Termiz davlat universiteti iqtisodiyotva menejment kafedrasi


Asosiy kapitalni yalpi jamg’arish



Download 7,03 Mb.
bet12/160
Sana02.03.2022
Hajmi7,03 Mb.
#478985
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   160
Bog'liq
UMK Statistika 2qism 1 202-2021

Asosiy kapitalni yalpi jamg’arish – bino va inshootlarni qurish qiymati, shuningdek, mashina, uskuna, transport vositalarini va asosiy fondlari boshqa turlarini sotib olish.
Material aylanma mablag’lar zahirasini ortishi – xomashyo, materiallar, yoqilg’i, asboblar, tugallanmagan ishlab chiqarish tayyor, lekin sotilmay qolgan mahsulotlar va h.k. qiymatining ortishi.
Boyliklarni sof sotib olish (sotishdan tashqari) – zargarlik buyumlari, san`at asarlari, antikvariat, oltin va boshqa qimmatbaho materiallarni sotib olish, ular o`z qiymatlarini uzoq vaqt asrash imkoniyatiga ega bo`ladilar. Boyliklar yuridik, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish va iste`mol uchun emas, balki aktivlarni inflatsiyalardan asrash uchun sotib olinadi.
Erni va boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni sotib olish er bilan birga boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni (patent, litsenziyalar, avtorlik huquqi va h.k.) sotib olishni o`z ichiga oladi.
Sof kreditlash (sof qarz olish) – moliyaviy resurslar hajmini ifodalovchi balanslashtiruvchi modda bo`lib, u iqtisodiyotning bir sektorini ikki sektoriga bergan va o`rni qoplanadigan (yoki olgan) kapital xarajatlarni moliyalashtirishni ifodalaydi.
12.3. Milliy hisoblar tizimidan makroiqtisodiy tahlil va bashoratlash maqsadida foydalanish
MHT asosida amalga oshiriladigan tahlilning asosiy yo`nalishlaridan biri iqtisodiy o`sish darajasi va iqtisodiy kon`yunkturaning tebranishi hisoblanadi.
YAIM hajmini o`zgarmas baholarda hisoblab uning dinamikasini o`rganish muhim yo`nalishlardan biri bo`lib, u ko`p jihatdan mamlakat iqtisodiy salohiyatini investitsiyalar hisobiga oshirish bilan bog’liq bo`ladi. Iqtisodiy kon`yunkturaning tebranishi ko`p jihatdan mavjud asosiy fondlardan foydalanish darajasiga bog’liq.
Iqtisodiy o`sish darajasi ko`rsatkichlaridan mamlakatning u yoki bu davrdagi o`sish tendentsiyalarini o`rganish, olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning samaradorligini o`rganish uchun foydalaniladi.
Masalan, MDH mamlakatlarida YAIM (o`zgarmas baholarda, 1991-yilga nisbatan foiz hisobida) dinamikasi1




2010

2011

2012

2013

2014

2015

2018

O`zbekiston

98,6

102,7

107,0

111,4

120,0

127,7

132,7

Ozarbayjon

53,3

59,3

65,1

72,0

80,1

88,3

89,3

Armaniston

76,8

84,2

95,0

108,2

119,1

124,6

130,6

Belorussiya

89,7

94,0

98,7

105,4

107,0

109,3

111,3

Gurjiston

47,6

49,8

52,5

57,1

63,3

65,6

68,6

Qozog’iston

76,0

88,5

97,2

106,1

116,2

126,6

128,6

Qirg’iziston

72,2

76,1

76,1

81,2

87,0

91,4

94,4

Moldova

42,0

45,0

48,5

51,6

54,7

57,0

60,0

Rossiya

70,8

74,3

77,8

83,3

89,5

95,9

97,9

Tojikiston

41,0

45,0

49,3

54,3

59,7

63,4

68,4

Ukraina

47,4

51,7

54,2

58,8

66,6

72,6

75,6

Ma`lumotlar asosida MDH mamlakatlarini YAIM hajmini o`sish sur`atlari bo`yicha ikki guruhga ajratish mumkin: 1) 1991 yil darajasiga etib, o`tib ketgan mamlakatlar: O`zbekiston, Qozog’iston, Armaniston va Belorussiya; 2) 1991 yil darajasiga etmagan mamlakatlar: Ozarbayjon, Gurjiston, Qirg’iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Ukraina.
MDH davlatlari ichida YAIM ko`rsatkichi bo`yicha eng yuqori darajaga erishgan mamlakat O`zbekiston bo`lib, uning YAIM (o`zgarmas baholarda) 1991 yilga nisbatan 132,7%ni tashkil etdi. Moldova esa YAIM endi 60,0%ni tashkil etdi, xolos.
O`zbekiston YAIMning mintaqaviy tuzilishida eng katta ulush Toshkent shahrida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotga tegishli bo`lib, respublika YAIM umumiy hajmiga nisbatan 17,0 foizni (2000 yilda – 11,6 foiz) tashkil qildi, uning ko`payishi qurilish va sanoat tarmoqlarining yuqori o`sish sur`atlari (tegishli ravishda 7,3 foiz va 7,0 foiz) bilan izohlanadi. Respublika YAIMni yaratishda ikkinchi o`rinni Toshkent viloyati egallab, uning respublika YAIM umumiy hajmidagi ulushi 10,4 foizni tashkil etadi.
Tahlilning keyingi yo`nalishi YAIMdan foydalanish tarkibini o`zgarishini o`rganishdan iborat: oxirgi iste`mol, yalpi jamg’arish, sof eksport. Ushbu tahlil asosida yana uy xo`jaliklari iste`moli tarkibini o`rganish mumkin (masalan, oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish ulushi), YAIMning mudofaaga, boshqarishga, sog’liqni saqlashga, ta`lim va ilmiy tadqiqot ishlariga sarflangan qismi.

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish