Gazeta tilida leksik me’yor muammolari So`roq gap – sarlavhalarning –mi yuklamasi bilan tuzilgan ayrim turlaridagi yuklamani tushirish bilan uning javobini bilish mumkin. Buning uchun matn bilan tanishish shart. Misollar: Kamchiliklarga barham berilmoqdami? (XS., 13.03.10) - Kamchiliklarga barham berilmoqda. Ekologik ekspertiza zarurmi? (XS., 7.01.11) - Ekologik ekspertiza zarur. Bunday xulosa birdan paydo bo`lmaydi. Mavzuning nima haqida ekan-ligidan dastlab xabardor bo`lgan gazetxon o`ziga ma’lum axborotlar bilan gazeta materialidagi ma’lumotni solishtirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bunga sarlavha dastlabki yo`llovchi axborot hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |