Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


-rasm. Moliyaviy nazoratning sohalari



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/265
Sana08.04.2022
Hajmi4,56 Mb.
#537493
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   265
Bog'liq
moliyaviy nazorat

1-rasm. Moliyaviy nazoratning sohalari
Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliyaviy siyosatini amalga oshirishga 
va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng 
avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, 
muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va 
moliyaviy korporasiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar 
umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo’lsa, davlat 
moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda korporativ 
biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq 
Moliyaviy nazoratning so
h
alari
 
Davlat moliyaviy
nazorati
Nodavlat moliyaviy
nazorati
Bosh maqsadi davlat xazinasiga 
resurslarni tushurishni 
maksimallashtirish va davlat boshqaruv 
xarajatlarini minimallashtirishdan iborat
Bosh 
maqsadi joylashtirilgan 
kapitaldagi foyda normasini oshirish 
maqsadida davlat foydasidagi 
ajratmalar va boshqa xarajatlarni 
minimallashtirishdan iborat
Bir vaqtning o’zida moliyaviy 
nazoratning har ikki sohasi amaldagi 
qonunlarning huquqiy ramk
asi bilan 
cheklab qo’yilgan


25 
iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy 
nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan holda davlat 
oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet 
subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning 
rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o’rnatilgan (belgilangan) pul 
hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga 
rioya etilishini qamrab oladi.
Umumdavlat hamda idoraviy moliyaviy nazoratlar birgalikda davlat moliyaviy 
nazoratini tashkil etib, davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish 
organlari tomonidan olib boriladi. Bunda davlat moliyaviy resurslarining 
shakllanishi, taqsimlanishi, maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishi ustidan, 
shuningdek davlat va mahalliy mulkdan qonuniy foydalanish ustidan moliyaviy 
qonunchilik asosida tartibga solinadigan faoliyat tushuniladi. Bu faoliyatning asosiy 
maqsadi nazorat obyektlari faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash va mansabdor 
shaxslarni jazolashgina emas, balki og’gohlantirish va yo’l qo’yilishi mumkin 
bo’lgan qonunbuzarliklarni oldini olishdan iborat.
Davlat moliyaviy nazorati budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy 
nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo‘l 
qo‘ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga 
oshiriladi.
Byudjetning tegishli darajasiga bog’liq holda, davlat moliyaviy nazorati 
respublika darajasida va mahalliy darajada amalga oshiriladi
5
.
Respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, 
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining va O‘zbekiston Respublikasi 
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari 
jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;
Mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, 
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet 
tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro 
etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat 
moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat 
qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga:
5
O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi//O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to’plami, 2013-yil., 52-I-son.


26 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining; davlat moliyaviy nazorat organiga budjet to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlari
buzilganligi faktlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy 
nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo‘l qo‘yiladi.
Davlat moliyaviy nazorati quyidagi organlar tomonidan amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi,

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi
vakolatli organlar;

Davlat soliq xizmati va bojxona organlari;

Qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatli davlat nazorat organlari.
O’zbekiston Respublikasi Hisob Palatasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
budjeti loyihalari parametrlarini shakllantirish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning ustuvor jihatlariga mosligini tizimli tahlil qiladi, qabul 
qilinayotgan davlat va hududiy dasturlarni moliyalashtirish manbalari auditini 
ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli 
organlar esa budjet tizimidagi budjet mablag‘laridan maqsadli hamda oqilona 
foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini, pensiyalar hamda boshqa tegishli 
to‘lovlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarning 
qo‘llanilishini nazoratini qilish; sug‘urta munosabatlarini nazoratini, auditorlik 
faoliyatini tartibga solish va boshqa nazorat faoliyatlarini amalga oshiradi.
Davlat soliq xizmati va bojxona organlari o‘z navbatida Davlat budjetining va 
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari qismi bo‘yicha berilgan 
vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiridilar.
Davlat moliyaviy nazorati nafaqat budjet nazorati, balki davlat organlari 
tomonidan o‘tkaziladigan barcha nazoratlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, xo’jalik 
yurituvchi subyektlarni davlat tomonidan nazorat qilinishini ham. Bunday nazorat 
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Xo’jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida”gi N 717-I 
Qonuniga asosan olib boriladi. Ushbu Qonun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga 
soladi.
Mazkur qonunning 4-moddasida keltirilishicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
faoliyatini
 
davlat tomonidan nazorat qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
• 
tekshirish, shu jumladan taftish, nazorat tartibida tekshirish
statistika 
axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish; 
idora qaramog‘idagi 
organlarni tekshirishdan o‘tkazish.


27 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini statistika axborotlarini va boshqa 
axborotlarni tahlil qilish orqali davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek idora 
qaramog‘idagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish qonun hujjatlariga muvofiq 
amalga oshiriladi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish 
quyidagi prinsiplarga asoslanadi
6
:
• 
nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik;
• 
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish;
• 
xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashmaslik.
Nazorat tartibida tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan maxsus 
vakolatli organ yoki uning hududiy bo’linmalari bilan kelishilgan tartibda va 
muddatlarda amalga oshiriladi.
O‘z navbatida nodavlat moliyaviy nazorati xo’jalik ichidagi, jamoatchilik va 
mustaqil nazoratga bo’linadi
7
.
Xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va 
moliyaviy xizmatlari tomonidan o’tkaziladi. Bu erda moliyaviy nazoratning obyekti 
sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo’jalik va moliyaviy faoliyati 
maydonga chiqadi.
Xo’jalik ichki moliyaviy nazorati xo’jalik yurituvchi subyektlarning 
moliyaiqtisodiy xizmatlari tomonidan subyektning moliyaviy faolitini: pul 
mablag’larining harakatini buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishi faoliyatini 
korxonaning davlat, moliya-bank muassalari xamkorari va o’z hodimlari oldidagi 
moliyaviy majburiyatlarni bajarish holatlari korxonalarning likvididlik darajasini, 
moliyaviy barqarorligini nazorat qilishdir. Xo’jalik ichki moliyaviy nazoratini 
amalga oshirishda ichki auditning ahamiyati katta.
Ichki audit – bu firma ichidagi auditorlik xizmati bo’lib, bosh firma markazida 
faoliyat ko’rsatish bilan bir qatorda filiallar va bo’linmalar tarkibida ham faoliyat 
qilishi ichki auditni faoliyat qilishi mumkin. Ichki auditni faoliyati korxonalarda 
moliya-xo’jalik faoliyatini takomillashtirish, to’g’ri va oqilona boshqaruv qarorlarini 
qabul qilishga ko’maklashish hamon minimal mavjud resurslardan foydalangan 
holda maksimal foydalilik va rentabegillikni ta’minlashga qaratilgan.
Ichki xo’jalik nazorati xo’jalik yurituvchi subyektlarning turli resurslari va 
potensialini saqlab qolish va ulardan samarali foydalanishda, ularning moliyaviy 
6
Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida”gi N 717-I
Qonuni 5-moddasi
7
Vahobov A. V., Malikov T.S., Moliya: umumnazariy masalalar, o’quv qo’llanma. Toshkent 
Moliya instituti.
Toshkent, 2008.
322 bet.



– 
28 
faoliyatida qonunchilik va intizomga rioya etilishini ta’minlashda muhim rol 
o’ynaydi. Biroq davlat manfaatlarini himoyalash nuqtai nazaridan byudjet 
tashkilotlarida ichki moliyaviy nazoratni tegishli tarzda tashkil etish bundan kam 
bo’lmagan, muayyan ma’noda esa, bundan ham ko’proq ahamiyatga egadir, chunki 
bu davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’larni xarajat qilishda qonunchilik va 
intizomga rioya etilishini ta’minlash bilan bog’liqdir. Shu sababli moliyaviy nazorat 
umumiy tizimida faqat xo’jalik ichki nazoratini uning bir qismi sifatida ajratish 
o’zini to’liq oqlamaydi. Ichki moliyaviy nazorat tizimi to’g’risida gapirish to’g’riroq 
bo’lur edi, chunki bu nazorat xo’jalik yurituvchi subyektlar, umuman byudjet 
tashkilotlari va muassasalari va ularning ayrim tuzilmaviy bo’linmalari moliyaviy 
faoliyati ustidan xo’jalik yurituvchi ssubyektlar, byudjet tashkilotlari va 
muassasalarining o’z maxsus xizmatlari (buxgalteriya, moliya bo’limlari) tomonidan 
moliyaviy munosabatlarda qonunchilik va intizomga rioya etilishi masalalari 
bo’yicha o’tkaziladigan tekshiruvdan iborat.
Jamoatchilik moliyaviy nazoratini nodavlat tashkilotlari, jamoatchilik asosida 
tashkil topgan turli jamoat tashkilotlari hamda alohida shaxslardan tashkil topgan 
guruhlar amalga oshiradilar. Nazoratning obyekti uning oldiga qo’yilgan vazifalarga 
muvofiq ravishda aniqlanadi.
Jamoatchilik moliyaviy nazoratining ob’ekti bo‘lib davlat moliyaviy organlari 
va ularning mansabdor shaxslarining o‘zlariga qonunchilik bilan yuklatilgan 
majburiyatlarni ijro etishi bilan bog‘liq faoliyatidir. Davlat organi mansabdor 
shaxsining shaxsiy hayoti, ishchi yozuvlari, shuningdek davlat siri yoki qonun bilan 
qo‘riqlanadigan boshqa sirdan iborat axborot, shuningdek, surishtiruv, dastlabki 
tergov organlari va sud ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallar jamoatchilik 
nazoratining ob’ekti hisoblanmaydi.
Jamoatchilik moliyaviy nazoratining predmeti esa fuqarolarning moliya 
sohasidagi huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi, fuqarolarning 
o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishiga to‘siqlar yaratilishi, insonga qonunga 
xilof ravishda biron-bir majburiyat yuklatilishi yoki u qonunga xilof ravishda 
javobgarlikka tortilishiga olib kelgan davlat organlari va ularning mansabdor 
shaxslari tomonidan qonun hujjatlarining buzilishi, shuningdek ularning o‘z xizmat 
vazifalarini bajarishda byurokratik va sovuqqon munosabatda bo‘lishi holatlaridir.
Jamoatchilik moliyaviy nazoratining sub’ektlari sifatida fuqarolik jamiyati 
institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat 
tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari bundan mustasno, fuqarolarning 
o‘zinio‘zi boshqarish organlari), O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda 
ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari e’tirof 
etilmoqda.


29 
Jamoatchilik nazorati sub’ektlari o‘z vakolatlarini amalga oshirishda 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etishlari shart.

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish