Teri lotin 84x108 format p65. p65


yod eritmasi, nitrofungin, Kastellani bo‘yog‘i



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana02.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#425684
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Eshboyev-TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI

yod
eritmasi, nitrofungin, Kastellani bo‘yog‘i,
10 % li
salitsilat
va 5 % li
oltingugurt moyi,
5 % li
qoramoy, kandiderm,
mikoseptin, mikozolon, undensin, sinkundan, amikozol kre-
midan
foydalaniladi. Maxsus davo sifatida fungistatik xusu-
siyatga ega bo‘lgan
grizeofulvin, gefulvin, nizoral antibio-
tiklari
va fungitsid xususiyatli
terbinoks
dorisidan foyda-
laniladi. Grizeofulvin 1 oy mobaynida har kuni 4—6 tabletka
(0,125 g) dan, keyingi oyda esa xuddi shu dozada, lekin
kunora ichish, so‘ngra sog‘lom tirnoq plastinkalari o‘sib


150
chiqqunga qadar xuddi shu dozada 3 kunda 1 martadan
ichib turishga buyuriladi. Nizoral dorisi har kuni 1 tab-
letka (200 mg) dan ichiladi.
Silliq teri rubromikozini davolashda 
terbinoks, (ter-
binafin) 
har kuni 250 mg dan 14 kun davomida ichiladi.
Agar zararlanish o‘chog‘i tirnoqlarda bo‘lsa (onixomikoz),
terbinoks 6 hafta; oyoq tirnoqlarida joylashsa, u holda terbi-
noks har kuni 250 mg dan 6 haftadan 4 oygacha ichiladi.
Òrixofitiya 
— dermatomikozlar ichida eng keng tar-
qalgani bo‘lib, uning kelib chiqishiga T r i c h o p h y t o n
turkumiga mansub zamburug‘lar sabab bo‘ladi. Kasallik
bolalar va kattalarda uchraydi. Ko‘pincha boshning sochli
qismi, teri va tirnoqlar zararlanadi (11-rasm).
E t i o l o g i y a s i . Kasallik qo‘zg‘atuvchisi trixofiton
turkumiga kiruvchi zamburug‘lar bo‘lib, ular sochning qay
tariqa zararlashiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: 
birinchi
guruh
T r i c h o p h y t o n e n d o t h r i x (
endo 
— ichida,
thrix 
— lotincha soch) deb atalib, zamburug‘ sporasi bilan
mitselliy iðlari soch ichida turadi
ikkinchi guruh
esa
T r i c h o p h y t o n e c t o t h r i x (
ecto 
— tashqi) bo‘lib,
zamburug‘lar soch tolasining sirtida parazitlik qilib
yashaydi. Goho zamburug‘ sporalarining zanjirlari soch
kutikulasi (pardasi)da ham bo‘ladi.
Yuza va chuqur yoki maddalagan — infiltrativ trixo-
fitiya tafovut qilinadi. Yuza trixofitiyani antropofil Ò. v i o -
l a c e u m , Ò . t o n s u r a n s zamburug‘lari; chuqur,
maddalagan — filtrativ trixofitiyani esa zoofil zam-
burug‘lar Ò . v e r r u c o s u m , Ò . m e n t o g r a f h y t e s ,
v a r . g y p s e u m paydo qiladi.
E p i d e m i o l o g i y a s i. Yuza trixofitiya ko‘pincha
bemor bilan bevosita muloqotda bo‘lganda yuqadi.
Shuningdek, bemor ishlatgan har xil buyumlar — taroq,
bosh kiyimi va boshqalardan ham patogen trixofitonlar
yuqishi mumkin. Kasallikka, asosan, bolalar chalinadi,
ular kasallikni yillab surunkali trixofitiya bilan og‘rigan
kattalardan yuqtirib oladilar.


151
Chuqur, maddalagan — infiltrativ
trixofitiya 
esa, aso-
san, hayvonlardan (mol, ot, cho‘chqa, sichqon, kalamush
va h.k. lardan) yuqadi. Kasallikning bu xilida sog‘lom odamning
buyumlari orqali yuqish hollari nisbatan kam uchraydi.
K l i n i k a s i. Òrixofitiyaning klinik ko‘rinishi va kechishi
kasallik qo‘zg‘atuvchisining xususiyatlari, uning patogenligi
va makroorganizm holatiga bog‘liq.
Y u z a t r i x o f i t i y a. Kasallikning bu turi
ko‘pincha 4—15 yoshli bolalarda, ba’zan ko‘krak yoshi-
dagi bolalar yoki kattalarda ham kuzatiladi. Balog‘at davriga
kelib kasallikning bu turi ichki sekretsiya bezlari faoliyati-
ning o‘zgarishi tufayli o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi. Ayrim
hollarda odam keksayguncha cho‘zilaverishi ham mumkin.
Kattalarning surunkali trixofitiyasi deb shunga aytiladi.
Yuza trixofitiya quyidagi klinik ko‘rinishda kechadi. Bosh-
ning sochli qismida kattaligi olchadek keladigan talaygina
kasallik o‘choqlari vujudga kelib, shu soha terisi po‘st tash-
lab, sochlari siyraklashib qoladi. Zamburug‘lar bilan za-
rarlangan sochlar mo‘rtlashib, teri dami barobarida sinib
tushadi va shu joylar qora nuqtalarga o‘xshab qoladi; singan
sochlar o‘z rangini yo‘qotib, xiralashadi va biroz yo‘g‘on
tortadi. Kasallik o‘chog‘idagi teri po‘stlari orasidan ilmoqqa
o‘xshash soch bo‘laklari ko‘rinib turadi, xuddi shu joylarda
aftidan sog‘lom sochlar ham o‘sadi. Yuza trixofitiya bola-
larda uzoq vaqt davom etadi. Agar u o‘z vaqtida davolanmasa
badanning boshqa tukli qismlariga tarqalib ketishi mumkin.
Silliq terining yuza trixofitiyasi.
Aksariyat hollarda
boshning sochli qismi zararlanishi bilan birga kechadi.
Kasallik faqat terida uchrashi ham mumkin. Dastlab terida
chetlari sal ko‘tarilgan och qizil rangli dumaloq yallig‘-
langan dog‘ vujudga keladi. Dog‘ chetlarida qizg‘imtir
bolishcha bo‘lib, markazi birmuncha yassi tortib po‘stlar
bilan qoplanib turadi. Keyinchalik dog‘ chetlarida tariqdek
pufakchalar paydo bo‘lib, ular yorilgach qopaqo‘tir bilan
qoplanadi. Dog‘lar chetga tomon o‘sib borib yoki bir-biriga
qo‘shilib, turli shakllar hosil qilishi mumkin.


152
Kattalar surunkali trixofitiyasi
ko‘proq ayollarda
uchraydi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, balog‘at davriga
kelib markaziy nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari
faoliyatining o‘zgarishi trixofitonlar uchun noqulay shart-
sharoit tug‘diradi. Shuning uchun ko‘pincha bu davrda yuza
trixofitiya o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishi mumkin. Ammo,
ichki sekretsiya bezlari faoliyatida, xususan, tuxumdonlarda
biror illati bor ayollarda kasallik surunkali kechib, yillab
cho‘zilishi mumkin. Kasallik ko‘pincha boshning sochli
qismi, silliq teri va tirnoqlarning birga zararlanishi bilan
kechadi. Boldir, bilak, tirsak, dumba, tizza sohalarida bir-
biriga qo‘shilishga moyil bo‘lgan, kattaligi tangadek, po‘st
tashlab turadigan, binafsha rangli dog‘lar vujudga keladi.
Oyoq-qo‘l kaftlari terisining muguz qavati qalin tortib,
unda yallig‘lanish belgilarisiz, po‘st tashlab turadigan
kasallik o‘choqlari vujudga keladi.
Boshning ensa va chakka sohalarida sochlar tagidan sinib
qora nuqtalar hosil qiladi. Shuningdek, shu sohalarda biroz
po‘st tashlab turgan kichikroq zararlanish o‘choqlari, ya’ni
komedonlarni kuzatish mumkin. Bundan tashqari, terida
sochsiz atrofiyaga uchragan joylar ham bo‘ladi. Kasallik
uzoq kechadi, bunday hollarda katta yoshdagi bemorlar
bolalar uchun kasallik manbayi bo‘lib qolishlari mumkin.
Maddalangan — infiltrativ yoki chuqur trixofitiya.
Kasallik, asosan, hayvonlardan yuqadi. Bolalarda ko‘proq
boshning sochli qismi, kattalarda esa soqol-mo‘ylovlar za-
rarlanadi. Agar zararlangan soch mikroskop ostida ko‘rilsa,
zanjirchalar ko‘rinishidagi sporalar sochni g‘ilofdek o‘rab
turganligini ko‘rish mumkin.
K l i n i k a s i. Kasallik o‘choqlari keskin qizarib,
shishadi. Boshning sochli qismida o‘smasimon tuzilmalar
paydo bo‘lib, ular ushlab ko‘rilganda qo‘lga xamirdek
yumshoq unnaydi, bu o‘choqlar yiringli yallig‘langan soch
follikulalaridan iborat bo‘ladi. Asalari uyasiga o‘xshab
ketadigan bu o‘choqlardan mog‘or hidi kelib turadi va
qo‘l bilan bosilganda follikula teshiklaridan yiring tomchisi


153
chiqadi (K e r i o n C e l c i nomi bilan ham yuritiladi).
O‘choqlarda soch tag-tugi bilan yiringlab ketganligi uchun
ham sochlar to‘kilib ketadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, kasallikning bu turi yal-
lig‘lanish alomatlari bilan kechadi. Bemorning harorati
ko‘tarilib, boshi og‘riydi, shuningdek, bo‘yin va ensa soha-
sidagi limfa tugunlari shishadi, ko‘ngli aynaydi, qusadi,
lohaslik kuzatiladi. Ayrim bemorlarning oyoq-qo‘l va badan
terisida lixenoid tabiatiga ega, allergik toshmalar — trixo-
fitidlar paydo bo‘ladi. Bunga zamburug‘ zaharlarining qon
va limfaga o‘tishi sabab bo‘ladi. Oradan 2—3 oy o‘tganidan
keyin kasallik o‘z-o‘zidan tuzalib, kasallik o‘choqlari o‘r-
nida chandiqlar qolishi mumkin. Kasallikning maddalan-
gan — infiltrativ xilida silliq terining zararlangan joyi
dumaloq bo‘lib, qizarinqirab turadi, yuzasi follikular pus-
tula va ayrim joylari qoraqo‘tir po‘st bilan qoplangan bo‘ladi.
Òirnoqlar trixofitiyasi.
Nisbatan kamroq uchraydi. Bu
kasallik boshning sochli qismi yoki silliq teridan zam-
burug‘larning tirnoqqa o‘tishi natijasida vujudga keladi.
Aksariyat qo‘l barmoqlarining tirnoqlari zararlanadi. Ka-
sallik jarayoni tirnoq plastinkasining erkin chetidan bosh-
lanib, shu joyda asta-sekin xira dog‘ paydo bo‘ladi; kam-
gak tirnoqqa zamburug‘ o‘sib kirishi natijasida tirnoq
plastinkasi qalin tortib, xira bo‘lib qoladi. Keyinchalik tir-
noq uvalana boshlaydi va tirnoq plastinkasining yuza
qatlamlari ostida kamgaklar hosil bo‘ladi. Òirnoqlar tri-
xofitiyasi uzoq vaqt davom etadi.
D a v o s i. Kasallikning barcha xilida ham 
grizeofulvin
antibiotigini 
qo‘llash mumkin. Grizeofulvinning kundalik
miqdori bemorning vazniga qarab belgilanadi, odatda
15 mg/kg hisobida beriladi. Uni ovqat vaqtida bir choy qo-
shiq baliq moyi yoki o‘simlik yog‘i bilan ichiladi. Davo 1—
1,5 oy va undan ham ko‘proq davom etishi mumkin.
Grizeofulvin 0,125 g li tabletka ko‘rinishida ishlab chiqa-
riladi. Uni qabul qilishning 2 xil sxemasi mavjud: b i r i n c h i
s x e m a bo‘yicha tabletkalar 15—20 kun muntazam


154
ichiladi, keyin esa ikki kun oralatib, xuddi shu tartib,
bemor to tuzalib ketguncha davom ettiriladi; i k k i n c h i
s x e m a d a — tabletka davolash boshlangandan to bemor
tuzalgunga qadar kunora ichiladi. Dori qabul qilinganida
ba’zan bosh og‘rig‘i, dispeptik o‘zgarishlar, leykopeniya,
eozinofiliya, allergik dermatit kabi noxush holatlar ham
kuzatiladi. Shu bois porfiriya hamda o‘tkir jigar kasallik-
lari, homiladorlik, leykopeniya, xavfli o‘smalarda gri-
zeofulvin qo‘llanilmaydi. Keyingi yillarda

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish