Ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatganlar bir qancha ijtimoiy xuquqlarga ega.
Bu huquqlar quyidagilardan iborat:
baholar indeksi (shartli raqami)dagi o‘zgarishlarga muvofiq muntazam ravishda tuzatishlar kiritib turiladigan mehnat haqining kafolatlangan darajasi;
malakasi va pedagogik faoliyat natijalariga qarab tabaqalashtirilgan mehnat haqi olish, tegishli ravishda qisqartilgan muddatli ish vaqti, uzaytirilgan haq to‘lanadigan ta’til olish;
yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkalarini birinchi navbatda ajratish va qurilish materiallari sotib olishda engilliklar tug‘dirish;
ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar hamda kvartiralarni shaxsiy mulk qilib tekinga berish va boshqalar.
Ta’lim xodimlarining muntazam ravishda malakasini oshirishlari ham majburiyat turlariga kiradi. Uzluksiz ravishda malaka oshirishni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
ta’lim muassasasida malaka oshirish;
viloyat miqyosida malaka oshirish;
respublika miqyosida malaka oshirish.
Kafedra oyliklari va fan haftaliklari. Har bir ta’lim muassasasida o‘quv yilining belgilangan oylarida kafedralar ish rejasi asosida tadbirlar uyushtiriladi. Kafedra oyligi hamda fan haftaliklarida ochiq va namunaviy darslar, tarbiyaviy soatlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, ko‘rik-tanlovlar, shuningdek, ta’lim-tarbiyaga doir turli tadbirlar o‘tkazilishi mumkin.
Ta’lim muassasalaridagi rahbar xodimlari haftaligining maqsadi, har bir ta’lim muassasasining direktori, direktor o‘rinbosarlari ochiq darslar, namunaviy darslar va tarbiyaviy soatlar o‘tkazib, o‘z pedagogik mahoratlarini pedagogik jamoa va O‘MKXT boshqarmasi vakillari oldida namoyish etishadi.
Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan haftalik mashg‘ulotlar. O‘qituvchi va muxandis-pedagoglarni fan va texnika yangiliklaridan, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan muntazam xabardor etib borish hamda ilmiy-uslubiy tayyorgarligini oshirish maqsadida ta’lim muassasalarida haftaning har bir kuni quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Dushanba - pedagogik va psixologik tayyorgarlik;
Seshanba - kasbiy tayyorgarlik;
CHorshanba - kompyuter savodxonligi;
Payshanba - lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini o‘rganish;
Juma - ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik;
SHanba - o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi shular jumlasidandir.
Ustoz o‘z ustida ishlashi bilan bir qatorda shogirdiga, o‘rinbosariga ega bo‘lish uchun harakat qilishi lozim.
“Ustoz-shogird” maktabi faoliyat ko‘rsatayotgan yosh va boshlovchi mutaxassislarga ta’lim va tarbiyaning zamonaviy shakli hamda uslublarini o‘rgatish, psixologik bo‘limlarni o‘zlashtirish, yosh o‘qituvchi va pedagog muxandislarning ma’naviy-ma’rifiy va kasb mahorati malakalarini oshirishiga yordam berish “Ustoz-shogird” maktabining asosiy vazifasi hisoblanadi.
O‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi uchun namuna tarzida quyidagilar tavsiya etiladi:
ma’ruza matni yozish;
uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash;
o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratish;
imtihon va test savollari tuzish;
ko‘rgazmali qurollar yasash;
didaktik materiallar tayyorlash;
ilmiy, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy maqolalar yozish;
internetdan axborotlar olish, vaqtli matbuot axborotlaridan xabardor bo‘lish.
Ta’lim tizimini takomillashtirish, ustozlarni o‘z majburiyatlarini yanada mas’uliyatli bajarishda Ilmiy Kengash, direktor qoshidagi Kengash va boshqa yig‘ilishlar muhim o‘rin egallaydi.
Direktorlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xududiy boshqarmasi” Nizomi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Direktorlar Kengashining hay’at majlisi viloyat xududidagi O‘MKXT muassasalarining eng yuqori kollegial organi hisoblanadi.
Direktorlar kengashi hay’at majlisining tarkibi O‘MKXT muassasalari direktorlarining umumiy yig‘ilishida tuziladi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari konsorsiumlarga bo‘linadi.
Boshqarma tasarrufidagi O‘MKXT muassasalari direktorlarining uslubiy ish tajribalarini o‘rganish, tahlil etish va ijobiylarini ommalashtirish, ta’lim muassasalari direktorlariga ilmiy, pedagogik va uslubiy yordam ko‘rsatishlari lozim.
O‘MKXT boshqaruv tizimini takomillashtirish jarayonida: “Eng yaxshi ta’lim muassasasi” ko‘rik-tanlovini tashkillashtirish va o‘tkazish; direktorlarning boshqaruv mahoratini oshirishga qaratilgan seminarlar uyushtirish; ta’lim muassasalarining o‘quv tarbiya jarayonini boshqarishga qaratilgan metodik ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va milliy hunarmandchilik, pedagogika, iqtisodiyot, tibbiyot va maishiy xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha konsorsiumlar tashkil etishi lozim.
O‘MKXT muassasalarida: o‘quv jarayonini davlat ta’lim standarti talablari darajasida tashkil etish; ta’lim mazmunini takomillashtirish va sifatini oshirish; ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning turli ilg‘or shakl-uslublarini tadbiq etish; ta’lim muassalarining o‘quv, uslubiy, kasbiy ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtirish hamda boshqarish faoliyatiga doir masalalarni kollegial asosda tahlil qilish va ijobiylarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish maqsadida boshqarma qoshida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar direktor o‘rinbosarlari uslubiy kengashi tashkil etiladi.
Umumta’lim fanlar uslubiy kengashining asosiy maqsadi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi va muxandis pedagoglarning ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda tashabbuskorligi va ijodkorligini oshirish hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashdan iborat.
O‘MKXT muassasalarida:
ta’lim jarayonini zamon talabi darajasida tashkillashtirish;
2, ta’lim mazmuni va sifatini takomillashtirish;
3 ,o‘quv-tarbiyaviy jarayonining turli ilg‘or shakl-uslublarini tadbiq etish;
4 ,maxsus fanlar taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini rejalashtirish;
5 .fan rivojiga doir masalalarni ilmiy asosda tahlil qilish va ijobiylarini tadbiq etish maqsadida boshqarma qoshida yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus fanlar uslubiy kengashi tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |