kandiderm, klotrimazol, triderm malhamlarini
va
ter-
155
binoks (terbinafin) kremini
14 kun davomida surtish yuqori
samara beradi. Òirnoqlar trixofitiyasini davolash tirnoqning
boshqa mikozlarini davolashdan deyarli farq qilmaydi.
P r o f i l a k t i k a s i. Kasalligi aniqlangan bemor
boshqalardan ajratib qoyiladi, uning ust kiyimlari, choy-
shab va korpalari zararsizlantiriladi. Ichki kiyim va yostiq
jildlari oldin qaynatilib, song yuviladi. Bemor turgan
uyning poli dastlab 5 % li xloramin yoki lizol eritmasi
bilan, song qaynoq suv bilan yuviladi. Òrixofitiyadan
tuzalgan bolada 3 haftagacha kasallik belgilari aniqlanmay,
mikologik tekshirish natijalari 3 martagacha manfiy bol-
gandagina unga bogchaga borishga ruxsat etiladi. Shuningdek,
bolalar muassasasidagi barcha xodimlar muntazam ravishda
rejali tibbiy korikdan otkazilib turiladi.
Kasallik oz vaqtida aniqlanishi lozim. Kasal bola oila-
sidagilar hamda uning atrofidagi barcha bolalar tekshi-
ruvdan otkaziladi. Chuqur maddalangan trixofitiya topil-
gudek bolsa, kasallik manbayi bolgan joydagi hayvonlarni
ham tekshirish lozim.
Mikrosporiyaga
M i c r o s p o r u m turkumiga kiruvchi
iðsimon zamburuglar sabab boladi. Ikkita asosiy turi:
odamdan yuqadigan (antropofil) M i c r o s p o r u m
f e r r u g i n e u m (zangsimon mikrosporum) va mushuk,
goho itlardan yuqadigan (zooantropofil) M . l o n o s u m ,
M . s a n i s (tukli mikrosporum; mushuk mikrosporumi)
tafovut qilinadi.
Mikrosporiyalar silliq teri hamda sochlarni zararlaydi.
Kasallik yuza joylashish xususiyatiga ega, chuqur formasi
kam uchraydi.
Mikrosporiya bilan koproq maktabgacha va maktab
yoshidagi bolalar kasallanadi. Kattalarda, asosan, silliq
teri mikrosporiyasi uchraydi. Jinsiy yetilish davriga kelib
mikrosporiya odatda otib ketadi.
Zooantropofil mikrosporiyasi.
K l i n i k a s i .
Boshning sochli qismida diametri 34 sm keladigan 23
ta yirik va bir nechta mayda kasallik ochoqlari paydo boladi.
156
Yirik ochoqlar dumaloq bolib, keskin ajralib turadi
(shtamplangan ochoqlar) va asbestsimon yupqa tanga-
chalar bilan qoplanadi, yalliglanish belgilari deyarli
kuzatilmaydi. Kasallik ochogidagi sochlar bir xil uzun-
likda bolib, teri damidan 35 mm tepadan sinib ketadi;
soch siniqlari kulrang oqish mufta bilan oralib turadi.
Kasallik ochogida soglom sochlar kam boladi, bazan
qoraqotir vujudga keladi. Kamdan kam hollarda yal-
liglanish zorayib, teri qizaradi, follikulitlar paydo bolib,
kasallik manzarasi yiringli trixofitiyaga ( K e r i o n C e l c i )
oxshab ketadi. Boshning sochli qismi luminessent lampa
yordamida tekshirilganda mikrosporum bilan zararlangan
sochlar yashil bolib tovlanadi. Bu omil muhim diagnostik
ahamiyatga ega bolib, bolalar maskanlari hamda jamoalarni
profilaktik korikdan otkazishda keng qollaniladi.
Silliq teri mikrosporiyasida yuz, lunj, qolning silliq
terisi, badan va oyoqlarda keskin ajralib turadigan qizgish,
dumaloq, yalliglanish doglari bolib, ular kepaksimon
tangachalar bilan qoplanadi, markazi biroz ochroq rang-
dagi halqa shakliga oxshash boladi, cheti esa kotarilib
pufakchalar bilan qoplanib turadi, bu manzara silliq teri
trixofitiyasiga juda oxshaydi.
Zangsimon mikrosporum
( M i c r o s p o r u m f e r -
r u g i n e u m ) tufayli kelib chiqadigan mikrosporiya
yuqorida keltirilgan klinik manzaradan biroz farq qiladi.
Bunda boshning sochli qismida bir talay mayda ochoqlar
bolib, yuza trixofitiyaga oxshaydi. Kasallik ochogida
singan sochlar bilan bir qatorda talaygina soglom soch-
lar saqlanib qoladi. Zararlangan sochlar teri damidan
58 mm yuqoridan sinib tushadi. Soch siniqlari spora-
lardan iborat gilof bilan qoplangan boladi. Kasallik
ochoqlarining shakli notogri, ular bir-biriga qoshilib
ketishga moyil bolib, tarqalib boradi va boshning sochli
qismidan kopincha soch chetlaridagi silliq teriga otadi.
Òeri pushti rangda bolib, post va tangachalar bilan qop-
lanadi. Kasallik ota yuqumli.
157
Silliq terining zararlanishi doiralar korinishidagi
ochoqlar paydo bolishi bilan ifodalanadi, bir doira ichida
yangi dog paydo bolib, keyin u ham doiraga aylanib
qoladi (iris formasi). Mikroskop ostida korilganda soch
xuddi gilofga oxshab zamburug sporalari bilan oralgan
boladi, ular tarqoq holda joylashadi. Òeri postchalarida
zamburug mitseliylarini, bazan segmentlarga bolingan
holda korish mumkin.
D a v o s i. Òalaygina patologik ochoqlari (3 tadan
ortiq) bolgan yoki boshning sochli qismi zararlangan
bemorlar kasalxonada davolanishlari zarur. Bemorning har
bir kg vazniga 22 mg dan
grizeofulvin
tavsiya etiladi va shu
miqdor tekshiruv natijalari manfiy bolgunga qadar (la-
boratoriya tekshiruvlari har kuni otkaziladi) davom
ettiriladi. Songra grizeofulvin hafta davomida kunora va
keyinchalik esa haftada ikki marotaba ichiladi. Kasallik
alomatlari yoqolib, laboratoriya tekshiruvidan uchta man-
fiy natija olingach (har 57 kun ichida) grizeofulvinni
ichish toxtatiladi.
Lamizil
bemor vazniga qarab belgila-
nadi. 20 kg gacha bolgan bolalarga 62,5 mg dan 1 mahal,
2040 kg vaznli bolalarga 125 mg dan va 40 kg dan yuqori
va katta yoshdagilarga 250 mg dan tavsiya etiladi. Mahalliy
davo trixofitiyani davolash kabi olib boriladi.
Favus
kasalligiga A c h o r i o n S c h o n l e i n i i
(Shenleyn axorioni) zamburugi sabab boladi. Asosan,
boshning sochli qismi, silliq teri va tirnoqlar zararlanadi.
Kasallik bevosita kasal kishilardan yoki ular tutgan
buyumlar (bosh kiyim, taroq va boshqalar) orqali yuqadi.
Hayvonlarni bu zamburug zararlamaydi. Favusning
yuqishida organizmning umumiy ahvoli katta ahamiyatga
ega. Yasli va maktabgacha yoshdagi bolalar, madorni
quritadigan surunkali kasalliklar bilan ogrigan kishilar
bu kasallikka koproq moyil boladilar. Favus trixofitiya
va mikrosporiyaga qaraganda kam yuqumli.
Zamburug bilan zararlangan soch mikroskop ostida
korilganda uning ichida mitseliyning kondalang tosiqlar
158
bilan segmentlarga bolingan iðlari korinib turadi, soch
tanasida havo pufakchalari va naqshdor shakldagi kichik-
roq sporalar toplami joylashadi.
K l i n i k a s i. Boshning sochli qismidagi favusning
klinik manzarasi oziga xos bolib, favus qalqonchalari yoki
skutulalari va undan keyin qolgan chandiqlar (atrofiya-
langan joylar) hamda zararlangan sochlar boladi.
Favus skutulasi boshning sochli qismiga tushganidan
keyin soch xaltachasi ogzi (follikul)da kopayib, likop-
chasimon sariq rangli quruq qoraqotir post hosil qiladi.
Skutula markazidan soch chiqib turadi. Avvaliga skutula
tognogich boshidek, keyinchalik kattalashib diametri
1,5 sm ga yetadi va bundan ham ortadi. Skutula olib tash-
langandan keyin uning ornida botiq och pushti rangli yuza
qoladi. Skutula uzoq vaqt turadigan bolsa, uning atrofida
atrofik chandiq paydo bolib, bu joyda soch osmaydi.
Skutulalar kopincha top-top bolib joylashadi, ular-
dan qolansa hid kelib turadi. Skutulalar asta-sekin qurib
uvalanadi va tozgib sochlarni qoplab oladi. Zamburug
zararlagan sochlar odatdagi rangini, pigmenti, shuningdek,
mayinligi va jilvasini yoqotib, xira, mort bolib qoladi;
teri sathidan yuzada sinadi. Sochlardan ham qolansa hid
kelib turadi.
Favusga oz vaqtida davo qilinmaydigan bolsa, kasallik
yillab davom etishi mumkin. Atrofik chandiqli joydagi
sochlar nobud bolib, boshqa chiqmaydi. Favus bosh
sochli qismining hammayogini zararlashi mumkin, faqat
chetlaridagina jiyakka oxshab osadigan sochlar saqlanib
qoladi.
Kopincha
favusning atiðik xili
kuzatiladi. Favusning
impetiginoz
xilida sochlar bir-biriga yopishib qolib, impe-
tigoli qoraqotir bilan qoplanadi. Qoraqotir olib tashlan-
gandan keyin, atrofiyaga uchrab ozgarib qolgan teri kori-
nib turadi. Kasallikning uzoq davom etishi, otkir yallig-
lanish alomatlarining bolmasligi va chandiqlanib atrofiya-
langan joylar borligi favusni aniqlab olish imkonini beradi.
159
Favusning
skvamoz
xili bir talay post ajralib turishi,
oqish-sargimtir tangachalarning ustma-ust qalashib tu-
rishi bilan ifodalanadi; goyo chang bosgan va «zafaron»
bolib korinadigan kulrang sochlar bilan bir qatorda chan-
diqlanib, atrofiyaga uchragan joylarning bolishi, kasallikka
togri tashxis qoyish imkonini beradi.
Favusda silliq terining zararlanishi, birmuncha kam
uchraydi, bunda silliq terida kattaligi yasmiqdek keladi-
gan dumaloq shaklli, kepaksimon postchalar bilan qop-
langan qizgish-pushti doglar yoki likopsimon tiniq sariq
skutulalar paydo boladi.
Qol va oyoq tirnoqlari favusi ikkilamchi tartibda vu-
judga keladi. Lekin bazan barmoq terisida ozgarishlar bol-
masa ham, tirnoqlar zararlanishi mumkin. Òirnoqlar plas-
tinkasining bagrida kattaligi tognagich boshidek keladigan
doglar paydo boladi, keyinchalik tirnoq plastinkasi tagida
shoxsimon modda toplanib, tirnoq qalin tortadi, uvala-
nuvchan, xira bolib qoladi va kulrang-qongir tusga kiradi.
D a v o s i. Òrixofitiyani davolashda ishlatiladigan dori-
darmonlar qollaniladi.
7.4. Kandidoz
(CANDIDOSIS)
Kandidozga
Candida
turkumiga kiruvchi achitqisimon
zamburuglar sabab boladi. Bunda teri, shilliq qavatlar,
tirnoq va ichki azolar zararlanadi.
E t i o l o g i y a s i v a p a t o g e n e z i. Bu turkumga
kiruvchi zamburuglar shartli patogen bolib, soglom
kishilar organizmida hamma vaqt saprofit holda yashaydi,
lekin bu zamburuglarning patogen xususiyati oshishida
makroorganizm holatining roli katta. Odam immunite-
tini pasaytiruvchi kasalliklarda kandidozlar tez rivojla-
nadi. Meda-ichak xastaliklari, moddalar almashinuvi
(qandli diabet) hamda vitaminlar muvozanatining bu-
zilishi, leykoz, shuningdek, antibiotik va steroidlar bilan
tartibsiz davolanish zamburuglar faoliyatini oshirib,
kasallik vujudga kelishiga sabab boladi.
160
K l i n i k a s i. Kasallikning klinik kechishiga qarab
yuza
(shilliq qavat
va
teri
kandidozi, kandidozli onixiya va
paranixiyalar) va
sistemali (visseral)
shakllari tafovut qili-
nadi. Shu bilan birga
surunkali generalizatsiyalangan
(gra-
nulematoz) bolalar kandidozi ham alohida qayd qilinadi.
Yirik burmalar kandidozi
(intertriginozli kandidoz)
bolalar (chov va dumba orasidagi burmalarda) va kattalarda
(qoltiq va kokrak bezi ostida, semizlarda chov sohasida)
uchraydi. Bu joylarda yuza namlanib yaltirab turadigan,
toq qizil rangli, aniq chegaralangan, usti oqish gard bilan
qoplangan eroziyalar paydo boladi. Ochoqlar atrofida
epidermis qoldiqlaridan iborat hoshiya va asosiy ochoqqa
oxshagan mayda joylar kozga tashlanadi.
Barmoqlar orasidagi kandidozli eroziya
koproq kasbga
oid bolib, qandolatchilar, idish-tovoq yuvuvchilar va
boshqalarda uchraydi. Patologik jarayon 3 va 4-barmoqlar
orasida joylashib, toq qizil rangli, aniq chegaralangan va
ortasida seroz suyuqlik bolgan eroziya borligi bilan
ifodalanadi.
Kandidozli paronixiya.
Òirnoq bolishida infiltrat, shish,
giðeremiya va tirnoq usti postlogining tushib ketishi bilan
kechadi. Bunda tirnoq xira, mort bolib qoladi, chetlari
qayrilib, gadir-budur, kondalang egatchalarga ega va turli
xil qalinlikda boladi; ornidan kochadi, tirnoq bilan et
orasiga yiring yigiladi; tirnoq bosilsa, atrofidan yiring
chiqadi.
Ogiz burchaklari kandidozi,
asosan, keksalarda uch-
raydi. Ogiz burchaklarida chuqur burmalar va matserat-
siya bolishi kandidozlar rivojlanishi uchun qulay sharoit
tugdiradi. Ogiz burchagidagi teri matseratsiyalangan,
nam va salga kochadigan oqish gard bilan qoplangan
bolib, u olib tashlansa eroziyalangan yuza kuzatiladi. Pa-
tologik jarayon simmetrik bolib, bazan u lablarning qizil
hoshiyasiga otishi mumkin; bemor ogzini ochganda
ogriydi. Kandidozli jarayonni streptokokkli eroziya, si-
filitik papula va shankrlardan farqlash kerak.
161
Do'stlaringiz bilan baham: |