Ishning borishi. Bitta probirka olib, unga 1-2 ml glitsin eritmasidan, ikkinchi probirkaga shuncha miqdorda oqsil eritmasidan solinadi. Keyin har ikkala probirkaga ningidrin eritmasidan qo’shiladi (birinchi probirkaga 5-6 tomchi, ikkinchi probirkaga esa 10-12 tomchi) va 1 minut davomida qaynatiladi. Glitsinli probirkada tezdanko’k-binafsha rang hosil bo’ladi, oqsilli probirkada esa rang asta-sekin hosil bo’la boshlaydi va qizil-binafsha rangga bo’yaladi. Ba’zan esa eritmada prolin ko’p miqdorda bo’lganda sariq-binafsha rangga bo’yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |