9
yangi moda markazlari paydo bo’ldi. Moda ijtimoiy–iqtisodiy hodisaga aylandi va
jamiyatdagi o’zgarishlarni ko’rsatibgina qolmay, balki ularga sababchi ham bo’ldi
.Marketing va menejment moda sanoatining iste'molchilarga ta'sir etish quroliga
aylandi.
Moda industriyasining maqsadi moda mahsulotlari iste’molchilarning talabini
qondirishi zarurligini ko’rsatadi. Ammo, ta’kidlash zarurki, bugungi zamonaviy
dunyoda nima moda ekanligini yoyish stixiyali bo’lmay, balki iktisodietning muxim
cohasiga aylandi (reklama va RR marketingning bir qismi bo’lib qoldi.) Ayrim
ekaspertlarning ta’kidlashicha, G’arbiy Yevropadagi aholi moda industriyasi
tovarlarini sotib olishga o’z daromadining 10%, AQSh aholisi esa o’z daromadining
5% sarflayotgan ekan. Agar moda iqtisodiyotiga estetik va ijtimoiy talablarni
qondiradigan tovarlarni ham qo’shsak, rivojlangan mamlakatlarning fuqarolari o’z
oilalari byudjetining 40%ni moda mahsulotlarini sotib olish uchun sarflayotgani aniq
bo’ladi. Shunga ko’ra, aytish mumkinki, moda iqtisodiyoti iqtisodiyotning boshqa
tarmoqlarini orqada qoldirgan tarzda rivojlanayapti. Bu tendentsiya hayot
darajasining o’sishi va o’zini ifodalashga bo’lgan intilishning erkinlashuvini
ko’rsatadi. Zamonaviy moda industriyasi faqatgina shakllanib bo’lgan talablarga
asoslanmay, balki prognoz qilishga va rejalashtirishga asoslanadi. Kiyim
uslublarining o’zgarishlari u moda savdo do’konlarida paydo bo’lishidan olti oy oldin
ma’lum bo’ladi, ya’ni oldin o’tkazilgan moda namoyishlarida ishtirok etgan
jurnalist-analitiklar kelguvsi mavsumning yangiliklari va tendentsiyalari haqida habar
bergan bo’ladilar. Bir vaqtning o’zida “shou-rum” (namoyishlar premerasi)
davomida ham savdo kompaniyalari vakillari savdo do’koni uchun kollektsiyalarni
sotib olish buyurtmalarini beradilar. Tayyor kiyim ishlab chiqaruvchilar
buyurtmalarning to’liq paketini yig’ib bo’lganlaridan so’ng kollektsiyalarni ommaviy
tirajda ishlab chiqara boshlaydilar.
Zamonaviy marketingni asosiy maqsadi bu o’zini o’zi sotadigan tovarni
yaratishdan iborat. Yaratilgan tovar yangi g’oyali bo’lishi kerak va iste’molchilarni
talabini qondiribgina qolmasdan, balki uning biror muammosini hal etishi kerak
bo’ladi. Moda mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish va hizmat ko’rsatish bilan
shug’ullanuvchi kompaniyalar ko’p milliardli foyda keltiruvchi, ammo juda katta
investitsiyalarni talab qiluvchi gigant industriyani tashkil etadilar.
Ayrim ekspertlarning ta’kidlashicha, 2000 yillar boshidan beri moda
industriyasi zamonaviy iqtisodiyotning eng ko’p mablag’ga ega bo’lgan sohalari
ichida beshinchi o’rinni egallab kelmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: