Temirov Asror Akramjon o’g’li Oddiy superfosfat olishda kamerali usulini tadqiq qilish


Superfosfat ishlab chiqarish uchun qo’llaniladigan jihozlar



Download 452,32 Kb.
bet10/20
Sana14.04.2022
Hajmi452,32 Kb.
#549946
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
oddiy superfosfat olishda kamerali usulini tadqiq qilish. (8)

Superfosfat ishlab chiqarish uchun qo’llaniladigan jihozlar


Superfosfat tsexiga: fosfatli xom ashyo ombori va sulfat kislota saqlagich; fosfatni sulfat kislotali parchalash amalga oshiriladigan xizmat bo’linmasi (xuddi shu yerda ajraladigan ftorli gazlarni yuttirish ham amalga oshiriladi); superfosfat ombori, u yerda mahsulotni bir qancha muddat yetiltiriladi va pishitilgan mahsulot hosil qilinadi. Uzluksiz usulda superfosfat ishlab chiqarish sxemasi 5 – rasmda tasvirlangan.
Quritilgan mahsulot elevator 10 orqali elak 11 ga kelib tushadi, u yerda fraktsiyalarga ajratiladi. 4 mm dan yirik bo’laklar tegirmon 13 ga va maydalangandan so’ng, trans’ortyor 14 da yana elakka qaytariladi. 2-4 mm o’lchamli fraktsiya transportyor 12 yordamida tayyor mahsulot bunkerlari 15 ga, mayda fraktsiya esa (umumiy miqdorning 20-30% i) retur transportyori 9 yordamida superfosfatning donadorlashdan oldingi massasiga qo’shish uchun yuboriladi. Donadorlangan superfosfat tayyor mahsulot bunkerlaridan vagonlarga to’kish orqali yuklanadi yoki qo’larga joylanib, trasportyorlar yordamida va tikuv mashinasi 16 da qo’larning og’zi mahkamlanadi. Qo’langan superfosfat trans’ortyor 17 orqali vagonlarga yuklanadi.


  1. – rasm. Superfosfat ishlab chiqarish sxemasi:

1 – apatit kontsentrati uchun transportyor; 2 – bunker; 3 – shnekli ta’minlagich; 4 – cho’michli elevator; 5,9 – shneklar; 6 – ortiqcha apatit kontsentrati uchun qaytuvchi shnek; 7 – me’yorlashtirgich bunkeri; 8 – me’yorlashtirgich; 10 – aralashtirgich; 11 – o’lchovli me’yorlashtirgichni tekshirish uchun nazorat tarozisi; 12 – nazorat tarozisi uchun bunker; 13 – sulfat kislota uchun rezervuar; 14 – markazdan qochma kislotali nasos; 15 – kislota uchun bak; 16 – kislota aralashtirgich; 17 – suv uchun bak; 18 – minorali sulfat kislotani suyultirishda ajraladigan azot oksidlari uchun gaz ajratgich; 19 – kislota uchun kontsentratomer; 20 – tirqishli kislota sarflagich; 21 – superfosfat kamerasi; 22 – frezer; 23


– kamerali superfosfat transportyori; 24 – superfosfatni omborga tashlagich.

Zavodga keltirilgan apatit kontsentrati (yoki fosforit uni) temir yo’l vagonlaridan tushiriladi va turli xil tashish moslamalari – elektromexanik kuraklar, lentali tashish moslamalari, shneklar, elevatorlar va boshqa pnevmatik moslamalar vositasida xom ashyo ombori (silos) ga, undan esa sarflovchi bunkerga va so’ngra me’yorlashtirish bunkeriga uzatiladi. Siloslardagi materiallarning bir-biriga kirishib yo’ishib qolishini oldini olish maqsadida siloslar tagiga o’rnatilgan yoriqli plitkalar orqali qisilgan havo berib turilgan holda aeratsiya yuzaga keltiriladi. Fosfatning me’yoriy berilishi o’lchovli me’yorlashtirgich yordamida amalga oshiriladi. Elektromagnit tebratgichli va shnekli ta’minlagichli ikki bosqichli me’yorlashtirgichlardan foydalanish kam inertsiyaga va yuqori aniqlikka ega bo’lganligi uchun birmuncha afzaldir. Qoratog’ fosforit uni yuqori oquvchan xossaga egadir, shuning uchun uni me’yorlashtirish 40-45 sekunddagi kukun


miqdorini o’lchovchi elektron to’g’rilagich o’rnatilgan miqdoriy tarozilarda amalga oshirish afzaldir [12].

6 – rasm. To’rt kamerali aralashtirgich:


1 – kameralar; 2 – aralashtirgichlar; 3 – suspeziya yig’gich quti; 4 – kirish tuynugi; 5 - qopqoq; 6 – cho’yanli shiber; 7 – shiberni ko’tarish va tushirish uchun mexanik chig’ir trosi.
Sulfat kislota uluksiz ravishda suv bilan suyultiriladi; suyultirishni kislota zichligi bo’yicha kontsentratomer orqali nazorat qilinadi. So’ngra sarflagich orqali a’atit kontsentrati bilan aralashtirishga oqib tushadi.
Apatitni kislota bilan aralashtirish uchun uzluksiz ishlaydigan uch yoki to’rt kamerali vertikal aralashtirgichlar qo’llaniladi (6 – rasm). Suspenziya (bo’tqa) hajmi shiber (ishchi organi tekis shakldor plastinka) orqali tartibga solinadiki, bunda uning aralashtirilishi 5-7 min (Qoratog’ fosforiti bilan ishlanganda esa – 2-3 min) davom ettirilishi ta’minlanadi. Suspenziya aralashtirgichdan superfosfat kamerasiga oqib tushadi (7 – rasm). U po’lat g’ilofli va ichki qismi futirovka qilingan vertikal temir-betonli tsilindrik kor’us 1 dan iborat. Kamera 16 rolikli tirgakka tayantirilgan, ular vositasida kamera ostidagi mustahkam salg’niklar orqali o’tuvchi qo’zg’almaydigan cho’yan quvur 2 atrofida aylanadi. Aylantirish reduktor 4 orqali elektromotor 3 yordamida amalga oshiriladi; 1-2 soat mobaynida kamera bir marta aylanadi (aylanish yo’nalishi tasvirda strelka bilan ko’rsatilgan). Kameraning temir-betonli qo’qog’i 5 qo’zg’almasdir, kamera va qo’qoq orasida rezinali zichlashtirgich bor. Qo’qoqqa vertikal holatda markaziy quvurga tegib
turuvchi qo’zg’almas cho’yanli to’siq 6 mahkamlangan va u yuklash zonasini chiqarish zonasidan ajratib turadi. Shu to’siq atrofida, chiqarish zonasi tomonida frezer 7 joylashgan. Bu tik o’qda aylanuvchi ‘o’lat moslama («karusel’») ga xromli cho’yandan tayyorlangan pichoqli qanotlar mahkamlangan. Frezer kamera qo’qog’iga osilgan holatda bo’lib, kamera aylanishiga qarama-qarshi yo’nalishda 0,13-0,17 s-1 (8-10 ayl/min) chastotada aylanadi.
Suspenziya aralashtirgichdan qopqoqdagi teshik 8 dan o’tuvchi quvur orqali uzluksiz ravishda kameraga oqib tushadi. Kameraning aylanish jarayonida superfosfat massasi frezerga tomon yo’nalishida qattiqlashib boradi va tayyor mahsulot frezerda qirib olinadi. Frezerning bir marta aylanishi natijasida 5-25 mm qalinlikdagi superfosfat qatlami qirib olinadi. Qirilgan superfosfat markaziy quvurga undagi yirik tirqish orqali tushadi va undan esa mahsulotni omborga uzatuvchi transporterga tushadi.

7 – rasm. Uzluksiz ishlaydigan superfosfat kamerasi:


1 – kameraning tsilindrik korpusi; 2 – markaziy quvur; 3 – elektromotor; 4 – reduktor; 5 – kamera qopqog’i; 6 – to’siq; 7 – frezer; 8 – suspeziya tushish joyi; 9 – ekstsentrik.


Qo’zg’olmas markaziy quvur bo’yicha superfosfat massasining ishlqalanishi hisobiga yuzaga keladigan aylanish qarshiligini kamaytirish maqsadida kameraning yuklash zonasida markaziy quvurning tashqi devoriga yog’ochli ekstsentrik 9 joylashtirilgan. Uning vazifasi – yetiltirish jarayonida superfosfat massasining kengayishi uchun erkin hajm hosil qilishdir. Superfosfat massasining zichligi, dastlabki qotish jarayonida 1500 kg/m3 ga teng va vaqt o’tishi bilan
kamayib, kameradan chiqarish paytida 1100 kg/m3 ga teng bo’ladi. Tarkibida karbonat tutgan fosforitlarni qayta ishlashda superfosfat massasi g’ovak bo’lganligi uchun uning kamera devoriga bosimi kam bo’ladi, uning zichligi 800- 900 kg/m3 ni tashkil etadi. Reaktsiyada ajraladigan gazlar kamera qo’qog’idagi teshikdan vetilyatsiya quvuriga va undan esa absorbtsion sistemaga so’riladi.
Omborga uzatilgan superfosfat tashlab qo’yilgan holatda ma’lum darajada sovutiladi. Bu maqsadda uncha katta bo’lmagan (uzunligi 0,7-1 m, diametri 0,6-0,8 m) tez aylanuvchi (aylanish chastotasi 17-24 s-1 yoki 1000-1450 ayl/min) gorizontal baraban qo’llaniladi. Odatda ombor aralashtirgichlar va transportyor mexanizmlar bilan jihozlangan bo’ladi. Ular yordamida maqsulot sovutiladi, vaqti- vaqti bilan aralashtirib turiladi, uning yetilishi tezlashtiriladi, ombordan chiqarilishi ta’minlanadi.
Shularga qaramay, superfosfat omborda 2-3 hafta turib qoladi. Superfosfat ishlab chiqaruvchi yirik zavodlarda (1000-3000 t/sutka) katta hajmdagi omborlar talab etiladi. Buning natijasida ombordan chiqadigan katta hajmdagi havo tarkibidagi ftorli gazlarni tozalash kabi muhim ekologik muammolar kelib chiqadi. Shu maqsadda superfosfat ishlab chiqarishning omborli yetiltirish jarayonisiz amalga oshirish masalasi yuzaga keladi. Omborli yetiltirish jarayonisiz oddiy superfosfat olishning xuddi qopshaloq superfosfat ishlab chiqarishdagi kabi kamera-oqimli va oqimli usullari mavjuddir.
1 t kukunsimon superfosfat ishlab chiqarish uchun 0,53-0,55 t apatit kontsentrati va 0,37-0,38 t sulfat kislota (100% li) talab etiladi.
Donadorlangan va ammoniylangan superfosfatlar. Hozirgi vaqtda donadorlangan shakldagi superfosfat ham ishlab chiqarilmoqda. Quritilgan donador superfosfat yopishqoq emasligi, qotib qolmasligi, tarkibidagi P2O5 ning ko’pligi, namlikning ozligi va boshqa xossalari bo’yicha kukunsimon superfosfatdan farqlanadi. Uni xattoki urug’ bilan birgalikda ekish mumkin, buning natijasida o’g’it tuproqda bir tekisda taqsimlanadi va samaradorligi yaxshilanadi. Donachalarning tuproq eritmasida sekin erishi tufayli, undagi suvda
eruvchan P2O5 ning juda oz miqdorigina tuproqdagi temir va alyuminiy oksidlari bilan ta’sirlashib, qiyin eriydigan birikmalarga aylanadi. Natijada o’g’itdan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi, ya’ni o’g’itning foydali ta’sir koeffitsenti (FTK) ortadi.
Quritishda ftor birikmalari (2HF + SiF4 ning taxminan ekvivalent aralashmasi tarzida) uchib chiqadi. Superfosfat quritilishdan oldin qanchalik chuqur neytrallangan bo’lsa, ftorli birikmalarning ajralishi ham shunchalik kamayadi, chunki superfosfat suyuq fazasidagi erkin fosfat kislotasining kamayishi natijasida SiF4 ning partsial bosimi ham kamayadi. Odatda superfosfatda qolgan ftorning 10-17% i quritishda ajraladi; ftorning ajralish darajasi haroratning ko’tarilishi va quritish davomiyligining uzayishi bilan ortadi. Donadorlangan superfosfatdagi ftorning ulushi boshlang’ich superfosfatdagiga qaraganda 0,1- 0,15% ga kamayadi. Quritgichdan chiqadigan gazlar tsiklonli changtutgich orqali o’tib, absorberlarda tozalanadi va atmosferaga chiqariladi.
Absorberda hosil bo’ladigan eritma superfosfat changi bilan ifloslangan bo’ladi. Uni tozalash qiyinchilik tug’diradi. Shuning uchun eritma zararsizlantirishga (bo’r bilan neytrallashga) yuboriladi yoki uni granulyatorda superfosfat ni namlashga qaytariladi.

    1. Download 452,32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish