1.2. Kirish darslarida qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar
Kirish darslari odatda o`quv yili yoki choraklar boshida, yangi fan yoki uning bo`limlarini o`rganishga kirishishda o`tkaziladi. Moxiyatiga ko`ra bunday darslarda o`quvchilarga fan (yoki bo`lim) xaqida dastlabki ma`lumotlar beriladi, umumiy tushunchalar, tasavvur xosil qilinadi. Shu sababli bunday darslarni iloji boricha qiziqarli, o`quvchilarning e`tiborini tortadigan qilib o`tkazish maxsadga muvofixdir. Ayniqsa, birinchi mashqulotga tegishli kirish darsini o`tkazishga katta e`tibor qaratish zarur. Chunki o`quvchilar chinashilik darsi bilan muxandislik grafikasiga kirib keladilar. Shu sababli ularning qiziqishi boshqacha bo`ladi. Bu darsda, avvalo, o`quvchilarga chizmashilik ustaxonasida oldingi o`quvchilar tomonidan bajarilgan, tayyorlangan ish namunalarini ko`rsatish yaxshi natijalar beradi. Yangi o`quvchilar ham shunday ishlarni bajarishlari mumkinligini bilib sevinadilar, oldingi o`quvchilarga o`xshagilari keladi.
Kirish darslari odatda o`qituvchi tomonidan xikoya, namoyish yoki illyustratsiya usullarini qo`llagan xolda olib boriladi. Ora-orada suxbat usulini qo`llash ham yaxshi natija beradi. Chunki bunda mavzuga oid o`quv materiallarini o`quvchilar tomonidan qanday o`zlashtirib borilayotganligi ham nazorat qilinadi, ham ularning o`zlashtirishlaridagi noaniqliklar tuzatiladi, kamchiliklar to`ldiriladi. Shuningdek mazkur darslarning saviyasini hamda o`quvchilarning dars (fan)ga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish maxsadida ta`limning faol usullarini ham qo`llash mumkin. Bunday usullarga kichik ma`ruzalar, anjuman darsi, munozara darsi, interv`yu va boshka shu kabi usullarni kiritish mumkin.
Kichik ma`ruzalar usulini qo`llash uchun o`qituvchi ayrim o`quvchilarga bir necha mavzu bo`yicha 3-5 minutlik ma`ruzalar tayyorlab kelishni topshiradi. Tayyorlangan ma`ruzalar darsda o`qib beriladi. O`qituvchi ularni umumlashtirib, darsning asosiy g’oyasi va maqsadini o`quvchilarga tushuntiradi hamda darsni yakunlaydi. Dars oxirida savol-javoblar o`tkaziladi.
Anjuman darsini tashkil etish va o`tkazish uchun o`qituvchi o`quvchilarga mavzuga oid ayrim o`quv materiallari bo`yicha ma`lumotlar yig’ib kelishni va ularni darsda aytib berish vazifasini topshiradi. Bunda o`quvchilar o`zlari mustaxil holda tayyorlab kelgan ma`lumotlarini ularga mos keluvchi kasb egalari nomidan bayon etadilar.
Munozara darslarini tashkil etish uchun o`qituvchi mavzuga mos keluvchi o`quv materiallari yuzasidan qiziqarli, muammoli savollar tuzadi. Bunday savollarga beriladigan javoblar o`quvchilar uchun mavxum bo`lmasligi va ular tomonidan oldin yaxshi o`zlaashtirib olingan bo`lmasligi kerak.
Interv`yu darsini o`tkazish ham o`quvchilarda qiziqish uygotishi mumkin. Bunda bir o`quvchi muxbir, qolgan o`quvchilar esa taniqli kishilar timsolida chiqib, muxbir savollariga javob beradilar: o`zlari aks ettirayotgan soxalarda olib borilayotgan ishlar, erishilagan yutuqlar, oldinda turgan muammolar haqida gapirib beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |