Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va menejment kafedrasi


Marketing fanining hozirgi zamon ta'riflari



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/47
Sana24.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#701221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
FMM fanidan ma\'ruzalar to\'plami

Marketing fanining hozirgi zamon ta'riflari 
Marketing 
- bu qat'iy fanning va bozorda samarali faoliyat kơrsatishning 
mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902 yilda AQShda paydo bơlgan, 20 yildan 
keyin esa bu atamadan jahonning kơpgina mamlakatlari foydalana boshladilar. 
Marketing (market) sơzi ingliz tilidan tarjima qilinganda “bozordagi faoliyat” 
ma'nosini anglatadi. 
Marketing 
- murakkab, dinamik, kơp qirrali tushunchadir, bu esa marketingga 
tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. Sơnggi yillarda 
chop etilgan marketingga doir adabiyotlarda marketingning juda kơp ta'riflari 
berilgan. Ulardan ba'zi birlarini keltirish lozim . 
Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini 
quyidagicha ifodalaydi: “
Marketing 
- tovarlarni yaratish, taklif etish va ayriboshlash 
asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga 



qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir”. 
Boshqaruv muammolari bơyicha etakchi nazariyotchi olimlardan biri Piter 
Drukkerning ta'rifi esa quyidagicha: “Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan 
harakatlarni yơq qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday ơrganish va 
tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, 
pirovardida ơzini -ơzi sotadi”. 
Frantsuz marketing maktabida qơllaniladigan ta'rif ham Piter Drukker ta'rifiga 
juda yaqin turadi. Unga kơra: «Marketing -bu sotishni ta’minlash va sotuvga tovarlar 
va xizmatlarni istemolchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali ularning talabini 
qondirish maqsadida ơtkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir». 
Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985 yilda marketingga bergan ta’rifi 
esa quyidagicha: «Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish 
maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, 
narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir». 
Keltirilgan ta’riflardan kơrinib turibdiki marketing -serqirra jarayondir. Shu 
bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari sub'ektlarining biznes falsafasi, 
fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bơlamiz. Demak, 
marketing bir vaqtning ơzida «ham mushohada va ham harakat jarayoni» ekan. 
Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga kơtarilgan mamlakatlarda marketing 
tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab texnologiyalargacha 
bơlgan jarayonlarda yaqqol kơrinmoqda. Bugungi bozor iqtisodiyoti chuqurlashib 
borayotgan sharoitda firmalar, korxonalar va boshqa bozor sub'ektlarining raqobatga 
bardosh berib, samarali faoliyat kơrsatishining birdan-bir yơli marketing 
imkoniyatlaridan keng foydalanish ekanligi hech kimga shubha tuğdirmaydi. 
Respublikamizda ham sơngi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan 
tovarlarga talab va taklifni ơrganish bơyicha marketing tadqiqodlarini ơtkazish 
mexanizmini ishlab chiqish borasida talaygina ishlar amalga oshrildi. Bu esa bizning 
davlatimizda ham marketingning bozor qonun-qoidalariga muvofiq xơjalik yuritish 
tizimining asosiy vositasiga aylanish davri boshlanganligidan dalolatdir. 
Yangi tovarni yaratdim va ishlab chiqardim, bu yaratgan va ishlab chiqargan 
tovarlarim bozorga ơzi yơl topadi deb ơylaydigan korxona rahbarlari yangilishadilar. 
Albatta, kơpgina korxonalarning asosiy vazifalaridan biri samara beradigan yangi 
tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Lekin, bu tovarlarni muvaffaqqiyat bilan 
bozorga siljitish ham muhim vazifalardan sanaladi. 



Bugungi kunda marketing tadbirkorlik sohasida ham ơz ơrnini topmoqda. 
“Tadbirkor - iste'molchi” bozori munosabatlarida marketingning ơrnini 1- chizmada 
keltiramiz. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish