Gazeta tilida orfografik me’yor muammolari Gazetalarning sahifalarida –mi yuklamalari bilan hosil bo`lgan so`roq gaplar sarlavha vazifasida ko`p qo`llangan. Ularning aksariyatida tasdiq yoki inkor ma’nosining bevosita ifodalanishi, mazmunliligi, ixchamliligi, voqea-hodisa, predmetni nomlash bilan birga maqola mazmunini aks ettira olishi, diqqattortarligi bunga sabab bo`lgan. A.Abdusaidovning tadqiqotlari natijalariga ko`ra, -chi yuklamasi bilan hosil qilingan so`roq gap - sarlavhalar gazeta tili uchun xos emas. Lekin gazeta sahifalarida bu xil sarlavhalar, juda oz bo`lsa-da, uchraydi. Misol: Biz yoshlardan nima kutayapmiz? Ular bizdan-chi? (Z., 19.03.11). Ko`rinadiki, bu xil sarlavhalar ham ta’sirchanlikka ma’lum darajada xizmat qilishi mumkin. Umuman, so`roq olmoshi va so`roq yuklamasi bilan hosil bo`lgan so`roq gaplar sarlavha vazifasida, asosan, o`rinli ishlatilgan. Ular gazeta tilida ekspressivlikni ifodalashda muhim vositalardan biri sifatida xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |