146
Skvamoz epidermofitiya
tovonda, panjalar oraligidagi
burmalar terisining har yerida plastinkasimon post tashlab
turishi bilan ifodalanadi. Bu joylar terisi och rangda bolib,
yuzasi oqish kulrang postchalar bilan qoplanadi. Post
tashlab turadigan bu ochoqlar bazan
uzoq vaqt turib,
bemor hech narsa sezmasligi ham mumkin.
Lekin biror
nohush tasirot tufayli kasallik qoziydi, bunda teri qizaradi,
qichishadi va pufaklar paydo boladi.
Intertriginoz epidermofitiya.
Epidermofitiyaning bu
xilida 4- va 54 va 3-barmoqlar orasidagi terining post
tashlashi, pufak tolib shishishi, keyinchalik yorilishi ku-
zatiladi. Barmoqlarning bir-biriga tegib turadigan yuzalarida
pufakchalar paydo bolib, ular
yoriladi va shilinishlar
vujudga keladi, kopincha ular chetida kochgan epidermis-
ning osilib turgan jiyagi kozga tashlanadi.
Barmoqlar
orasidagi burmalardan zamburuglar
oyoq kafti terisiga
tarqaladi. Oyoq panjasi mikozining
intertriginoz shakli
kopincha piodermiya bilan asoratlanadi va limfa tugunlari
hamda limfa tomirlarining yalliglanishiga olib keladi.
Disgidrotik epidermofitiya.
Oyoq panjasining yon yuza-
sida, oyoq kafti gumbazi sohasida bir talay pufakcha va pufak-
lar paydo bolishi bilan ifodalanadi. Ular bazan yuza yoki
chuqur joylashadi. Kopgina mayda pufakchalar qoshilib katta
pufaklarni hosil qiladi. Pufaklar qobigi tarang, ichidagi su-
yuqlik esa tiniq yoki biroz xira boladi. Pufak va pufakchalar
paydo bolganda kopincha bemorning tinkasi qurib, harorati
kotariladi. Pufaklar yorilib
eroziyalar vujudga keladi, ular
chetida esa epidermis bolaklari korinib turadi. Bazi pufak-
chalar qurib, qoraqotir bilan qoplanadi va keyinchalik ular
ornida postlanish kuzatiladi. Òez orada yangi pufakchalar va
yangi eroziyalar hosil bolishi va pilchirash kuzatiladi. Bemorni
qichishish va ogriq bezovta qiladi. Disgidrotik epidermofitiya
kopincha piodermiya bilan asoratlanadi, oyoq panjasi terisida
pustulalar, shish va ogriq paydo bolib,
limfangit hamda
limfadenitlar avj oladi.
Kasallik uzoq davom etib,
tez-tez
qaytalanib turadi. Ayniqsa, u bahor va yoz oylarida qoziydi.
147
Ko‘pincha qo‘l panjasiga ham pufakchalar toshadi,
ba’zan badan va qo‘l-oyoqlar terisi po‘st tashlaydi va
pushti-qizil rangli dog‘lar va papulalar paydo bo‘ladi.
Bu toshmalar allergik xarakterga ega bo‘lib, ularda
zamburug‘lar bo‘lmaydi. Bu toshmalar
epidermofitidlar
deb ataladi va oyoq panjasidagi asosiy o‘choqlarda
yallig‘lanish qaytgandan so‘ng odatda yo‘qolib ketadi.
E p i d e r m o f i t i y a n i n g y u q i s h y o‘ l -
l a r i. Kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar hammomda,
suv havzalari, sport zallari va poyabzalda bo‘ladi. Asosan,
kasallikning kelib chiqishi shaxsiy gigiyena qoidalariga,
bemorning paypog‘i va oyoq kiyimi, organizmning indi-
vidual xususiyatlari, oyoq panjasining ko‘p terlashi, ter-
ning kimyoviy tarkibi, organizmning umumiy ahvoli, nerv
sistemasining funksional holatiga bog‘liq.
D a v o s i. Epidermofitiyaning skvamoz shaklini da-
volash uchun 2 % li yod eritmasi va terbinoks kremidan
foydalaniladi. Dastlab soda-sovunli iliq vanna qilinadi, keyin
5 %
Do'stlaringiz bilan baham: