Bilimingizni tekshirib ко'ring
1. Mehnat shartlari nima va ular qanday belgilanadi?
2. Mehnatning ijtimoiy va ishlab chiqarishga o ld shartlari haqida
gapirib bering.
3 .M ehnat shartlarini ish beruvchi tashabhusi bilan o'zgartirish
asoslari va tartibi qanday?
4. M ehnat shartlari ish beruvchining tashabhusi bilan o'zgar-
tirilganda xodim larga qanday kafolatlar berilishi ko'zda tutilgan?
5. Mehnat shartlari xodim tashabbusi bilan ham bekor qilinishi
mumkinmi ?
6. Boshqa ishga o'tkazish deganda nimani tushunasiz?
7. D oim iy boshqa ishga o'tkazish deganda nima tushuniladi?
8. Boshqa ishga o'tkazish va boshqa ish jo y ig a o'tkazishni farqlab
bering.
9. Ish beruvchi
tashabbusiga ko'ra vaqtincha boshqa ishga
o'tkazishga qaysi hollarda va qanday tartibda у o'I qo'yiladi?
10.
Ishlab chiqarish zarurati nima?
5-Mavzu: Ish vaqti, dam olish vaqti, mehnatga haq to‘lash.
Reja:
Mehnat huquqining ish vaqti tushunchasi.
Ish vaqtining huquqiy normalari.
Ta’lim tizimidagi xodimlarning ish vaqti.
Dam olish vaqti tushunchasi.
Fuqarolarning dam olish vaqtining huquqiy kafolatlari
Ta’lim tizimida xodimlarning dam olish vaqti
Ish vaqti, uning turlari va davomiyligi
Xodim mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.
Respublikamizda haftasiga qirq soatlik normal ish vaqti qonunlashtirilgan. Ish vaqti:
normal - haftasiga 40 soat;
qisqartirilgan - 36 soat xaftasi, 16 yoshdan 18 yoshga to‘lmaganlar uchun;
24 soat haftasiga 15 yoshdan 16 yoshga to‘lmaganlarga qonunda nazarda tutilgan hollar ham mavjud, nogironlar, o‘qituvchilar, shifokorlar, yosh bolali ayollar va boshqa xodimlarga ham qisqartirilgan ish vaqti qo‘llaniladi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan qonunga asosan shu yil 1 iyuldan uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilangan.
Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog‘ida ham, keyinchalik ham to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilashga majburdir.
Tungi ish vaqti turlari ham bor. Soat 22-00 dan to soat 6-00 gacha bo‘lgan vaqt tungi ish vaqti deb hisoblanadi.
Xodim uchun belgilangan kundalik ish muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Bu vaqtda ish bajarish xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi. Nogironlar, homilador ayollar, o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar ish vaqtidan tashqari ishlashga jalb etilmaydi. Ish vaqtidan tashqari ishlashning bir yillik soat xajmi 120 soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bunday chegaralashning sababi xodimning sog‘lig‘i, ish unumdorligining pasayib ketmasligi uchun qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |