I.BOB Yangi pedagogik texnologiya tushunchasi, uni yuzaga kelishi va ularni darslarda foydalanish
1.1.Yangi pedagogik texnologiya tushunchasi, uni yuzaga kelishi va qo`’llanilishi
o`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`gshrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`grisida”gi konunlari asosida mamlakatimizdagi ta`lim muassasalarida ta`lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash ishlari tobora avj olmokda. Jumladan ta`lim-tarbiya usullarini takomillashtirish, yangilarini izlab topish va ulardan samarali foydalanish masalalariga katta e`tibor karatilmokda. xozirgi kunda ta`lim-tarbiya jarayonida metodika iborasi bilan birga pedagogik texnologiya iborasi xam keng ko`llanilmokda. Albtta bu ibora (atama) larning o`xshash va farkli tomonlari mavjud. Ularning umumiy o`xshashalik tomoni shundaki, xar ikkala atama xam ta`lim-tarbiya berish ishlarini amalga oshirish jarayonini ifodalaydi. Shu bilan birga metodika deganda o`kuv jarayonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tavsiyalar yigindisi tushunilsa, pedagogik texnologiyaga o`kituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta`limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbiralar yigindisi, majmuasi sifatida karalmokda. Bundan ko`rinadiki, pedagogik texnololgiyaga metodikaning yangi, o`rgatuvchi bilan o`rganuvchining o`zaro birgalikdagi faoliyatiga asoslanagan sohasi sifatida qarash mumkin.
Umuman olganda “texnologiya” so`zi ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti bilan bogliq xolda fanda 1870 yillarda qo`llanila boshlanagan. “Texnologiya” – yunoncha so`z bo`lib, “techne” – mahorat, sa`anoat hamda “logos” – tushuncha, ta`limot so`zlarining birikmasidan hosil bo`lgan. “Texnologiya” atamasi dastlab ishlab chiqarish sohasida qo`llanilgan bo`lib, unga materiallarga, yarim tayyor maxsulotlarga ishlov berish, ularning tarkibini, xususiyatlarini, ko`rinishini, tayyorlanishini, qo`llanish sohasini o`zgartirish yo`llari haqidagi fan sifatida qaralgan.
Ta`lim sohasidagi ishlarni texnologiyalashtirish goyasi esa dastlab o`tgan asrning boshlarida AQSh va Garbiy evropada yuzaga kelgan bo`lib, bunga o`sha paytlardagi ta`lim tizimini isloh qilish, ta`lim samaradorligini va shaxsning ijtimoiy faolligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo`yicha olib borilgan harakatlar sabab bo`lgan. Bu goya 30-yillarda ta`lim jarayoniga texnika vositalarini olib kirish bilan “ta`lim texnikasi” yoki “ pedagogik texnika” atamasi bilan izohlanagan hamda “o`quv mashgulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko`maklashuvchi usul va vositalar yigindisi” tarzida talqin qilingan. Bunda ta`lim jarayoniga o`quv va laboratoriya jihozlarini olib kirish hamda ulardan unumli foydalanish, o`quv materialining mazmunini ko`rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi usullarni qo`llash ta`lim samaradorligini oshiradigan asosiy omillar deb xisoblanagan.
50-yillarga kelib esa ta`lim jarayonida texnik vositalarni qo`llashga yanada e`tibor kuchaydi, bunda texnik vositalarni qo`llash orqali ta`lim oluvchilarga ko`proq axborotlarni etkazishga, o`qitish ishlarini individuallashtirishga ahamiyat berildi. Natijada “ta`lim texnologiyasi”ning tashkiliy tomonlari va yo`nalishlari ma`lum darajada asoslandi, o`quv jarayonini “texnologiyalashtirish” ishlariga ayrim aniqliklar kiritildi.
60-yillarning boshida dasturlangan ta`limni yuzaga kelishi yoki ta`limni dasturlash asosida o`quv jarayonini tashkil etish sohasidagi ishlarning amalga oshirilishi “texnologiya” tushunchasining mohiyatini kengaytirdi.
Shunday qilib, 1970 yilgacha pedagogik texnologiyaga o`quv jarayonini texnik vositalar bilan amalga oshirish deb qarab kelindi. 1970 yilda yapon olimi T.Sakamoto: “O`qitish texnologiyasi – o`qitishning maxbulligini ta`minlovchi yo`l-yo`riqlar tizimi bilan bogliq bilimlar sohasi”, - deb ta`rifladi. Bu haqda rus tadqiqotchilaridan N.F.Talizina: “Pedagogik texologiyaning mohiyati – belgilanagan o`quv maxsadiga erishishning oxilona usullarini aniqlashdan iborat”; I.Ya.Lerner: “Pedagogik texnologiya – o`quvchilar xarakatlarida aks etgan o`qitish natijalari orqali ishonchli, anglab olinadigan va aniqlanadigan maxsadni ifodalashni taxozo etadi”; V.P.Bespal`ko esa “Pedagogik texnologiya – o`qituvchi maxoratiga bogliq bo`lmagan xolda pedagogik muvaffakiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyixasidir” , - degan fikrlarni bildirganlar. Bunday misollar ko`p. Ulardan yana ayrimlarini keltiramiz. Jumladan, pedagogik texnologiyaning moxiyati xaqida I.P.Pidkasistiy: “Avvaldan berilgan tavsifga ko`ra asoslangan didaktik jarayonlarning joylashtirilishi bo`yicha ishlab chiqilgan maxbul tizim va tamoyillar moxiyatini belgilovchi ilmiy tadqiqot va didaktikaning muayyan yo`nalishi”; V.A.Selastyonin: “Pedagogik xarakat muvaffakiyatini kafolatlash maxsadida ishlab chiqilgan qat`iy ilmiy loyixa”; B.T.Lixachyov: “O`qitish (ta`lim) jarayonining shakl, metod, usul, yo`l hamda tarbiyaviy vositalarining maxsus yig`indisi va joylashuvini belgilab beruvchi psixologik tartiblar majmui, tashkiliy-uslubiy vositalari”; M.V.Klarin: “Pedagogik maxsadlarga erishish yo`lida foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning tizimli yigindisi va ularning amal qilish tartibi”; A.Kushnir: “Muayyan vaziyatlarda pedagogik masalalarni echishning optimal usuli”; V.V.Yudin: “Aniq natijani qo`lga kiritishga yo`naltirilgan aniq faoliyat”; I.P.Volkov: “Kutilayotgan natijaga erishish jarayonining tavsifi” kabi fikrlarni bildirganlar. Xalkaro YuNeSKO tashkiloti tomonidan esa pedagogik texnologiya tushunchasiga kuyidagicha ta`rif berilgan: “Ta`lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko`zlagan o`qitish va boshqalarni o`zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi xarakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va aniqlashning izchil metodi”.
Mustaqillik yillarida respublikamizda ta`lim sohasida katta o`zgarishlar yuz berdi. Jumladan, “Ta`lim to`grisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`grisida”gi qonunlar asosida Davlat ta`lim standartlari, tayanch o`quv dasturlari, ko`plab darslik va boshqa qo`llanmalar yaratildi hamda yaratilmoqda. Respublikamizdagi bir qator tadqiqotchi-pedagog olimlar tomonidan o`quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish masalalari ham atroflicha o`rganib kelinmoqda. Xususan, pedagogik texnologiyalarning moxiyatini respublikamizdagi pedagog-olimlardan B.L.Farberman: “Ta`lim jarayoniga nisbatan o`ziga xos yondashuv; ijtimoiy-muxandislik tafakkurining pedagogik ifodasi, texnokratik ongning pedagogikaga ko`chirilgan tasviri, ta`lim jarayonining muayyan standarti”; N.Saidaxmedov: “O`qituvchining o`qitish (tarbiya) vositalari yordamida o`quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta`sir ko`rsatish hamda mazkur faoliyatning maxsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni”; U.N.Nishonaliev: “Didaktik maxsad, talab etilgan o`zlashtirish darajasiga erishish, ta`lim jarayonini avvaldan loyixalashtirish” – deb ifodalashga xarakat qilganlar.
Yukoridagilardan ko`rinadiki, turli tadqiqotchilar tomonidan pedagogik texnologiya tushunchasi turlicha ta`riflangan bo`lsa ham ularning pirovard ma`nosi bitta, ya`ni bugungi kunda pedagogik texnologiya tushunchasi o`quvchi(o`rganuvchi)larga ta`lim berish, ularni tarbiyalashda qo`llaniladigan, ta`lim jarayonida ularning bilish faoliyatini faollashtiradigan usul va vositalar majmui hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilovchi tizim sifatida namoyon bo`lmoqda. Yana ham soddaroq kilib aytadigan bo`lsak, yangi pedagogik texnologiya qanday qilib, qanday usullar bilan o`qitilsa natija yaxshi bo`ladi, degan savolga javob beradi. Yangi pedagogik texnolgiyalarning asosida o`qituvchining o`quvchilar bilan o`zaro hamkorligi va harakati yotadi. Sinf (gurux)da psixologik birlik vaziyatini yaratish, har bir o`quvchi (o`rganuvchi)ning o`z shaxsini, o`z imkoniyatlarini namoyon etishini ta`minlash, ular bilan muloxot qilishning o`ziga xos yondashuv yo`llarini topish, ularning tashabbuskorligini boshqarish o`qituvchining kasbiy mahoratiga bogliq. O`qituvchi har bir o`quvchining qalbiga etib borishi uchun o`zining didaktik usullarini, tashkiliy shakllarini to`gri yo`lga sola olishi kerak. Natijada darsda o`quvchilarning faoliyatini faollashtirishga nafaxat o`qituvchi, balki o`quvchilaring o`zlari ham xissa qo`sha oladilar. Bunda avval a`lochi o`quvchilar, keyin boshqa o`quvchilar o`qituvchining topshirikini qanday bajarganliklarini aytib, qolgan o`quvchilarni ham faollikka undaydilar. Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta`lim jarayonini rejalashtirish bilan birga uni tashxis qilish, natijalarni taxlil qilish va ularga tuzatish kiritish imkoniyatlari mavjud. Bunda ta`limdan kutilgan natijaga erishiladi, bu esa pedagogik texnologiyaning samaradorligi demakdir.
Shuni aloxida qayd etish kerakki, keyingi paytda respublikamizda ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo`yicha jiddiy ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmoqda. Natijada bu sohada bir qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlandi, monografiya va boshqa qo`llanmalar yuzaga keldi. Bularga, jumladan, O.Rozikov va bosh. “Ta`lim texnologiyasi” (-T., “O`kituvchi”, 1999), M.Ochilovning “Yangi pedagogik texnologiyalar” (-karshi, “Nasaf”, 2000), J.Tolipova va A.Gofurovning “Biologiya ta`limi texnologiyalari” (-T., “O`kituvchi”, 2002), N.Saidaxmedovning “Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot. –T., “Moliya”, 2003), J.Yo`ldoshev va S.Usmonovning “Pedagogik texnologiya asoslari” (-T., “O`qituvchi”, 2004), O`.Tolipov va M.Usmonboevaning “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari” (-T., “Fan”, 2006) kabi qo`llanmalari; O`.Tolipov va M.Usmonboevaning “Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot” nomli monografiyasi (-T., “Fan”, 2005) va boshqa shu kabi adabiyotlarni kiritish mumkin.
Mazkur soxada amalga oshirilayotgan ayrim ishlar respublikamizdagi ko`pgina ta`lim muassasalarida o`tkazib kelinayotgan anjumanlarda xam muxokama etilib, pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy masalalariga e`tibor karatilmokda. Shuningdek, respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan jurnal va gazetalarda ham bu sohada olib borilayotgan ishlar keng yoritib kelinmoqda.
Pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha respublikamizda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan, muayyan tajribalar to`planagan bo`lsa-da, bu sohada ayrim muammolar ham mavjud. Eng avvalo shuni ta`kidalash zarurki, pedagogik texnologiya tushunchasi va undan foydalanish goyasi hali barcha ta`lim beruvchilarning ma`naviy mulkiga aylanib ulgurgani yo`q. Shundan kelib chiqib, xususiy fanlarni o`qitish ishlari jarayonida pedagogik texnologiyalardan sust foydalanilmoqda, pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha to`plangan umumiy tajribalar xususiy fanlarni o`qitish jarayoninga sekinlik bilan joriy etilmoqda. Tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqish ishlari ham juda sekinlik bilan bormoqda.
Hozirgi ta`lim jarayonida kom`yuter texnikasidan foydalanib, darslarda slaydlar, virtual ma`ruzalar, mul`timedialar namoyish etilmoqda. Bu esa o`z navbatida bunday ekran qo`llanmalarini yaratishga va ulardan foydalanishga nisbatan qo`yiladigan uslubiy, tashkiliy, sanitariya-gigiena qoidalarini, talablarini ishlab chiqishni hamda amalga joriy etishni talab qilmoqda. Bundan tashqari xozir o`qitish ishlarida “Zamonaviy texnologiya”, “Yangi pedagogik texnologiya”, “Pedagogik texnologiya”, “O`qitish texnologiyasi”, “Ta`lim texnologiyasi”, “Noan`anaviy usul” kabi atamalar keng qo`llanilmoqda. Xususiy xollarda bu atamalar o`ziga xos ayrim ma`nolarni bildiradi. Masalan, “Pedagogik texnologiya” – umumiy nomni bildirsa, “Ta`lim texnologiyasi” – uning ilmiy yo`nalishini, “O`qitish texnologiyasi” esa amaliy yo`nalishini ifodalaydi. qolganlari esa xosilaviy atamalardir. Mazkur atamalarni umumlashtirib, ta`lim (o`qitish) ning faol (yoki faollashtirilgan) usullari deb aytish mumkin. Chunki mazkur atama va nomlar qanday aytilishidan qat`iy nazar, ularning zamirida o`quvchilarga bilim berish, ularni tarbiyalash ishlarini faollashtirish masalasi yotadi.
O`ylaymizki, mazkur muammolarni ijobiy hal qilish ta`lim-tarbiya ishlarining kelgusidagi samaradorligini oshirishga, demakki, barkamol avlod va etuk mutaxassislarni tarbiyalashdagi muxim omillardan bo`lib xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |