O`zbekiston Respublikasining tashqi savdosi (dol)
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
Tashqi savdo aylanmasi
|
26416
|
28270
|
27530
|
24924
|
24232
|
26566
|
33430
|
eksport
|
13600
|
14323
|
13546
|
12508
|
12095
|
12554
|
13991
|
import
|
12817
|
13947
|
13984
|
12417
|
12138
|
14012
|
19439
|
savdo balansi saldosi
|
783,1
|
375,8
|
-438,6
|
91
|
-43
|
-1458,7
|
-5448,5
| O’zbekiston Dalat statistika qo’mitasining axborotnomasiga qaraganda,respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2005 yilda 9500,0 mln AQSH dollarini tashkil qildi.(2004 yil yanvar dekabr oylariga qaraganda 109,6%),shu jumladan, MHD mamlakatlari bo’yicha 340,4 mln AQSH dollarini(113,3%),boshqa xorijiy mamlakatlar bo’yicha 6096,7 mln AQSH dollarini(107,6%) tashkil qildi.
Demak, 2005 yilda,O’zbekiston eksporti va importida ijobiy o’zgarishlar yuz bergan va bunda yevropa va Osiyo mamlakatlarining ulushi yanada oshdi. Respublitka jahonning 70 dan ortiq,shu jumladan, Belgiya, Buyuk Britaniya, eron,Portugaliya,Singapur,Turkiya,SHvetsariya,Estoniya kabi mamlakatlar bilan ijobiy saldoni tashqi savdo aylanmasiga ega bo’ldi.
2014-2018 yillarda O’zbekiston eksport tarkibi %
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
Eksport tarkibi
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
paxta tolasi
|
7,7
|
5,9
|
5,3
|
3,8
|
1,6
|
oziq-ovqat mahsulotlari
|
12,4
|
10,5
|
5,7
|
7,0
|
7,8
|
kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar
|
4,7
|
4,9
|
6,9
|
7,0
|
6,5
|
energiya manbaalari va neft mahsulotlari
|
23
|
21,4
|
14,2
|
12,8
|
19,1
|
qora va rangli metallar
|
7,2
|
6,6
|
5,9
|
7,3
|
8,4
|
mashina va asbob-uskunalar
|
4
|
1,3
|
1,8
|
2,8
|
1,5
|
xizmatlar
|
22,4
|
24,5
|
25,8
|
19,7
|
21,9
|
boshqalar
|
18,6
|
24,9
|
34,4
|
39,6
|
33,2
|
2014-2018 yillarda O’zbekiston import tarkibi %
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
Import tarkibi
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
oziq-ovqat mahsulotlari
|
10,8
|
12,8
|
11,9
|
9,1
|
8,1
|
kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar
|
15,9
|
17
|
17,5
|
15,3
|
13
|
energiya manbaalari va neft mahsulotlari
|
6,2
|
5,8
|
4,8
|
5,3
|
4,5
|
qora va rangli metallar
|
8
|
7,4
|
7,6
|
9,1
|
9,1
|
mashina va asbob-uskunalar
|
39,5
|
40,5
|
41,3
|
36,1
|
43
|
xizmatlar
|
8
|
7,7
|
6,7
|
14,1
|
10,9
|
boshqalar
|
11,6
|
8,8
|
10,2
|
11
|
11,2
|
Tashqi savdo indekslari
Tashqi savdo statistikasida indekslar tovar aylanishi dinamikasini,eksport va importning fizik hajmini, bahoning o’zgarishlarini,tashqi savdo strukturasini va ayrim olingan omillarnig tovar aylanishiga ta’sirini o’rganish uchun foydalaniladi.
Bunda ham quyidagi bazisli va zanjirsimon indekslar qo’llaniladi: o’rtacha baho indeksi,fizik hajm indeksi va savdo sarfi indekslari va x.k. Har bir indeks o’z o’rnini tashkiletuvchi elementlarga ega: indekslashtirilayotgan (solishtirilayotgan) belgi va uning vazni. Tashqi savdoning fizik haji indeksini hisoblash uchun tovar hajmi indekslashtirilayotgan kattalik, uning vazni sifatida bahosi xizmat qiladi: baho indeksini hisoblashda esa baho indekslashtiilayotgan kattalik, uning vazni sifatida tovarning hajmi xizmat qiladi.
O’rtacha baho indeksi (Paashe formulasi) Jp=p1q1/p0q1;
Fizik hajm indeksi (Lashneyres formulasi) ) Jq=p0q1/p0q0;
Bunda p1,p0 – joriy va bazis davrlardagi baho darajasi;
q1,q0 – joriy va bazis davrlardagi tovarlarning fizik hajmi.
Tashqi savdoning o’zgarishini tahlil qilishda foydalanaladigan yana bir ko’rsatkich, bu «savdo sharti» indeksi hisoblanib, uni aniqlash uchun eksportning o’rtacha bahosi indeksi bilan importning o’rtacha bahosi indeksi solishtiriladi.
Js.sh= Jreks/ Jrimp;
Agar bu ko’rsatkich birdan kichik bo’lsa, u holda joriy davrda savdo qilish uchun sharoit yomonlashganligini ifodalaydi.
Umuman, eksport va importni statistik o’rnanish maqsadida ham o’zgarmas,ham joriy baholar tizimidan foydalanish lozim.Bular haqidagi ma’lumotlar bir kvartalda e’lon qilinadigan «O’zbekiston Respublikasi tashqi savdosining bojxona statistikasi» nomli byuletennida e’lon qilinadi.
19.3.Ishlab chiqarish kooperatsiyasi,halqaro kapital va ishchi kuchi migratsiyasi
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi – ikki yoki unlan ortiq mamlakatlarning ma’lum bir ishni bajarish yoki qandaydir bir provard mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatlari tushiniladi va u quyidagi ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi:
1.CHet el firmalarining salmog’i.dCHet el.f= CHEF/F(k); bu yerda CHEF- chet el firmalari; F(k- tarmoqdagi firmalar soni.
2.CHet el firmalari bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatayotgan qo’shma korxonalar soni: dq.q= KK/K); KK- qo’shma korxonalar soni; K- tarmoqdagi firmalar soni.
3.Qo’shma korxonalarning ishlab chiqarishtarmoqlaridagi ulushi;
dq.ch= q(k)KK/q(k); bu yerda q(k)KK- qo’shma korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlar qiymati; q(k)- tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotlar qiymati.
SHuningdek,qo’shma korxonalarning band bo’lgan xodimlardagi salmog’i va eksportdagi salmog’i aniqlanadi.
Halqaro kapital migratsiyasi – kattaroq foyda olish maqsadida kapitalni bir mamlakatdan boshqasiga ko’chirish tushiniladi.U ikki shaklda bo’lishi mumkin:
xususiy kapitalni chiqarish;
davlat kapitalini chiqarish.
Xususiy kapitalni chiqarishda transmilliy korparatsiya (TMK)lar,ya’ni dunyoning turli mamlakatlarida faoliyat yurituvchi kampaniyalar yetakchilik qiladi.Ular kapitalni jahon bo’yicha taqsitmlanishini ta’minlaydi.TMK bir necha mamlakat milliy kapitalining birikishidan tashkil topadi yoki bir mamlakat kapitaliga tayangan holda halqaro miqyosda ish yuritadi.Davlat kapitalining harakati quyidagi ko’rsatkichlarda bo’lishi mumkin:
chet ellik sheriklarga kredit berish;
xorijda o’zfaoliyatini tashkil qilish;
xorijiy banklarda o’z banklarining koorespondent hisoblarini ochish;
boshqa mamlakatlarda qimmatli qag’ozlar ,ko’chmas mulkni sotib olish va boshqalar.
Halqaro kapital migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
t\r
|
Ko’rsatkichlar
|
Hisoblash tartibi
|
Izoh
|
1
|
Investitsiya salmog’i portfeli
|
dpi=dxi/dmi
|
dxi- xorijiy investitsiyalarning jami aktivlardagi salmog’i;
dmi- mahalliy investitsiyalarning jami aktivlardagi salmog’i;
|
2
|
Bevosita investitsiya salmog’i
|
dbi=dka/dma
|
dxa- xorijiy investitsiyalarning aktsiyadorlik kapitalidagi salmog’i;
dma- mahalliy investitsiyalarning aktsiyadorlik kapitalidagi salmog’i;
|
3
|
Xorijiy kredit salmog’i
|
dxk=XK/K
|
XK- xorijiy kredit summasi;
K- jami kredit
|
4
|
Rasmiy kredit salmog’i
|
drk=DK/K
|
DKD- davlat bergan qarz
K- jami olingan qarz
|
Halqaro ishchi kuchi migratsiyasi deganda,mehnatga layoqatli aholining ish qidirib bir mamlakatdan boshqa mamlakatlarga ko’chib yurishi tushiniladi.Dunyo bo’yicha bunday ishchi kuchlarining umumiy soni 25 mln kishidan ko’p va ularni quyidagi ko’rsatkichlar orqali ifodalash mumkin:
Kemigptsiya= Emr/MR; Jke=Ke1/Ke0
Kimigptsiya= Imr/MR; Jki=Ki1/Ki0
Bu ko’rsatkichlar eksport va import qilingan ishchi kuchining mamlakat mehnat resurslaridagi salmog’i va uning dinamikasini aks ettiradi va ular mutaxassislik darajasi,ixtisosliklari,yoshi va jinsi,millati miqyosida ham hal etiladi.
19.4..Halqaro mehnat taqsimoti ko’rsatkichlari
Tashqi savdo statistikasi ko’rsatkichlar tizimi yordamida ayrim mamlakatlarning halqaro mehnat taqsimotida qatnashish darajasi o’rganiladi.
Ularni aniqlash uchun quyidagicha:
1.Ayrim olingan mamlakatlarning dunyo miqyosidagi ulushini aniqlash uchun mamlakat eksporti hajmi, dunyo mamlakatlari eksport hajmiga nisbati olinadi.
Mamlakatning dunyo miqyosidagi salmog’i = Mamlakat ekportining umumiy hajmi/dunyo mamlakatlari eksportining umumiy hajmi.
2.Mamlkatning ayrim tovarlar eksportidagi salmog’ini aniqlash uchun mamlakat tovar eksporti hajmi dunyo mamlakatlarining shu tovar eksporti hajmiga nisbati olinadi.
Mamlakatning ayrim tovarlar eksportidagi salmog’i= Mamlakat shu tovar eksporti hajmi/ dunyo mamlakatlari eksportining umumiy hajmi
3.Milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti eksporti bilan bog’lanish koeffitsientini aniqlash uchun mamlakat eksportining umumiy hajmi shu mamlakat yalpi milliy mahsuloti hajmiga nisbati olinadi.
Eksport bo’yicha bog’lanish Kt=Mamlakat eksportining umumiy hajmi/yalpi milliy mahsulot hajmi
Bu ko’rsatkich mamlakatning yalpi milliy mahsulotida eksportning ulushini ifodalaydi.
4.Milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti importi bilan bog’lanish koeffitsientini aniqlash uchun mamlakat importining umumiy hajmi shu mamlakat yalpi milliy mahsuloti hajmidagi nisbati olinadi.
Import bo’yicha bog’lanish Kt= Mamlakat umumiy import hajmi/ yalpi milliy mahsuloti hajmi
Bu ko’rsatkich mamlakatning yalpi milliy mahsulotida importning ulushini ifodalaydi.
5.Milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti ayrim tovarlar eksporti bilan bog’lanish koeffitsientini aniqlash uchun mamlakat tovarlari eksportini ayrim olingan tovarlarning umumiy ishlab chiqarish hajmiga nisbati olinadi.
Ayrim olingan tovarlar eksporti bog’lanish Kt= ayrim olingan tovar eksporti/ayrim olingan tovar umumiy ishlab chiqarish hajmi
Bu ko’rsatkich mamlakatning ayrim olingan tovar ishlab chiqarish hajmida eksport ulushini ifodalaydi
6.Milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti ayrim tovarlar importi bilan bog’lanish koeffitsientini aniqlash uchun mamlakat ayrim olingan tovarlari importini ayrim olingan tovarlarning umumiy istemoli hajmiga nisbati olinadi.
Ayrim olingan tovarlar importi bo’yicha bog’lanish Kt=ayrim olingan tovar importi /ayrim olingan tovarlar iste’moli
Bu ko’rsatkich mamlakatning ayrim olingan tovarlar istemoli hajmidaimport ulushini ifodalydi.
7.Mamlakatning eksportga ixtisoslashgan nisbiy koeffitsientini aniqlash uchun mamlakat umumiy eksportida ayrim tovarlar eksportining ulushini dunyo umumiy eksportida ayrim tovarlar eksporti ulushiga nisbati olinadi.
Mamlakatning eksportga ixtisoslashgan nisbat koeffitsienti= mamlakat umumiy eksportida eksportida ayrim tovarlar ekportining ulushi/dunyo umumiy eksportida ayrim tovarlar eksportining ulushi
Agar bu koeffitsientni qandaydir mahsulot bo’yicha birdan katta bo’lsa ,u holda ushbu mamlakat dunyo xo’jaligida shu mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashgan bo’ladi.
19.4.To’lov balansi va uning ko’rsatkichlarini statistik o’rganish.
Mamlakatning to’lov balansida uning tashqi dune bilan olib borgan iqtisodiy aloqalarning qiymat shaklidagi munosabatlari o’z aksini topadi.Bu ma’lum davrda muayan mamlakatning chet davlatlarga haqiqiy to’lovlari va boshqa mamlakatlardan unga kelib tushgan tushumlardir.
To’lov balansi o’z ichiga asosan uch balansni qamrab oladi:
1.Savdo balansi ,bu balans eksport va import o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi.
2.Xizmatlar va notijorat to’lovlari balansi.Bu balansda transport, sug’urta, pochta,telegraf va telefon ,aloqa xizmatlari bo’yicha to’lovlar, kommision operatsiyalar,sayohat,madaniy aloqalar,transfertlar, ish haqi,nafaqa, meros,stipendiyalar,diplomatik va savdo vakolatxonalarini saqlab turish xarajatlari, kapital bo’yicha devident va foizlar,litsenziyalar bo’yicha to’lovlar,texnik yordam,gonararlar,kashfiyotlardan foydalanish uchun to’lovlar,va chet eldagi harbiy xarajatlar kiradi.Bu balansoperatsiyalari odatda «ko’zga ko’rinmas operatsiyalar» deb ham yuritiladi.»Savdo balansi va xizmatlar»va tijorat to’lovlar balansi to’lov balansining joriy operatsiyalari balansini tashkil qiladi..
3.Kredit va kapital harakati balansi.Bu balansda xususiy va davlat kapitallari Bilan halqaro kreditlarni olish va berish harakati ifodalangan.To’lov balansi ko’rsatkichlari tasnifi quyidagicha:
A.Joriy operatsiyalar tovar va xizmatlar,sarmoyalardan tushgan daromad,boshqa xizmatlar va daromadlar xususiy transfertlar .
V.Bevosita sarmoyalar va boshqa uzoq muddatli kapital,bevosita sarmoyalar,portfel sarmoyalar,boshqa uzoq muddatli kapital.
S.Qisqa muddatli boshqa kapital
D.Xatolar va o’tkazmalar
E.Kommision moddalar.
SDR ni taqsimlash va foydalanish,oltin valyuta zahiralarini qayta baholash
F.Faqulodda moliyalashtirish.
G. CHet yel toshkilotlar zahiralarini tashkil qilish.
H.Zahiralarning yakuniy o’zgarishi
Oltin,SDR,XVFni zahira yo’li ,chet el valyutasi,boshqa talablar,XVF ning kreditlari
To’lov balansidan tashqarii hisobot balansi ham mavjud bo’lib .Hisobot balansining muayan mamlakatning boshqa mamlakatlarga bo’lgan talab va majburiyatlari ma’lum sanaga tuzilgan balanslardir.Hisobot balansining saldosi mamlakatning netto qarzdor va netto kreditorligini anglatadi.
To’lov balansi mamlakatni chet el sektori Bilan aloqalarini ifodalaydi.Uning ko’rsatkichlari yalpi milliy mahsulot ko’rsatkichlari asosida Aniqlanishi mumkin.To’lov balansi,AyniqSA ,ochiq iqtisodiyotda muhim rol o’ynaydi.
1.Milliy hisoblarning asosiy tenglamasi quyidagicha:
Y=C+I+G+N
Bu yerda;
Y-yalpi milliy mahsulot
C-tovar va xizmatlar istemoli
I-sarmoyalar
G-davlat tamonidan tovar va xizmatlarga xarajatlar
N-cof eksport
Ochiq iqtisodiyotda moliyaviy bozorlar,tovar va xizmatlar bozori Bilan chambarchas bog’liq,Buni ifodalash uchun yuqoridagi tenglamani ikki tamondan (S va G) chegirib tashlaymiz
Y -C -G +I + N
Moliyaviy bozorning asosiy ko’rsatkichi jamg’armalardir.Ular ijtimoiiy jamg’armalar
S =T-G
Va xususiy jamg’armalarga bo’linadi.
S=Y-C-T
Bu yerda T-soliqLar hajmi
Umumiy jamg’arma (S )ning yig’indisiga teng
S=(T-G)+(Y-C-T)+T-G+Y-T+Y-C-G
Ikkinchi formula Bilan taqqoslasak,bu holda
S=I+N
Bunda milliy hisoblarning asosiy tenglamasi quyidagicha
(I-S)=N+O
Bu formula kapitalni jamlash bilan bog’liq xalqaro mablag’lar oqimi (I-S) hamda tovar va ximatlarning xalqaro oqimlari (N )o’rtasidagi bog’lanishini ifodalaydi.
Bu tenglamaning har bir qismi o’z nomiga ega. (I-S) to’lov balansining kredit va kapitallar harakati balansi deb ataladi.Kapitallar harakati schyoti ichki jamg’armalardan ustunligi (ortiqchaligi)ni ifodalaydi. Sarmoyalar ichki jamg’armalardan jahon moliya bozorlarida investorlar tamonidan qarz olish oqibatida ortiqroq bo’lishi mumkin.
N esa to’lov balansining joriy operatsiyalar balansi nomini olgan.Joriy operatsiyalar schyoti –bu sof eksport eaziga chet eldan malakatga keladigan valyuta mablag’laridir.
Milliy hisoblar tenglamasi kapital harakati schyoti bilan joriy operatsiyalar schyoti balanslashtirilganligini ko’rsatadi,ya’ni kapital harakati schyoti saldosi Qjoriy operatsiyalar schyoti q 0
(I-S)+ N+0
Demak,to’lovbalansining kapital harakati schyoti va joriy schyot-bir hodisaning ikki tamondan ifodalab beradi.
Agar mamlakat jamg’armalari uning sarmoyalaridan yuqori bo’lsa,u holda mamlakat ichida sarmoyaga sarflanmagan jamg’armalar chet ellik qarz oluvchilarga beriladi.Kapitallar mamlakatdan oqib ketadi.
Agar mamlakat sarmoyalari mamlakat jamg’armalaridan yuqori bo’lsa,u holda mamlakatda pul mablag’lari oqib keladi.( (IQS).Bu holatda biz importni to’lash uchun xalqaro moliyaviy bozordan qarz olamiz. Va schyoti manfiy bo’ladi.To’lov balansini ifodalovchi schyotlar yordamida biz uni statistik baholab tahlil qilishimiz mumkin.
Nazorat uchun savollar
1.Tashqi iqtisodiy aloqlar degandanimani tushinasiz va uning qanday shakllari mavjud?
2.Tashqi savdo hajmi ,tarkibi va uning indeksi
3.Bojxona statistikasining mohiyati va uning ko’rsatkichlari.YUk bojxona deklortsiyasi.
4.O’zbekiston bojxona statistikasida tovarning qanday kategoriyalari hisobga olinadi?
5.Bojxona statistikasi qanday tovarlarni hisobga oladi?
6.Tashqi savdo balansi qanday tuziladi?
7.O’zbekiston eksport importining tarkibi qanday va qanday tarkibiy o’zgarishlar ko’zga tashlanmoqda?
8.Tashqi savdo qanday ko’rsatkichlar orqali ifodalanadi?
9.Tashqi savdo statistikasida qo’llaniladigan indekslar.
10.Ishlab chiqarish kooperatsiyasi,halqaro kapitalva ishchi kuchi migratsiyasi ko’rsatkichlari.
11.Halqaro mehnat taqsimoti ko’rsatkichlari.
12.Tashqi savdo baho indeksi qanday hisoblanadi?
13.To’lov balansining mohiyati va mazmunini tushintirib bering?
14.To’lov balansinining tarkibi qanday qismlardan tarkib topgan?
15.To’lov balansi ma’lumotlari asosida qanday ko’rsatkichlar hisoblanadi?
16.Qanday holatda to’lov bilansi ijobiy saldoga ega bo’ladi?
Mustaqil ta`lim mavzulari
1.Xalqaro statistikada qo‘llaniladigan muhim tasniflar va guruhlashlar
2. Xalqaro mehnat resurslari statistikasi
3. Tashqi savdo ko’rsatkichlari
4. Xalqaro aholi turmush darajasi statistikasi
5. Xalqaro mehnat resurslari statistikasi
FOYDALANILGAN VA TAVSIYA QILINGAN ADABIYOTLAR
1. Мирзиёев, Ш. М. Танқидий таҳлил, катъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. - Тошкент: «Ўзбекистон», 2017. - 104 б.
2.Soatov N.M., Nabiev H.G’., Nabiev D.H.,Tillaxo`jayeva G.N. Statistika
Darslik,T, 2011, 466-477 b
3. Статистика: Учебник для вузов / Под ред. И. И. Елисеевой. —
СПб.: Питер, 2010. 209 -217 с
4.Nabiyev H.G’,Nabiyev D.H. Iqtisodiy statistika. Darslik. T.: “Aloqachi”, 2008, 357-374 b.
5.Ayubjonov A.H. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi: O‘quv qo‘llanma – T.: TDIU, 2007, 180 bet.
Internet saytlar
www.stat.uz
www.cer.uz
www.uza.uz
www.ziyonet.uz
www.mineconomu.uz
www.mf.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |