Termiz davlar universiteti tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/51
Sana26.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#466599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
Bog'liq
o simliklar fiziologiyasidan uslubiy ko rsatma

2-Laboratoriya ishi. 
 PLAZMOLIZ VA DEPLAZMOLIZ HODISALARI.
PLAZMOLIZNING TURLI FORMALARI. 
O‟simliklar hujayrasidagi fiziologik jarayonlarni o‟rganishda, biz plazmoliz 
hodisasi, turgor hamda deplazmoliz mohiyatini tushunib olishimiz lozim. 
Tirik hujayraga gipertonik (ya‟ni, so‟rish kuchi hujayra shirasining so‟rish 
kuchidan ortiq bo‟lgan) eritmalar ta‟sir qilinganda protoplazma bilan vakuoladagi 
suvning bir qismi chiqib ketishi sababli protoplast hujayra devoridan qochadi va 
plazmoliz hodisasi ro‟y beradi. Plazmoliz bir necha xil bo‟ladi. Boshlang‟ich, botiq 
va qavariq shaklda. Bular protoplazmaning hujayra po‟stidan ajralish darajasi bilan 
farqlanadi. 
Protoplazma juda ham yopishqoq bo‟lib, hujayra devoridan asta-sekin ajrala 
boshlaydi va buning natijasida botiq plazmoliz hosil bo‟ladi, ya‟ni protoplastning 
ba‟zi bir qismlari hujayra devoriga yopishgan holda boshqa qismlari hujayra 
devoridan ajraladi, ayni vaqtda notekis bo‟lib, qolgan yuzasining botiq tomoni 
hujayra devoriga qarab turadi. Shuning uchun ham 
botiq plazmoliz
deyiladi. 


Hujayra protoplazmasining hujayra po‟stidan to‟liq ajralib, o‟rtaga to‟planib 
qolishiga 
qavariq plazmoliz 
deyiladi. 
Deplazmoliz - plazmolizlashgan hujayraga suv qayta shimilishi natijasida 
hujayraning dastlabki (turgor) holatiga qaytishidir. 
Ishning maqsadi.
O‟simlik hujayrasida yuz beradigan plazmoliz va uning 
shakllarini, deplazmoliz jarayonini kuzatish. 
Kerakli
asbob va reaktivlar. 
Mikroskop, qizil piyoz, buyum oynasi, 
qoplagich oyna, ustara, qisqich, suvli stakan, pipetka, osh tuzining bir normal 
eritmasi. 
 
Ishni bajarish tartibi. 
Plazmoliz va deplazmolizni kuzatish uchun qizil 
piyoz po‟stidan ustara yoki igna yordamida yupqa kesma olinadi. So‟ngra bu 
kesma buyum oynasiga qo‟yilib ustiga distillangan suv tomiziladi va usti qoplagich 
oyna bilan yopiladi. Bu preparat mikroskop ostida kichik (8xli) ob‟ektiv bilan 
kuzatiladi. Preparatdagi hujayralar bir tekis bo‟yalgan va tarang holda bo‟ladi 
(turgor holatda). Bu holatni chizib olib, kuzatishni davom ettirib, qoplag‟ich 
oynaning bir chekkasiga NaCI ning bir normal eritmasidan pipetka yordamida bir 
tomchi tomiziladi. Preparatdagi suv esa qoplag‟ich oynaning ikkinchi tomonidan 
filtr qog‟ozga shimdirib olinadi. Bir necha daqiqadan so‟ng protoplazma hujayra 
po‟stidan ajralib (burchaklaridan) ichkariga tortila boshlaydi, ya‟ni boshlang‟ich 
plazmoliz boshlanadi. Kuzatuvni davom ettirib, protoplazmaning ko‟plab ajrala 
boshlanganligini – botiq plazmolizni va nihoyat hujayra markaziga quyuqlashib, 
ya‟ni qavariq plazmoliz ro‟y berganligi kuzatiladi. Oradan biroz vaqt o‟tgach, shu 
qoplagich oynaning bir chekkasidan (dastlabki suvni shimdirilgan tomonidan) bir 
necha tomchi toza suv tomizilib, ikkinchi tomondan (dastlabki eritmasi tomizilgan) 
filtr qog‟ozi yordamida, qoplag‟ich oyna ostidagi eritma shimdirib olinadi. 
Natijada, kesma hujayralari qayta suvni shimib oladi va turgor holatiga qaytadi, 
ya‟ni deplazmoliz jarayoni sodir bo‟ladi. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish