Laboratoriya ishini bajarish uchun ko’rsatmalar
Maxsus Proteus dasturiy ta’minoti va Arduino dastuiy muhiti bilan tanishish va o’rganish. 1.-rasmda keltirilgan vaqt parametrlarini o’rganish. Proteus dasturiy ta’minotida 2.-rasmni yig’ish. Dasturni yaratish va uni kontrollarga o’rnatish. Natijani oscilloscope yordamida tekshirish.
Hisobot tarkibi
Topshiriqqa binoan hisbotda quyidagilar keltirilishi kerak:
1.Kod shakllantirgich ishlashi haqida qisqacha ma’lumot.
2.Topshiriqqa binoan, mikroelektron sxemani yig’ish.
3.Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish.
4.O’rganilgan qurilmalarning ishlash algoritimlari.
5.Proteus dasturiy muhitida qurilmalarning ishlashi haqida ma’lumot.
Mikroprosessorli raqamli kodli deshifrator misolida bir kristalli mikro-EHM ishlash tamoyili va qurilmalarni o’rganish.
1. Ishdan maqsad. Raqamli kodli deshiftstor misolida ABCHK deshifratorini mikroprosessorli modelini ishlab chiqish va uni PROTEUS dasturiy muhitida sinovdan o’tkazish
2. Umumiy ma’lumotlar.
ДА turidagi deshifrator БС-ДА turidagi hisoblagich blok, БИ-ДА turidagi qo’shni rels zanjiri kodlaridan ishlashni himoyalovchi blok, БК-ДА turudagi kondensator blokidan iborat (5.2-rasm). Bloklar ta’minoti 220 V kuchlanishli kamaytiruvchi transformatordan uzatiluvchi 16 V kuchlanish va 50 Hz chastotali o’zgaruvchan tok manbasidan amalga oshiriladi.
БС-ДА hisoblagich blokida quyidagilar joylashtiriladi:
• signal kod davrida birinchi impuls qabul qilinishini aniqlovchi rele hisoblagich 1;
• КЖ kodidagi uzun interval va, Ж va З kodlardagi birinchi qisqa intervalni aniqolovchi, rele-hisoblagich;
• izolyatsiyalovchi tutashmalar qisqa tutashuvida qizil rang o’rniga svetoforda sariq rang yonishini oldini oluvchi, himoyalangan transmitter rele;
• ПТ rele bilan birga izolyatsiyalovchi tutashmalar tutashuvida sariq rang o’rniga yashil rang yonishi oldini oluvchi tordamchi В rele;
• 1 va 1A rele-hisoblagichlar va ПТ rele kontakt zanjirlarida uchqun konturlar hosil qiluvchi varistorlar;
• В va T relelar langarlari tushishi qo’shimcha sekinlashtiruvchi 1 releda C1 kondensator razryadini oldini oluvchi diodlar, 1 reledagi C3 kondensator razryadini oldini oluvchi diod, aylanma zanjirlarning oldini oluvchi diodlar;
R1, R2 rezistorlar C1 va C2 kondensatorlar tok razryadini cheklaydi, R3 kod davri uzun intervalida C1 kondensator razryadi zanjirini hosil qiladi, R4 rezistor Ж rele uzilgan holatida C1 kondensator tok razryadini cheklaydi, R5 rezistor З rele yakori tushish vaqti uzayishi uchun C3 kondensator tok razryadini cheklaydi. C1 kondensator kod impulsi paytida energiya yig’adi va Ж releni quvvatalantiradi va C2 kondensator zaryadlaydi, C2 kondensator, C1 kondensator o’chganida Ж rele chulg’amida razryadlanadi. С3 kondensator kod impulsi paytida energiya yig’adi va kod davri intervalida З releni quvvatlaydi. ВП to’g’irlagich deshifrator barcha relelari quvvatini o’zgarmas tok bilan taminlaydi.
5.1-rasm. БС-ДА, БК-ДА va БИ-ДА tiplaridagi deshifrator bloklaring elektr sxemasi
Ushbu deshifraor KPTSh-5 transmitterining vaqt parametrlariga mos holatda ishlaydi. KPTSH-5 transmitteridan shuni ko’rish mumkinki har bir kod implusli va intervalli qismlardan iborat. Masalan J kod 0.38s implus (tokli), 0.12s interval (toksiz) va yana 0.38s implusli, 072s interval qismlardan iborat. Ushbu ko’rsatgichlarni dasturga ko’chiramiz. Mikrosxemani Proteus dasturiy muhitida ko’rinishi 5.2-rasmda ko’rsatilgan. Proteuse kutibxonasidan qidiruv (search) qismi orqali quyidagi kerakli uskunalar tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |