Gazeta tilida leksik me’yor muammolari So`roq gap - sarlavhalarning shunday turlari borki, ulardagi dastlabki axborot ijobiy xulosa chiqarishni talab etadi. Tegishli xulosani tasdiqlab olish uchun material bilan tanishish shartligi ma’lum. Ana shu holat matn bilan tanishishga undaydi. Misollar: Do`stlikning qadri yo`qmi? (S., 26.02.10) - Do`stlikning qadri bor. Buni bilish shart emasmi? (S., 18.02.11) - Buni bilish shart. So`roq gap - sarlavhalardan so`ng yo`naltirish, da’vat etish, fikrni to`ldirish maqsadida, javobni o`zida ifodalovchi darak, buyruq, ba’zan undav gaplar ham ishlatiladi. Bunday sarlavhalarning ta’sir kuchi ham nisbatan kattadir. Misollar: Ishlamoqchimisiz? Ishga marhamat! (S., 7.12.10). Tadbirkor bo`lmoqchimisiz? Marhamat! (Z., 18.09.10) .
Do'stlaringiz bilan baham: |