Men nima uchun Jurnalist kasbini tanladim?
Orzu- bu bepayon kenglik, uni hamma his qila oladi.Lekin hamma ham erisha olmaydi.Orzular ijobat bo‘lishi uchun, avvalo, uni maqsadga aylantirib olish kerak.Ana shunda u tomon harakat boshlanadi.Men xuddi shu yo‘lni tanlab bu kasbni tanladim.Bolalagimda Oyinayi jahonni tomosha qilib o‘tirar ekanman, meni o‘ziga tortgan muhbir, jurnalist, suxandonlarni ko‘rib ularni o‘rnida bo‘lishga harakat qilardim.Katta ko‘zgumiz qarshisida turib o‘zimga o‘zim gapirar, qaysi mavzuda gapirishimni ahamiyati yoq, faqat gapirganimda harakatlarimga, mimikalarimga ko‘proq ahamiyat berar edim.Xuddi ular kabi adabiy, chiroyli gapirarishga harakat qilishni boshladim.Maktabda ilk bor borganimda birinchi ustozimga tabrik yo‘llaganim, mening birinchi jurnalistik yondashuvim bo‘lgan (hozirgacha eslasam yuzimga tabassum yuguradi😄).Shundan keyin maktabimizda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda ishtirok etib, nutqimni shakllantirdim.Oradan kunlar o‘tdi, 9 sinfda o‘qib yurgan paytlarim, hamma qanday kasb egasi bo‘lishimni so‘ray boshladi.Ota-onam pedagogiga sohasini tanlashimni aytishdi.Men ikkilanib qoldim.O‘zim istagan, orzu qilgan kasbim jurnalistikani tanlasammi? Yoki pedagogika.Jurnalistikani aytganimda atrofimdagi insonlar bu kasb judayam qiyin ekanligini,unga faqat Toshkent shahrida yashovchi kishilarni qabul qiladi deb meni qo‘rqitishdi.Tunlar o‘tmay kunlar o‘ylov bilan o‘tardi.Kunlardan bir kuni mahallamizga bir jurnalist tashrif buyurdi.Muammolar anchagina faqat yechim yo‘q.Jurnalist surishtiruv ishlarini boshladi.Uni kuzatar ekanman.Berayotgan savollariga mahallamiz faxriylari qatori men ham javob bergim kelardi.Oradan bir oycha vaqt o‘tdi.Mahallamizda qurilish ishlari boshlanib ketdi.Yangi yo‘llar qurildi, ichimlik suvi qaytib keldi, kanalizatsiya o‘rnatildi.Hammamiz judayam xursand bo‘ldik.Ishning eng so‘nggi kunida mahallamiz raisi katta bayram takshillashtirdilar va so‘zga chiqib shu ishlarning barchasida o‘sha Jurnalistning hissasi beqiyos deb, uni rosa maqtadilar.Keksalar qo‘llarini duoga ochib duo qildilar, yoshlar unga xavas qilishib olqishlashdi.Haqiqatdan ham men ham uning o‘rnida bo‘lishni judayam xohladim.Siz o‘ylarsiz, maqtov, olqish uchun aytyapti deb, Yo‘q! adashasiz, Xalq dardini tinglab unga yechim topib insonlarning baxtiga sazovor bo‘lgan insonni ko‘rib men bu kasbni tanladim.Orzuyimni maqsad qilib oldim va u tomon harakat boshladim.To‘g‘ri, boshida judayam qiyin bo‘ldi, lekin qiyinchilik bilan erishilgan orzu bir umrga tatigulik baxt bo‘lar ekan.Ollohimga behisob shukurlar bo‘lsinki, men maqsadli orzuyimga erishdim.Endi tezroq yanada sohamni mukammal egallab odamlar dardiga darmon bo‘lmoqchiman.
O‘ylaymanki, kelajakda albatta men ham yurt koriga yaraydigan adolat qilichiga ega, xolis jurnalist bo‘laman!...
Do'stlaringiz bilan baham: |