Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi


-LABORATORIYA MASHG’ULOTI



Download 1,64 Mb.
bet16/36
Sana18.01.2022
Hajmi1,64 Mb.
#386026
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
2 5395755405236244270

3-LABORATORIYA MASHG’ULOTI

QOG’OZ XROMOTOGRAFIYASI USULI BILAN AMINOKISLOTALARNI AJRATISH.
Xromatografiya metodi 1903 yilda rus olimi M.O.Svet tomonidan ochilgan. Hozirgi vaqtda xromatografiya analizining turli xillari biologiya va kimyo sohasida keng qo’llanilayapti.

Xromatografiyaning asosiy mexanizmini aniqlovchi fizika-kimyoviy omillarning turiga qarab, bu usul 4 ga bo’linada: adsorbsion, tarqaluvchi, ion-almashinuv va cho’ktirish metodlari.

Aminokislotalarni ajratish uchun ko’pincha qog’ozdagi tarqaluvchi xromatografiya qo’llaniladi. Bu metod ikkita faza: qo’zgalmaydigan qattiq va suvli yoki organik erituvchilar fazasi, orasida aminokislota komponentlarining ajralish darajasiga asoslangan.

Xromatografiya organik erituvchi (masalan, suvga to’yintirilgan fenol yoki butil spirti, sirka kislota va suv aralashmasi) filtr qog’oz orasidan o’tkaziltganda, qog’ozga tomizilgan aminokislota eritmasi uning eruvchanligiga qarab bir-biridan ajraladi. Har xil aminokislota qog’ozda har xil tezlik bilan yuradi. Aminokislgialarning yurish tezligi har xil omillarga: aminokislota molekulasining tuzilishiga, organik erituvchilarda va suvda eruvchanligiga, qog’ozga adsorbsiyalanishiga , qog’oz turiga, tajribani olib borilish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Aminokislota organik erituvchida qanchalik yaxshi erisa, qog’ozda shuncha ko’p harakatlanadi.

Aminokislotalarni qog’ozdagi tarqaluvchi xromatografiyasining 2 xili mavjud: yuqoriga ko’tariluvchi va pastga harakatlanuvchi. Yuqoriga ko’tariluvchi xromatografiyada erituvchi qog’ozda pastdan yuqoriga qarab ko’tariladi. Pastga tushuvchi xromatografiyada esa erituvchi yuqoridan pastga qarab yuradi. Har bir aminokislotaning qog’ozdagi o’rni, qog’ozni quritib, ningidrin bilan ishlov berib, uni 100 °S temperaturada quritilgandan so’ng aniqlanadi. Shundan keyin qog’ozda har xil - binafsha, ko’k, sarik, qizg’ish va jigarrang dog’lar ko’rinib qoladi.


bu yerda: a - aminokislota aralashmasi tomizilgan joydan, ma’lum bir aminokislota hosil qilgan dog’ning o’rtasigacha bo’lgan masofa mm larda, v – erituvchi harakatlangan masofa, mm larda.


Har bir aminokislota uchun o’ziga xos siljish tezligi ma’lum bo’lib, bu koeffitsienti bilan belgilanadi. Rf koaffitsienti deb, aminokislotani tomizilgan joyidan to hosil bo’lgan dog’ning o’rtasigacha bo’lgan masofaning, aminokislota tomizilgan joydan to erituvchining harakatlangan masofasiga bo’lgan nisbatiga aytiladi.

Har bir aminokislota o’zining Rf koeffitsientiga ega bo’lib, bu koeffitsient qog’ozning turiga, erituvchining turiga, temperaturaning o’zgarishiga va muhit pH-ining o’zgarishiga qarab o’zgarishi mumkin.



Aminokislotalarni ajratish uchun yuqori sifatli maxsus xromatografiya qog’ozi ishlatiladi. Qog’oz bir xil qalinlikda va zichlikda bo’lishi kerak. FN-11 (Germaniya) nomerli qog’oz ishlatilsa xromatografiya yaxshi natija beradi.

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish