5-modda
Maxfiy axborotni berish
1. Bir Tomonning muvofiqlashtiruvchi organi boshqa Tomonning muvofiqlashtiruvchi organidan boshqa Tomon vakolatli organining maxfiy axborotdan foydalanishi uchun tegishli ruxsatga, hamda uning yetarli darajadagi himoyasini tashkil etishda kerakli imkoniyatga ega ekanligi haqida yozma tasdiqni so‘raydi.
2. Maxfiy axborotni berish to‘g‘risidagi qarorni Tomonlar, har bir alohida holatda, har bir Tomon milliy qonunlariga muvofiq qabul qiladilar.
3. Maxfiy axborotning bir davlatdan boshqa davlatga berilishi diplomatik kanallar, feldyeger xizmati yoki harbiy-kuryerlik xizmati orqali, hamda Tomonlar davlatlari milliy qonunlari va Tomonlar a’zo bo‘lgan xalqaro shartnomalari asosida ishlatishga ruxsat etilgan, axborotni kriptografik himoya qiluvchi aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Tegishli vakolatli organ maxfiy axborot olinganligini tasdiqlaydi.
Ushbu Bitimda ta’kidlab o‘tilgan maxfiy axborot bilan almashishda kriptografik va texnikaviy vositalardan foydalanishning aniq shartlari va tartibi vakolatli organlar tomonidan o‘zaro aniqlanadi.
4. Katta hajmga ega bo‘lgan maxfiy axborot tarqatuvchilarini berishda tegishli vakolatli organlar har bir alohida holat yuzasidan ushbu Bitimga asosan tashish yo‘li, yo‘nalishi va kuzatib borish shaklini belgilaydilar.
Tomonlarning vakolatli organlari bunday tashish amalga oshirilishi haqidagi har bir holat to‘g‘risida o‘zaro tegishli axborotlar bilan almashadilar.
6-modda
Maxfiy axborotdan foydalanish
1. Berilgan maxfiy axborot, uni qabul qilib olishga javobgar bo‘lgan vakolatli organ tomonidan qo‘shimcha tarzda, ushbu Bitimning 3-moddasiga muvofiq taqqoslanuvchi maxfiylik ustxati bilan belgilanadi.
Maxfiylik ustxatini qo‘yish majburiyati, tarjima, nusxa ko‘chirish va ko‘paytirish natijasida, Tomonlar hamkorligi jarayonida hosil bo‘lgan maxfiy axborotga tarqaladi.
Berilgan maxfiy axborot asosida hosil bo‘lgan maxfiy axborotga, berilgan maxfiy axborotning maxfiylik ustxatida belgilangan darajadan past bo‘lmagan darajada maxfiylik ustxati qo‘yiladi.
2. Tomonlarning hamkorligi jarayonida hosil bo‘lgan va/yoki berilgan maxfiy axborot Tomonning o‘z maxfiy axborotlariga qo‘yiluvchi talablar asosida hisobga olinadi va saqlanadi.
3. Maxfiy axborotning darajasi maxfiy axborotning egasi bo‘lgan davlatning milliy qonunlarida belgilangan tartibda o‘zgartiriladi yoki olib tashlanadi.
Maxfiy axborotning maxfiylik ustxati o‘zgartirilganligi yoki olib tashlanganligi haqida, uni bergan Tomonning vakolatli organi boshqa Tomonning tegishli vakolatli organiga xabar beradi.
Bir Tomonning vakolatli organi bunday xabarni olganidan so‘ng 30 kun ichida, boshqa Tomonning vakolatli organidan olingan ko‘rsatmalarga muvofiq, maxfiy axborot tarqatuvchisidagi maxfiylik ustxatiga o‘zgartirishlarni kiritish bo‘yicha choralarni ko‘radi.
Tomonlarning hamkorligi jarayonida tashkil topgan maxfiy axborotning maxfiylik darajasi Tomonlar vakolatli organlarining o‘zaro ahdlashuviga muvofiq belgilanadi, o‘zgartiriladi yoki olib tashlanadi.
4. Maxfiy axborot tarqatuvchilari ularni yetkazib bergan Tomon vakolatli organining yozma ravishdagi xabarnomasi asosida qaytariladi yoki yo‘q qilinadi.
Maxfiy axborot va uni tarqatuvchilarining ko‘paytirilishi ushbu maxfiy axborotni bergan Tomon vakolatli organining yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Maxfiy axborotning yo‘q qilinishi rasmiylashtiriladi, yo‘q qilish jarayonining o‘zi esa uni qayta tiklanmasligiga kafolat berishi kerak.
Maxfiy axborot tarqatuvchilarining qaytarilganligi yoki yo‘q qilinganligi to‘g‘risida ularni yetkazib bergan Tomon vakolatli organi yozma xabardor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |