O’SIMLIKLARNING NOQULAY OMILLAR TA’SIRIGA CHIDAMLILIGI
O’simlikning o’sishi tashqi muhit omillariga chambarchas bog’liq bo’lib, tashqi omillar qancha qulay bo’lsa, o’sish jarayonlari jadal o’tadi va aksincha sharoit noqulay kelsa, o’simlikning o’sishi sustlashadi
O'simlikning muqobil o'sishiga barcha tashqi muhit omilari, xususan harorat, yorug'lik, namlik, gazlar tarkibi, mineral oziqlanish va boshqalar ta’sir etadi.
25-laboratoriya ishi. Protoplazmaning qovushqoqligini aniqlash (Genkel usuli)
Sitoplazmaning qovushqoqligi hayot jarayonlarida muhim ahg’amiyatga ega. G.A.Genkel ma’lumotlariga ko’ra, sitoplazma qovushqoqligi yuqori yoki past bo’lishi mazkur o’simlikning issiqlikka va sovuqlikka chidamliligini hamda moddalar almashinuvi jarayonining jadalligini ifodalaydi. Qovushqoqlik yuqori bo’lsa o’simliklarda moddalar almashinuvi sekinlashadi, lekin issiqlikka chidamlilik ortadi. Qovushqoqlik pasayganda esa aksincha, o’simliklarning sovuqlikka chidamliligi ortadi.
Qovushqoqlik pasayganda esa aksincha, o’simliklarning sovuqqa chidamliligi ortadi.
Mashg’ulotning maqsadi. Turli xil o’simliklar protoplazmasining qovushqoqlik darajasini aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar. Mikroskop, buyum va qoplag’ich oynalar, ustara, shakar eritmasi, probirkalar, qopqoqli kichik byukslar, qizil neytral indikatorining 1:5000 eritmasi, piyoz, aloe.
Ishni bajarish tartibi. Sitoplazmaning qovushqoqligini aniqlash uchun plazmolitik usul keng qo’llaniladi. Bunda hujayra tsitoplazmasining botiq plazmoliz holatiga o’tish vaqti hisobga olinadi. Tsitoplazmaning qovushqoqligini aniqlash uchun o’simliklar bargining pastki epidermisidan kesik tayyorlanadi. Buning uchun o’rganilgan o’simlik organlaridan yupqa kesmalar tayyorlanadi. Agarda, to’qima rangsiz bo’lsa, ularning kesmalari qizil neytral buyog’i eritmasiga 10 minut davomida solib qo’yiladi. Kesmalar bo’yalgandan so’ng ular suvga o’tkaziladi. Bir molyarli saxaroza eritmasi tayyorlanib, uning bir tomchisi buyum oynasiga tomiziladi. Kesma suvdan olinnadi va filtr qog’ozi yordamida quritiladi. Kesma buyum oynasidagi eritmaga qo’yiladi va o’stiga qoplag’ich oyna yopiladi. Suv parlanmasligi va eritmaning kontsentratsiyasi o’zgarmasligi uchun qoplag’ich oynaaning chetlariga vazelin surkaladi. Kesma saxarozaga qo’yilgan vaqt belgilanadi va mikroskop orqali kuzatib boriladi. Hujayra tsitoplazmasida plazmoliz
turlarining hosil bo’lishi kuzatiladi va vaqti belgilanadi. Botiq plazmolizdan qavariq plazmolizga o’tish vaqti alohida aniqlanib, quyidagi jadvalga yozib boriladi.
Bu vaqt protoplazmaning qovushqoqlik darajasini ko’rsatadi. Agarda sukkulentlar protoplazmasining qovushqoqligi 3-8 soatga teng bo’lsa, mezofitlarniki 15-40 minutgacha bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |