Dam olish vaqti - bu xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir. Dam olish vaqti qo‘yidagilarga bo‘linadi:
Ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;
1. 1- yanvar - YAngi yil;
2. 8- mart - Xotin-qizlar kuni;
3. 21- mart - Navro‘z bayrami;
4. 9 - may - Xotira va qadrlash kuni;
5. 1 - sentyabr - Mustaqillik kuni;
6. 1- oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
7. 8 - dekabr - Konstitutsiya kuni;
8. Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramning birinchi kuni;
9. Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramning birinchi kuni.
Ta’tillar quyidagilarga bo‘linadi:
yillik mehnat ta’tili;
yillik uzaytirilgan asosiy ta’tillar;
yillik qo‘shimcha ta’tillar;
ijtimoiy ta’tillar;
ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tillar.
Yillik asosiy ta’tilning muddati 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim. 18 yoshga to‘lmaganlarga, ishlayotgan I va II guruh nogironlariga uzaytirilgan - 30 kalendar kun ta’til beriladi. Bunday ta’tillar ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda beriladi. Yillik qo‘shimcha ta’tillar mehnat sharoiti noqulay, og‘ir, alohida tusga ega bo‘lgan ishlarda va mehnat qonunlarida, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi.
Ijtimoiy ta’tillar: homiladorlik va tug‘ish; bolalarni parvarishlash; o‘qish bilan bog‘liq va ijodiylarga bo‘linadi. Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tillar xodim bilan ish beruvchining o‘rtasidagi kelishuvga binoan beriladi.
Xodimlarga ishning birinchi yilida ta’til shu korxona, muassasa, tashkilotda uzluksiz olti oy ishlagandan keyin beriladi.
Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til va uning muddatlari ishlab chiqarish imkoniyatlarini, ta’tilga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib ish beruvchi tomonidan belgilanadi. Masalan, nikohga kirish, bemorlarni parvarish qilish zarur bo‘lgan vaqtlarga shunday ta’tillar olish mumkin.
Oilaviy sabablarga ko‘ra beriladigan qisqa muddatli ta’til yillik ta’til olish huquqini beradigan mehnat stajiga kiradi.
Mehnat qonunlarida nazarda tutilgan hollarda xodimlarga uzoqroq muddatga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, jumladan, ish haqi saqlanmagan holda ikki va uch yilga ayollarga bolani parvarishlash yuzasidan ta’til berish, o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari topshirish uchun xodimlarga beriladigan ta’tillar, ijodiy ta’tillar, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari va xokazo.
Ijodiy ta’tillar quyidagilarga:
ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyati ilmiy ish bilan muvaffaqiyatli olib boruvchi shaxslar uchun ilmiy toliblarga nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalarini olish dissertatsiyalarini bitirish;
darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarini tugallashlari uchun mualiflarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida asosiy ish joylaridagi o‘rtacha oylik ish haqlari va lavozimlari saqlangan holda (doktorlik dissertatsiyasini tugallash uchun 6 oygacha, qolganlar uchun 3 oygacha) beriladi.