O`zbekistonning 2011-2015-yillardagi YAIMdan foydalanish tarkibi2
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2018
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
1. YAkuniy iste`mol uchun xarajatlar jami
|
80,0
|
76,5
|
72,3
|
68,8
|
65,9
|
67,9
|
a) xususiy
|
60,6
|
57,6
|
53,8
|
51,7
|
49,6
|
51,6
|
b) davlat
|
19,4
|
18,9
|
18,5
|
17,1
|
16,3
|
16,3
|
2. YAlpi jamg’arish
|
21,1
|
22,9
|
20,8
|
23,9
|
23,7
|
23,1
|
a) asosiy kapitalga
|
27,9
|
21,9
|
22,1
|
22,1
|
22,4
|
22,4
|
b) moddiy aylanma mablag’lar
|
-6,8
|
+1,0
|
-1,3
|
1,8
|
1,3
|
1,3
|
3. Sof eksport
|
-1,1
|
+0,6
|
+5,9
|
7,3
|
9,4
|
9,4
|
YAIMdan foydalanish tarkibida ham ijobiy o`zgarishlar yuz bergan: yakuniy iste`mol uchun xarajatlar ulushi kamayib, yalpi jamg’arish va sof eksport ulushi ortib borgan. Bunday holat mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanib borayotganini, uning kedalajagi yanada porloq ekanini va xalqning turmush darajasi rivojlanib borayotganini ifodalaydi.
Qisqacha xulosalar
MHTda buxgalteriya hisobining ba`za muhim jihatlari (masalan, operatsiyalarni ikki yoqlama yozish printsipi)dan foydalaniladi va uning maqsadi ko`p jihatdan buxgalteriya hisobining maqsadlariga mos tushadi: boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun informatsiya bilan ta`minlanadi. Lekin buxgalteriya hisobidagi ma`lumotlar korxona (kompaniya) darajasidagi qarorlarni qabul qilish uchun foydalanilsa, MHTda esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo`yicha qaror qabul qilish uchun foydalaniladi. SHuning uchun u ma`lum darajada butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi hisoblanadi.
MHTni o`z funktsiyasini to`liq bajarishi uchun «iqtisodiy ishlab chiqarish» chegarasini, ya`ni YAIM va milliy daromadni yaratish qaerda, qanday chegarada amalga oshirilayotganini bilish nihoyatda muhim hisoblanadi.
MHTning yana bir yo`nalishi bu ishlab chiqarish omillarining qiymatni yaratishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Avvalgi davrda qiymatni faqat tirik mehnat yaratadi deb qaralgan bo`lsa, MHT ta`limotiga asosan er va kapital ham xuddi mehnat kabi qiymat yaratishda qatnashadi deb qaraladi.
MHT asosida amalga oshiriladigan tahlilning asosiy yo`nalishlaridan biri iqtisodiy o`sish darajasi va iqtisodiy kon`yunkturaning tebranishi hisoblanadi.
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada?
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy faoliyat natijalari ko`rsatkichlarini hisoblash usullari.
Milliy daromad deganda nimani tushunasiz?.
MHTning muhim makroiqtisodiy ko`rsatkichlari orasidagi bog’lanishlarni qanday ifodalash mumkin?
Transfertlar deganda nimani tushunasiz?
Mustaqil ta`lim mavzulari
1.XXB va MHTdagi o`zaro o`xshashlik va farqlar.
2.YAIM-MHTning markaziy ko`rsatkichi
3.Turli iqtisodiy sektorlarda ishlab chiqarish hisoblamalaridan foydalanish.
4.MHTdan makroiqtisodiy taxlilda foydalanish.
5.MHTda iqtisodiy sektorlarning tasnifi
FOYDALANILGAN VA TAVSIYA QILINGAN ADABIYOTLAR
1. Статистика. Учебник. /Под ред. И.И. Елисеевой. – М.: Проспект,2010, 414-431c
2.Soatov N.M., Nabiev H.G’., Nabiev D.H.,Tillaxo`jayeva G.N. Statistika
Darslik,T, 2011, 339-346 b
3.Статистика: Учебник для вузов (+CD) / Под ред. И. И. Елисеевой. —
СПб.: Питер, 2010. 340 -359 с
4.Nabiyev H.G’,Nabiyev D.H. Iqtisodiy statistika. Darslik. T.: “Aloqachi”, 2008, 77-112 b.
5.Социально-экономическая статистика. Учебник и практикум В. Н. Долгова, Т. Ю. Медведева 2018 Юрайт
Internet saytlar
www.stat.uz
www.cer.uz
www.uza.uz
www..cbu.uz
www.mineconomu.uz
www.mehnat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |