2-modda
Maxfiy axborot
Maxfiy axborot bo‘lib hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasida:
tarqatilishi harbiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, tashqi iqtisodiy, tashqi siyosiy, razvedka, kontrrazvedka, tezkor qidiruv faoliyati va umum qabul qilingan xalqaro huquq normalariga zid bo‘lmagan boshqa sohalardagi faoliyatni samarali amalga oshirish maqsadida davlat tomonidan cheklangan, davlat, xizmat va harbiy sirlarni o‘z ichiga oluvchi, davlat himoyasida bo‘lgan ma’lumotlar.
Maxfiy axborotning tegishli ruxsatsiz tarqatilishi oqibatida O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga yoki milliy manfaatlariga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararga qarab quyida o‘rnatilgan tartibda maxfiylik ustxati belgilangan:
“O‘ta muhim” — tarqatilishi tufayli O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga bir yoki bir necha sanab o‘tilgan sohalarda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka va tezkor qidiruv faoliyati sohalariga taalluqli ma’lumotlarga;
“Mutlaqo maxfiy” — tarqatilishi tufayli O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga, davlat organi manfaatlariga yoki O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmog‘iga bir yoki bir necha sanab o‘tilgan sohalarda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka va tezkor qidiruv faoliyati sohalariga taalluqli ma’lumotlarga;
“Maxfiy” — tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining manfaatlariga bir yoki bir necha sanab o‘tilgan sohalarda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka yoki tezkor qidiruv faoliyati sohalariga taalluqli ma’lumotlarga.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq “O‘ta muhim”, “Mutlaqo maxfiy” va “Maxfiy” kabi ustxat bilan belgilangan axborot davlat maxfiy hujjatlariga taalluqlidir.
Qozog‘iston Respublikasida:
tarqatilishi harbiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, tashqi iqtisodiy, tashqi siyosiy, razvedka, kontrrazvedka, tezkor qidiruv faoliyati va umum qabul qilingan xalqaro huquq normalariga qarshi chiqmaydigan boshqa sohalardagi faoliyatni samarali amalga oshirish maqsadida davlat tomonidan cheklanadi, davlat va xizmat sirlarini o‘z ichiga oluvchi, davlat himoyasida bo‘lgan ma’lumotlar.
Maxfiy axborotning tegishli ruxsatsiz tarqatilishi natijasida Qozog‘iston Respublikasi milliy xavfsizligiga yoki davlat organlari va tashkilotlari manfaatiga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning darajasidan kelib chiqqan holda maxfiy axborot tarqatuvchilariga quyida o‘rnatilgan tartibda maxfiylik ustxati belgilangan:
“O‘ta muhim” — tarqatilishi tufayli Qozog‘iston Respublikasi milliy xavfsizligiga bir yoki bir necha sanab o‘tilgan sohalarda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka va tezkor qidiruv faoliyati sohalaridagi ma’lumotlarga;
“Mutlaqo maxfiy” — tarqatilishi tufayli Qozog‘iston Respublikasi milliy xavfsizligiga, davlat organi manfaatlariga yoki mamlakat iqtisodiyoti tarmog‘iga bir yoki bir necha sanab o‘tilgan sohalarda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka va tezkor qidiruv faoliyati sohalaridagi ma’lumotlarga;
“Maxfiy” — e’lon qilinishi yoki yo‘qolishi davlat organlari va tashkilotlarining harbiy, tashqi siyosiy, iqtisodiy, fan va texnikaviy, razvedka, kontrrazvedka yoki tezkor qidiruv sohalaridagi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, davlat siri tarkibiga kiritilgan, alohida axborot xarakteriga ega boshqa ma’lumotlarga.
“O‘ta muhim” va “Mutlaqo maxfiy” ustxatiga ega bo‘lgan axborot davlat siri, “Maxfiy” ustxatiga ega bo‘lgan axborot xizmat siri hisoblanadi. Qozog‘iston Respublikasining qonunlariga muvofiq davlat va xizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar davlat maxfiy hujjatlariga taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |