O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
“TELEKOMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VA KASBIY TA’LIM”
FAKULTETI
AXBOROT XAVFSIZLIGI YO’NALISHI
Kiberhuquq va kiberetika fanidan
Amaliy ishi №1
307-AX guruh
Bajardi:Karsibekov.A
O’qituvchi : Vafayev M.A
Samarqand 2022
Mavzu: Axborotni maxfiylik darajasiga qarab toifalash.
Reja:
1. Maxfiy axborotni o’zaro himoya qilish.
2. Axborot xavfsizligini ta’minlah uchun dasturiy ta’minot.
3. Axborot va axborot tizimlarini ta’minlash.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
Axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro standartlar haqida.
MAXFIY AXBOROTNI O‘ZARO HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida siyosiy, harbiy, iqtisodiy, fan va texnika yoki boshqa sohadagi hamkorlik doirasida almashinadigan maxfiy axborotni, shuningdek bunday hamkorlik jarayonida paydo bo‘lgan axborotni himoya qilish istagidan kelib chiqadi,
Tomonlar davlatlari milliy qonunlariga muvofiq maxfiy axborotni himoya qilishni ta’minlashda o‘z davlatlari o‘zaro manfaatlarini, shuningdek Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Hukumatlari o‘rtasida davlatlararo sirlarni saqlashni o‘zaro ta’minlash to‘g‘risida 1993-yil 22-yanvarda tuzilgan Bitimni amalga oshirishda o‘zaro manfaatdorlikni hisobga olib,
quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar;
1-modda
Atamalarni aniqlash
Ushbu Bitimda foydalaniladigan atamalar quyidagi ma’noni anglatadi:
“maxfiy axborot” — ruxsatsiz tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi xavfsizligiga va/yoki manfaatlariga zarar yetkazadigan, Tomonlar davlatlari milliy qonunlariga muvofiq himoya qilinadigan, ushbu Bitimda o‘rnatilgan tartibda berilgan hamda Tomonlarning hamkorligi jarayonida tashkil topgan barcha turdagi ma’lumotlar;
“maxfiy axborot tarqatuvchi” — moddiy obyektlar, shu jumladan jismoniy maydonda belgi, shakl, signal, texnik yechim va jarayonlar ko‘rinishida aks etadigan maxfiy axborot;
“maxfiylik ustxati” — tarqatuvchidagi ma’lumotning maxfiylik darajasidan dalolat beruvchi, maxfiy axborot tarqatuvchisida yozib qo‘yiladigan va (yoki) unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan rekvizitlar;
“maxfiy axborotdan foydalanish” — jismoniy shaxsning maxfiy axborotdan foydalanish huquqini rasmiylashtirish tartibi, vakolatli organning esa bunday axborotdan foydalangan holda ishlarni olib borishi;
“maxfiy axborotga kirish” — maxfiy axborot va uning qo‘llanishini va undan foydalanishga huquqi bo‘lgan jismoniy shaxsga tanishtiruv jarayoni;
“shartnoma” — Tomonlar vakolatli organlari o‘rtasida tuziladigan, maxfiy axborot berilishi va/yoki hosil qilinishi nazarda tutilishini o‘z ichiga olgan shartnoma yoki kontrakt;
“vakolatli organ” — Tomonlarning hamkorligi jarayonida hosil bo‘lgan va/yoki yuboriluvchi maxfiy axborotlarni berish, qabul qilish, saqlash, himoya qilish va foydalanishda Tomonlar tarafidan vakolatlangan davlat organi yoki tashkilot;
“muvofiqlashtiruvchi organ” — Tomonlarning ushbu Bitimni tatbiq etish faoliyatini muvofiqlashtirishga javobgar davlat organlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |