Тема: мухандимтлик графикаси фанини ўҚитишда янги педагогик технологиялардан фойдаланиб ўҚитишнинг аҳамияти


Mavzuga oid qo`shimcha materiallarni to`plash uchun vazifalar



Download 2,37 Mb.
bet25/27
Sana01.07.2022
Hajmi2,37 Mb.
#727740
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Fizika – matematika fakulteti Mehnat ta’limi kafedrasi Mehnat ta

Mavzuga oid qo`shimcha materiallarni to`plash uchun vazifalar:

1.Bahs-munozarada qatnashish uchun barcha o`quvchilarga qo`shimcha ma`lumotlarga tayyorlanib kelish uchun mavzu va topshiriqlar beriladi;


2.O`quvchilarning bahs-munozaralarda qatnashishlarini faollashtirish uchun mavzu bo`yicha tarqatma materiallar tayyorlab kelishi uchun topshiriqlar tarqatib beriladi.
-Munozara uchun so`zga chiquvchi o`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob beradi.
3.Ma`ruzachi va munozarada ishtiroq etgan o`quvchilarni baholash ko`rsatkichlari va mezonlari:
-Ma`ruzachi va munozarada ishtiroq etgan o`quvchilarni baholash Nazorat turlari va shakllari bo`yicha ballar taqsimotida ko`rsatilgan oroliq nazoratdagi og`zaki so`rov uchun ajratilgan 10 ball hisobidan amalga oshiriladi va maksimal 5 ball qo`yiladi.
-Anjuman - ma`ruzadagi ma`ruzachi talabaga ma`ruzasi uchun 3 ball, ma`ruza matnini, toqdimot texnologiyalarini tayyorlab kelgani va undan foydalanganligi uchun 1 ball, savollarga to`liq javob berganligi uchun 1 ball beriladi.
-Munozarada ishtiroq etgan talabaga munozaradagi ma`ruzasi mavzuga mosligi, uning to`liq mazmunini qisqa va lo`nda yoritib berganligi uchun 2 ball, mavzu bo`yicha qo`shimcha materiallar tayyorlab kelgani uchun 1 ball beriladi.
-Savol javoblarda ishtiroq etgan talabalarga savollarga javob berishda ishtiroq etib, to`g`ri javob berganligi uchun 1 ball, baxs munozarani jonlantirish uchun mavzuga mos, dolzarb masalalar bo`yicha savol berganligi va uning javobini umumlashtirishdagi ishtiroqi uchun 1 ball beriladi
Texnik rasm-aksonometriya qoydalari bo`yicha nisbiy proportsiyalarni saqlagan holda ko`z Bilan chamalab, chizma asboblarisiz, qo`lda bajarilgan grafik tasvirdir. Undan buyumni izometrik yoki dimetrik proektsiyasini chizish uchun foydalaniladi.
Bunda ham xudi aksonometrik proektsiyalarni yasashdagi qoydalarga amal qilinadi., o`qlar hәm ushanday burchaklar ostida o`tkazaladi. O`lcham o`qlar bo`yicha yoki ularga parallel` yo`nalishda qo`yiladi. Texnik rasmlarni katak qag`ozg`a chizish qo`lay.
Texnikaviy rasm eskizini chizishda, umuman, izometrik proektsiya ancha qo`lay, qo`lda yumshoq qalam bilan chamalab izometrik proektsiya o`qlarini o`tkazish uchun qog`oz list markazidan gorizont (ufq) chizig`ini o`tkazamiz. Gorizont chizig`idan O markazini belgilab, izometriya o`qlari bo`lgan X,Y,Z ni katakchalar yordamida aniqlab 1200 ni hosil qilamiz buning uchun O markazidan ikala tomonga o`zaro teng 5 tadan, so`ngra pastga 3 tadan katak o`lchab, topilgan nuqtani O markazi bilan tutashtirsak, taxminan 300 li ikkita burchak hosil bo`ladi.
Texnikaviy rasmeskizini chizishda qo`yidagi qoidalarga amal qilish kerak:




  1. Texnik rasm chizishda aksonometrik proektsiya turlaridan birontasini tanlab olinadi (masalan to`rt burchakli izometrik proektsiya) va uning qoidalariga amal qilinadi.

  2. Texnikaviy rasm eskizini chizishda chizmachilik asboblari ishlatmasdan, narsaning proportsionalligi (bo`yini eniga to`g`ri, tengligi) ning nisbatini ko`z bilan chamalab chiziladi.

  3. Texnik rasm chizishda katakli qog`oz tanlab olinadi.

  4. Rasm maxsus standart flomatda bajarilib, ramka chizig`i va asosiy yozuvlari to`ldiriladi.

  5. Yozuvlarning hammasi standart shriflar Bilan yoziladi.

  6. Texnik rasm chiziqlariga etibor berish zarur. Asosiy tutash chiziq, boshqa chiziqlarga nisbatan ikki barobar yo`g`on bo`lishi shart.

Rasm elementlarining asosiy ajralmas qismi chiziq bo`lib, uning vazifasi turlichadir. Rasm chizishda qalamni bosmasdan, engil yurgiziladi. Chiziq shakl ko`rinishini aniqlaydi, (nisbiy tenglik) larini belgilaydi, alohida qismlarga ajratib, hajmini ifoda qiladi.
Har qanday narsa va deta luch o`lchamga-balandlik (Z), kenglik (X) va uzunlik (Y) ga egaligi va shakl deganda uning tashqi qiyofasini tushunamiz. Shuning uchun rasm chizishda shaklning qanday hajmga ega ekanligini sezish zarur. Oddiy shakllardan iborat narsalarning rasmini chizish bilan, odam o`zida fazoviy tasavvur qilish sezgisini o`stirib borishi zarur. Oddiy shakllardan iborat narsalarning hamma tamonlarini sinchiklab ko`rish kerak. Shundan keyingina uning rasmini tug`ri bajarish mumkin. Narsaning hajmi unga tushib turgan yorug`lik yordamida yaxshi aniqlanadi. Narsalarni idrok qilish va undan nusqa ko`chirib rasm yaratish yorug`lik va soya yordamida bajariladi.

Rasm Kursichani perspektiv ko`rinishi.

Kursichani izometrik proektsiyadagi texnik rasmi.


Texnik rasm chizishni nuqsonlarsiz amalga oshirish uchun shaffof tekislik orqasidan tasvirni kuzatish apparati yordamida chizish maqsadga muvofiqdir.
Bunda buyum proektsiyasini oynaga chizish tush yoki flomaster yordamida bajariladi. Shaffof tekislikka proektsiyalangan tasvir buyumning real-perspektiv tasvirini aniqlab beradi. Agar biz buyumni aksonometrik proektsiyalar tekisligiga parallel chiziqlar Bilan narsaning shaklini bajarsak, texnik rasm buyumni shaklini tasvirlashda yorug` soyalarga ham alohida e`tibor beriladi.
Buyum ustiga tushgan yorug`lik uning tashqi xarakteriga qarab har xil eng yorug`dan tim qoragacha bo`lishi mumkin. Yorug`lik manbaiga qarab narsadagi soyalar hәm turlicha bo`ladi. Agar narsa aylanish sirti (shar, konus, tsilindr va boshqa) dan iborat bo`lsa, u vaqtda yorug`likning buyum yuzasiga tik tushib turgan joyi uning yaltirog`i (blik) deyiladi

Rasm buyumning tabiiy ko`rinishi.


Yaltirog`ining qarama-qarshi tomoni, narsaning o`zini soyasi deb ataladi. Yorug`likning yaltirog`idan o`z soyasigacha bo`lgan masofa oralig`i, yarim soya deb yuritiladi. Narsaning o`z soyasi ustiga boshqa biror buyum yoki tagidagi tekislikdagi materiallardan qaytayotgan yorug`lik nurlarining aksi tushib tursa yoki boshqa narsa o`z ta`sirini o`tkazsa, buj oy refleks deyiladi. «Refleks» so`zi o`zbek tilida «nurning qaytishi» degan ma`noni anglatadi. Narsaning tagidagi tekislikka tushgan soyasi, tushuvchi soya deb ataladi.
Yorug`lik va soyalarni texnik rasmda to`g`ri tasvirlash uchun quyidagi pardozlash (soyalash) usullaridan foydalaniladi.

  1. TUSheVKA – bu usulda soya nuqtalar yordamida ifoda qilinadi (12-1-rasm)

  2. ShTRIXOVKA-bunda soyalar yo`nalish bo`yicha to`g`ri chiziqlar Bilan ajratiladi. Soyalash chiziqlari asosan sirt yasovchilariga parallel olinadi. Yassi shakllarda koordinata (X, Y, Z) o`qlariga paralllel shtrixlanishi mumkin (12-2-rasm).

  3. ShRAFIROVKA-usulida soyalash to`r shaklida bajariladi, ya`ni ikki tomonlama to`g`ri chiziqlar bilan shtrixlanadi. Aylanma sirtlarni sirt yuzasida yotuvchi ellipssimon chiziqlar yordamida soyalanadi (12-3).

  4. PARDOZLASh USULI-rasm soyasi qalam Bilan ishqalanib qoraytiriladi yoki tush, rangoi buyoq suyultirilib mo`yqalamda bo`yaladi (12-4-rasm).


Rasm Texnik rasmda pardozlash usuli.



Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish