Maktablarda bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi joriy qilingan, boshlang‘ich sinflarda besh kunlik ish haftasi belgilanishi mumkin. Maktabda ish vaqti, uning boshlanishi va tugashi xalq ta’limi mahalliy organlari tomonidan smenalar miqdoriga qarab belgilanadi. Pedagog xodimlarning ish vaqti dars jadvali va o‘rta maktab Nizomi hamda ichki mehnat tartib-qoidalariga binoan ularga yuklanadigan lavozim vazifalari bilan belgilanadi. Ma’muriyat ishga kelish va ishdan ketish hisobga olib borilishini yo‘lga qo‘yishi shart. Maktablarda pedagog xodimlarning vaqtini tartibga solib turishning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, maktab direktori kasaba uyushmasi qo‘mitasi va jamoa bilan kelishgan holda har o‘quv yilida har bir o‘qituvchi uchun dars soatlari miqdorini belgilaydi. Bu ish xodimlarning ta’tilga ketishiga qadar qilinishi va bunda quyidagi sharoitlar albatta hisobga olinishi shart: pedagog xodimlarda, odatda, sinflar (guruhlar)ning davomiyligi hamda dars soatlari hajmi saqlanishi lozim;
o‘qituvchilar, tarbiyachilarning ayni shu maktabning o‘zida olgan oyliklari hisobiga o‘zlari uchun belgilangan dars soatlaridan tashqari beradigan darslari qancha bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilmagan. Dars soatlarini taqsimlash chog‘ida bajariladigan ishning sifati, pedagog xodimlar bilan ta’minlanish darajasi va mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda boshqa omillar ham hisobga olinishi kerak;
yosh mutaxassislar o‘quv yurtlarini tamomlaganlaridan keyin belgilangan oylik ish haqiga muvofiq keladigan dars soatlari bilan ta’minlanishi zarur;
xodimga to‘liq bo‘lmagan dars soatlari belgilashga faqat uning yozma ravishda ifodalangan roziligi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi;
pedagog xodimlarning dars soatlari hajmi, odatda, butun o‘quv yili davomida o‘zgartirilmasligi lozim. Faqat maktabda o‘quvchilar va sinflar soni qisqargan, ularning bir qismi o‘sha erning o‘zida yangidan qurilgan maktabga o‘tkazilgan, shuningdek ba’zi alohida hollardagina dars soatlari miqdori kamaytirilishi mumkin.
2002 yil 7 avgusta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2002 yilning 1 sentyabrida boshlab o‘qituvchilar va o‘quv yurtlari muallimlarining, ilmiy xodimlarning ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” Farmon qabul qildi. Bu Farmonga binoan 2002-2003 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari mualimlarining pedagog yuklamalari quyidagicha belgilangan;