Ishning bajarilishi: maxsus xromatografiya qog’ozidan eksikator diametridan 2-3 sm kengroq bo’lgan doirada kesib olinadi. Erituvchi yaxshi o’tishi uchun doira 2-3 sm qalinlikdagi chizimcha kesiladi.
Doiraning markazidan 0,5-0,6 sm uzoqlikdagi joyga aminokislotalar aralashmasi doira shaklida tomiziladi va havoda quritiladi.
Erituvchi Petri chashkasi, yoki chinni kosacha, yoki eksikatorning tor qismiga solinadi.
Qog’oz doira eksikatorning tor joyiga taqaltirib joylashtiriladi va kesilgan chizimcha buklanib erituvchiga tegib turadigan qilib qo’yiladi. Eksikator mustahkam berkitilib, termostatga, (37-38°S) 1,5-2 soatga qo’yib qo’yiladi. Shundan keyingi ishlarni hammasi oldingi tajribadagidek olib boradadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |