O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. T.:, 27-son, 2007.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ hujjatlar.
I.Tursunov, M.Usmanova, YU.Rahimova. “Mehnat huquqi”. T.: “ILM ZIYO” 2006.
O.Karimova va boshqalar. “Mehnat huquqi”. T.: TDPU, 2008.
7-Mavzu:Mehnat intizomi
Reja:
Mehnat huquqiga ko‘ra mehnat intizomi tushunchasi.
Mehnat intizomini mustahkamlash usullari.
Xodimlar va ma’muriyatning vazifalari.
Xodim va ish beruvchining majburiyatlari.
Mehnat intizomini buzganlik uchun huquqiy jazo choralari.
Ta’lim tizimi xodimlarining mehnat intizomi. Mehnat intizomi tushunchasi.
Mehnat intizomi- bu mehnat munosabatiga kiruvchilarning maxsus qonun - qoidalarda belgilangan, hamma uchun majburiy bo‘lgan tartiblarga rioya qilishidir.
Ish beruvchi tomonidan shu korxonaning ichki kun tartibida, Nizomida belgilangan qoida-tartiblar har bir xodim tomonidan bajarilishi shart.
Xodimning aybi bilan o‘ziga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini bajarmaslik yoki etarli darajada bajarmaslik mehnat intizomini buzish deb taniladi.
Ish beruvchi va xodimning o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini amalga oshirishda, mehnat vazifasini vijdonan bajarishda korxonada o‘rnatilgan mehnat tartibiga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki korxonada mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Intizom to‘g‘risida Ustav va Nizom qabul qilinadi. Bu hujjatlarda xodimning va ish beruvchining burchlari ko‘rsatilgan.
Xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika havfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab asrashi shart.
Ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ xujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi shart.
Korxonada doim ishlagan, mehnat intizomiga, mehnat tartibiga bo‘ysungan xodimlarga har xil turdagi rag‘batlantirishlar qo‘llaniladi. Rag‘batlantirishlar qatorida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi, jamoa shartnomada, kelishuvlarida, ichki mehnat tartibi qoidalarida ko‘rsatilganlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasiga binoan, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga xaqli:
1. xayfsan;
2. o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish xaqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
3. mehnat shartnomasini bekor qilish.
Xayfsan berish barcha xodimlarga nisbatan qo‘llanishi mumkin.
Barcha xodimlar ichki mehnat tartibi qoidalariga asosan javobgarlikka tortiladilar. Rahbar va mas’ul xodimlar, shuningdek, ma’muriy idora xodimlari maxsus Nizomlar va qoidalarga asosan intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
Odatda jarima o‘rta ish haqidan 30 miqdorida solinadi. Lekin mehnat intizomini muntazam ravishda buzganlik, uzurli sabablarsiz ishga kelmaganlik, ishga mast holda kelganlik uchun xodimga uning o‘rtacha ish haqining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |