GOST 28147-89 shifrlash standarti - Rossiya shifrlash standarti bo‘lib, simmetrik shifrtizimlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Blok kattaligi 56 bit, kalit uzunligi 256, 512 bitga teng bo‘lgan bazaviy blokli shifrlash algoritmiga asoslangan. Shifrlashning 4 rejimiga ega.
Ko‘p sonli turli ochiq kalitli kriptotizimlar ichida keng tarqalgani 1977-yilda ixtiro qilingan va uning mualliflari Ron Rivest, Ada Shamir va Leonard Yeydelman nomiga qo‘yilgan RSA kriptotizimidir. Ular, katta tub sonlarni aniqlash, hisoblash jihatdan oddiy ekanligidan hamda shunday ikkita katta sonlarning ko‘paytmasi bo‘lgan sonni ko‘paytuvchilarga ajratish judayam qiyin, amalda mumkin emasligidan foydalanishgan. RSA shifrini ochish shunday ko‘paytuvchilarga ajratishga tengligi isbotlangan (Rabin teoremasi). Shuning uchun kalit uzunligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar shifrni ochish uchun talab qilinadigan amallarning quyi chegarasini baholash, zamonaviy kompyuterlarning tezligini bilgan holda shifrni ochish uchun kerak bo‘ladigan vaqtni ham aniqlash mumkin. RSA algoritmining himoyalanganlik kafolatini aniqlash imkoniyati, uning boshqa ochiq kalitli algoritmlar orasida mashhur bo‘lishining sababi hisoblanadi. Shuning uchun RSA algoritmidan bank kompyuter tizimlarida foydalanilmoqda, ayniqsa uzoq masofadagi mijozlar bilan ishlashda (kredit kartochkalarga xizmat ko‘rsatishda) qo‘llanilmoqda.
Xabar xesh-funksiyasi - qiymati kirish ketma-ketligining, ya’ni ikkilik sanoq tizimida berilgan xeshlovchi sonning har bir bitiga yoki xeshlovchi dastlabki matnning har bir ramziga bog‘liq bo‘lgan funksiya10. Xeshlash algoritmi kirish matnidan bir xil uzunlikda natija chiqaradi. Bunda uzunlik deganda, ikkilik sanoq tizimida berilgan ifodadagi bitlar soni nazarda tutiladi. Masalan, kirish matni
«AKT lug‘ati» bo‘lsa va xesh- funksiya qiymati «10110111010100101 »ga teng chiqsa, xesh- funksiya qiymati uzunligi 17 bitga teng bo‘ladi. Chiqish uzunligi 128, 192, 256 bit bo‘lgan xesh- funksiyalar ham mavjud. Xesh-funksiya samarali bo‘lishi uchun kirish xabari uchun natija noyob bo‘lishi lozim. Odatda, xesh- funksiyalar bir tomonli funksiyalardir. Chunki, chiqish qiymati asosida dastlabki matnni hisoblab topish juda qiyin. Xesh-funksiyalar axborot uzatish va saqlashda uning xavfsizligini muhofaza qilish uchun qo‘llaniladi.
5.Elektron raqamli imzo va ochiq kalitlar strukturasi. Elektron raqamli imzoni qo‘llashdan maqsad, birinchidan elektron hujjatdagi axborot asl nusxa ekanligini tasdiqlash, ikkinchidan uchinchi tarafga (arbitr, sudga va boshqalarga) hujjatni muallifi ushbu shaxs ekanligini isbotlash. Ushbu
9 Shon Harris. ALL IN ONE CISSP. McGraw-Hill. 2013
10 Ахборот-коммуникация технологиялари изоҳли луғати (иккинчи нашр). - Т., 2010.
maqsadga erishish uchun muallif o‘zining maxfiy individual raqami (individual kalit, parol) bilan hujjatga o‘rnatilgan tartibda «elektron imzo qo‘yish» jarayonini bajarishi lozim. Bunday imzo qo‘yishda, har gal individual kalit elektron hujjatdagi ma’lumotlar bilan ma’lum qoidaga muvofiq aralashib ketadi. Bunday biriktirilish natijasida hosil bo‘lgan raqam (ma’lum razrad uzunligidagi raqamlar ketma-ketligi) ushbu hujjatga muallif tomonidan qo‘yilgan elektron raqamli imzo hisoblanadi. Shunday qilib, elektron raqamli imzo qo‘yish va uni tekshirish protsedurasining har birida ishlatiladigan ikkita kalitdan bittasi foydalaniladi. Lekin bunda imzo qo‘yish kalitini tekshirish kaliti yordamida aniqlash imkoniyati umuman mumkin emasligi kafolatlangan bo‘lishi kerak. Hozirda taklif etilgan usullarda, amalda imzo qo‘yish kalitini (yopiq kalit), tekshiruv kaliti yordamida (ochiq kalit) qayta tiklash uchun uzoq davom etadigan murakkab hisoblash ishlarini bajarish lozimligi nazarda tutiladi.
Elektron imzo g‘oyasi birinchi marta Diffi va Xellman asarida hujjatning asl nusxa ekanligini va muallif tomonidan imzolanganligini aniqlash uchun taklif etilgan.
Hozirgi paytda raqamli imzo keng qo‘llanilmoqda (uzatiladigan yoki saqlanadigan shifrlangan matnga biriktirilgan raqam, bu axborotning butunligini va muallifni haqiqiyligini tekshirish imkoniyatini kafolatlaydi). Simmetrik shifrlash algoritmlariga asoslangan raqamli imzo modellari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |