FARG’ONA VILOYATI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI YURIDIK TEXNIKUM O’QUVCHILARINING TANISHTIRUV VA MALAKAVIY AMALIYOTNI O’TASH JARAYONI
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 09.01.2019-yildagi 3116-son qaroriga muvofiq yuridik texnikum o’quvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni o’tash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq farg’ona viloyati yuridik texnikumi talabalari tomonidan turli xil davlat xizmat organlarida o’zlarining tegishli tartibdagi amaliyot davrini o’tab kelishmoqda. Shuningdek, nizomda belgilangan tartibda amaliyot rahbarlari tomonidan ularning nazoratlari muntazam ravishda yuritilmoqda. Farg’ona viloyat yuridik texnikum talabalari yuqorida aytilganidek turli xil tashkilotalar masalan, adliya boshqarmalari, prokratura huzuridagi MIB organlari, sud organlari va boshqa tashkilotlarda o’zlarining kelajak mutahasisligi bo’yicha tegishli ko’nikmalarini oshirishmnoqda.
Amaliyot o’tash bosqichlari uchga bo’linadi: tayyorlov, asosiy, amaliyot bo’yicha imtihon.
Tayyorlov bosqichida o'quv rejaga asosan amaliyot o'tashning birinchi kunida yuridik texnikum va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbarlari tomonidan yig'ilish o'tkaziladi. Yig'ilishda o'quvchilar amaliyotni o'tash dasturi bilan tanishadi, uning maqsad va vazifalariga taalluqli ko'rsatmalar, ularni bajarish bo'yicha qo'llanmalarni oladi, amaliyot o'tash va amaliyot o'tash to'g'risida hisobot tuzish tartibi haqida xabardor qilinadi.
Amaliyotni o'tashning boshida o'quvchilar qabul qiluvchi tashkilotning tuzilishi, faoliyat yo'nalishlari, o'ziga xosligi bilan tanishadi hamda yuridik texnikum va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda amaliyotni o'tash dasturini bajarish reja-jadvalini tuzadi.
Amaliyot o'tashning asosiy bosqichida o'quvchi bevosita qabul qiluvchi tashkilotda amaliyotni o'tash dasturini bajarish reja-jadvalida ko'rsatib o'tilgan ishni bajaradi.
Amaliyot bo'yicha imtihon amaliyotning yakuniy bosqichi hisoblanib, unda o'quvchilar tomonidan amaliyotni o'tash jarayonida bajarilgan ishlarning natijalari tahlil qilinadi va baholanadi. Amaliyot bo'yicha imtihon yuridik texnikum vakillari orasidan tuzilgan komissiya tomonidan yuridik texnikumda, qoida tariqasida, yozma ravishda o'tkaziladi.
Fargʻona viloyati yuridik texnikumining 1-bosqich oʻquvchilari joriy yilning 6-iyun kunidan tanishtiruv amaliyotiga yuborildi. Fargʻona viloyati yuridik texnikumining huquqini muhofaza qiluvchi organlar hamda korxona, muassasa va tashkilotlar bilan tuzilgan memorandumlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Fargʻona viloyati boshqarmasi bilan amaliyotning umumiy tartib-qoidalari haqida seminar-mashgʻuloti oʻtkazildi. Shu bilan birgalikda oʻquvchilarning amaliyot oʻtashi mumkin boʻlgan boshqa sohalari bilan masofaviy tartibda tushuntirish ishlari olib
borildi.
MIB organlari bilan bir qatorda boshqa davlat organlar bilan ham tadbirlar, seminarlar uyushtirilib turulmoqda va bunday tashkiliy ishlar kelajakda albatta o’z samarasini beradi. Amaliyot jarayonlari qizg’in tashkil etilayotgan davlat organlaridan biri bu Farg’ona viloyati Adliya boshqarmasiga tegishli organlar ya’ni davlat xizmatlari markazi, FHDYO organlari va notariuslar. Ularning amaliyot jarayonlarining qanchalik qizg’inligini quyidagi foto lavhalardan ham ko’rishimiz mumkin.
Va shu bilan birga bir narsaga e’tibor qaratishimiz kerak birinchi o’rinda shunday sharoitlarni yaratib, kelajak avlod uchun tub o’zgarishlarva islohotlar qilayotgan prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevga va Farg’ona yuridik texnikum yoshlarini o’z yordami bilan beminat ta’minlab, ularning harqanday kamchiliklarini bartaraf etishdan chindildan ko’mak berayotgan texnikum direkto’ri Mahbuba Toshmatovaga va qolgan texnikum ma’muriyatiga texnikum amaliyotchi yoshlaridan kottakon tashakkurlar aytiladi. Kelgusida biz yoshlar albatta ustozlarimizdan olgan bilimlarimizni amaliyotda qo’llab, xalqimizga, fuqarolarga oqilona, adolatli tarzda xizmat qilishga vada beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |