6-Mavzu: Mehnatga haq to‘lash.
Reja:
Mehnatga haq to‘lash vaqti.
Mehnatga haq to‘lash usullari, huquqiy tarbibga solish.
Mehnatga haq to‘lash tizim va ularning turlari.
Mehnatga haq to‘lash shartlarini o‘zgartirish.
Ta’lim tizim xodimlariga mehnatga haq to‘lash
Ish haqi tushunchasi va umumiy ta’rifi.
Har bir xodim o‘z mehnati uchun ishbay yoki vaqtbay mehnat haqi olish huquqiga ega.
Mehnatga haq va to‘lash va uning miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Lekin mehnat haqi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas, uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmagan.
Ish vaqtdan tashqari ishlarda, dam olish kunlari, bayram kunlardagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. Mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Odatda ish haqi xodim ishlayotgan joydan to‘lanadi. Xodimning hoxishga binoan mehnat haqi uning omonat kassasidagi hisob varaqasiga yuborilishi mumkin. Mehnat qonunlarida xodimning roziligi bilan, agar roziligi bo‘lmasa, sudning qaroriga binoan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.
Mehnat qonunlarida har bir xodimning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida uning ish joyini saqlab qolinishi, kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari mavjud ekanligi ko‘rsatilgan. Bunday to‘lovlar va kafolatlar xodim saylov huquqlarini amalga oshirish vazifalarini bajarish, harbiy burchni bajarish, surishtiruv, tergov organiga, sudga guvoh, jabrlanuvchi, eksport va boshqalarda ishtirok etishida amalga oshiriladi. Undan tashqari xodimga xizmat safari davrida va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlardagi xarajatlari ham to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan vaqti-vakti bilan ish haqi to‘lash miqdorini oshirish masalalari inobatga olinib turadi. Masalan, 2008 yilning 16 noyabrdan boshlab o‘qituvchilar va o‘quv yurtlari muallimlarining, ilmiy xodimlarning ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida Prezident Farmoni 2008 yil 22 oktyabrda e’lon qilingan. Bu Farmonga binoan 2008 yilning 16 noyabridan boshlab byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalanadigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari mualimlarining hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlarining ish haqi o‘rta hisobda 1,2 barobar ko‘paytirldi.
Xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtda, masalan, saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, qonunda ko‘rsatilgan boshqa ishlarga jalb etilishida, ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart. Bu davrda xodimning o‘rtacha ish xaqi saqlanib qoladi.
Xodimning xizmat safarlari (komandirovkalar) bu, xodimning ish beruvchi farmoyishiga ko‘ra ma’lum muddatga doimiy ish joyidan boshqa joyga xizmat topshirg‘ini bajarish uchun borishidir.
Bunday xodimning birinchidan, ish joyi saqlanib qoladi, ikkinchidan, ish haqi va sarflagan xarajatlar kompensatsiyasi xodimning asosiy ish joyida to‘lanadi. Mehnat kodeksning 228-moddasiga binoan, homilador va o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ularning roziligisiz xizmat safariga yuborish mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 iyuldagi “ PF- 3889 sonli “2007 yil 1 avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmonga binoan 2007 yilning 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam ish haqining sakkiz baravariga ortiq bo‘lmagan o‘rtacha ish haqi inobatga olingan. Bunday Farmonlar yillar davomida e’lon qilinib kelinadi.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini ta’minlash, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxonalar va tashkilotlar xodimlariga ish haqi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarning javobgarligini oshirish masalasi qo‘yildi.
Tijorat banklari tegishli kafolat bilan, shu jumladan yuqori likvidli mol-mulk garovi asosida ish haqi to‘lash uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga kreditlar berilishi ko‘rsatilgan. Ta’kidlab o‘tilganki kreditlar o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda garovga qo‘yilgan mol-mulk, qarz oluvchining roziligidan qat’i nazar, keyinchalik belgilangan tartibda uni sotish huquqi bilan tijort bankining mulkiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |