3.Ksantoprotein reaksiyasi. Bu reaksiya bir qancha aromatik aminokislotalar (fenilalanin, tirozin, triptofan) uchun hos bo’lib qisoblanadi. Oqsillar va polipeptidlar kontsentrlangan nitrat kislota bilan kaynatilganda sariq- rangli nitrobirikma hosil bo’ladi.
Reaktsiya 2 bosqichda o’tadi. Birinchi bo’lib, aminokislota, masalan, tirozin kontsentrlangan nitrat kislota bilan qo’shilib, nitrolanadi. Bunda sariq rangli dinitrotirozin hosil bo’ladi.
Ikkinchi bosqichda dinitrotirozin o’yuvchinatriy yoki ammoniy tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, sariq-qizg’ish rangga bo’yaladi.
Ksantoprotein reaksiyasini oqsillar, peptidlar va siklik aminokislotalardan tashqari ko’pgina aromatik birikmalar (benzol, fenol va boshqalar) ham beradi.
Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, b) 1%-li jelatina eritmasi, v) kontsentrlangan nitrat kislota, g) o’yuvchi natriy 20%-li, yoki kontsentrlangan ammiak eritmasi, d) fenol 0,1%-li.
Do'stlaringiz bilan baham: |