabati Bilan ularning huquqIy jihatdan qonuniyligini nazorat qilish mumkin bo’ladi,korxona va toshkilotlar hisob Raqamlariga pul mablag’lari kelib tushadi,ular yaratgan tovar va xizmatlarning ijtimoiy tan olinishi ta’minlanadi,xo’jaliklar o’rt asidagi aloqalar mustahkamlanadi,tovar va pul mablag’lari harakatlari tezlashadi. SHu orqali naqd pulga bo’lgan ehtiyoj va ularni chiqarish Bilan bog’liq muomala xarajatlari kamayadi.

Naqd pulsiz oborot quyidagi turlarga bo’linadi: To’lov mAqsadiga qarab:tovar va xizmatlar uchun(to’lov varaqAsi);tovarsiz operatsiyalar (kredit,soliq,jarima); mablag’ni o’tkazish usuliga qarab: kafolatlangan (oldindan to’lov uchun pul o’tkazilgan) va kafolatsiz hisob kitoblar;hisob Raqamlariga pul o’tkazish yoki o’zaro qarzlardan kechish orqali hisob kitoblar;to’lovi kechiktiriladigan hisob kitoblar;mahsulotni sotish usuliga qarab: bevosita va bilvosita hisob kitoblar;mablag’ni o’tkazish joyiga qarab halqarov a mamlakat ichidagi hisob kitoblarga bo’linadi.

Pul muomalasining samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko’rsatkich – pul massasining aylanish tezligidir.Pul massasining aylanish tezligi aylanishlar soni va aylanish kunlarda o’lchanadi.

Pul massasining aylanishlar soni (V) yalpi ichki mahsulotni o’rtacha pul qoldig’iga nisbati Bilan o’lchanadi.

Q

V = ---


M

Bu yerda Q - yalpi ichki mahsulot M - o’rtacha pul qoldig’i

O’rtacha pul qoldig’i xronologik usulda hisoblab topiladi.
Pul massasining aylanishlar soni ,masalan bir yil iida pul massasining necha marta aylanganligini ifodalab beradi yoki yangilanganligini ifodalab beradi.Aylanishlar sonining ortib borishi Bilan pul massasinin aylanish tezligi ham ortib boradi.SHunday qilib pul aylanishlari soni pul aylanishini to’g’ridan to’g’ri xarakterlovchi ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi.Bir aylanishga ketgan vaqt ( t) aylanishlar soniga teskari proportsional bo’lib ,quyidagi formula Bilan Aniqlanadi.

t = M___ = _M____q _MxD_____

Q x D m Q

Bu yerda : D- davrdagi kaledar kunlar soni m-bir kunlik mahsulot hajmi




Download 381,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish