Investitsion faoliyatni rivojlantirishning shart- sharoitlari
Asosiy rejalar:
1
- Investitsiya siyosati va investitsiya faoliyati
2
- Xo’jalik yurutuvchi subyektlarning investitsiya faoliyatini tashkil etishi va investitsiya faolligini ta’minlash vazifalari
3
- Investitsiya siyosati:uning mazmuni,roli,asosiy yo’nalishlari va amalga oshirish bosqichlari
Investitsiya – (nemischa “investition”, lotincha “investio”) so’zlaridan olingan bo’lib, asosan ishlab chiqarishga uzoq muddatli qo’yilmalar sarfi, ya’ni xarajatlar yig’indisi deb talqin etiladi. Investitsiya – foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali fodalanib, cheklanmagan ehtiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga ma’lum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir.
Investitsion siyosat bu – mamlakat iqtisodiyotiga chet-el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilashdan iboratdir. - Investitsion siyosat bu – mamlakat iqtisodiyotiga chet-el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilashdan iboratdir.
- O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay sharoit yaratish, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizimini barpo etish, mana shu asosida mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi.
O’zbekistonda investitsion faoliyatlarni tartibga solishning yaratilgan qonuniy asoslari quyidagilar:
O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonuni
O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi Qonun
O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi Qonun
Qonun O’zbekistonda tadbirkorlikni faoliyat ko’rsatishning va rivojlantirishning huquqiy asoslari hamda tadbirkorlarning iqtisodiy va huquqiy erkinliklarini kafolatlashni aniqlab berdi. Shuningdek, ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Bu qonun tadbirkorlarning boshqa korxonalar, tashkilotlar va davlat boshqaruvi organlari bilan o’zaro munosabatlarini tartibga soladi va mulkchilik shakllarini erkin tanlashni, xo’jalik yuritishni, faoliyatni teng huquqli asosda amalga oshirishni, o’zaro hamkorlik va erkin raqobatni ta’minlashni o’z ichiga oladigan shartlarning shakllanishiga yordam beradi.
O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonuni.
Qonun Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblarini belgilab beradi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining mulklarini, mulkchilikning qanday shaklida bo’lishidan qat’iy nazar, manfaatlarini va huquqlarini xalqaro huquqning qabul qilingan umumiy me’yorlariga muvofiq ravishda himoya qilishni ta’minlaydi. Bu qonun O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga uyg’unlashishi uchun huquqiy asosni yaratadi. O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi Qonuni. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga va uning xorijiy investitsiyalar oqimini rag’batlantirish yo’li bilan jahon xo’jalik tizimiga uyg’unlashuviga ko’maklashishdan, shuningdek, xorijiy moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa zaxiralarni, zamonaviy texnologiyalarni va boshqaruv tajribalarini jalb qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yishdan iborat. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga va uning xorijiy investitsiyalar oqimini rag’batlantirish yo’li bilan jahon xo’jalik tizimiga uyg’unlashuviga ko’maklashishdan, shuningdek, xorijiy moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa zaxiralarni, zamonaviy texnologiyalarni va boshqaruv tajribalarini jalb qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yishdan iborat. O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi Qonuni .
Investitsiya faoliyatini yo’lga qo’yishda har bir mulk egasi, birinchi navbatda o’z manfaatini ko’zlab yagona maqsadga, ya’ni foyda olish va samaraga erishishni rejalashtiradi. Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi ishbilarmonlikni, tadbirkorlikni mohiyatini chuqur anglagan holda ish yuritishi lozim. Investitsiya faoliyati bilan shug’ullanuvchi mulk egasi tez o’zgaruvchan bozor iqtisodiyoti va uning ko’pqirrali munosabatlarini har tomonlama anglay bilishi lozim. Investitsiya faoliyatini yuritishda iqtisodiy axborotga tayangan soha bir butun iqtisodiyot va mamlakat miqyosida marketing bililariga ega bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Chunki barqarorlashmagan iqtisodiyotda investor pul muomalasi, moliya kredit va banklar, soliq siyosati mohiyatini chuqur bilmay turib, investitsiya faoliyatini tashkil etish tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lib, qisqa davr ichidagi inqirozga uchrashi mumkin.
Bozor munosabatlari rivojlangan yetuk jamiyatda investitsiya faoliyati quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi.
Qo’shma korxona ko’rinishida mahalliy va chet el fuqarolari, huquqiy shaxslar va davlatlar tomonidan
Fuqarolar, davlatga qarashli bo’lmagan korxonalar, xo’jalik assotsiatsiyalari, jamoa va o’rtoqlik xo’jaliklari hamda jamoa mulkchiligi asosida tashkil etilgan tashkilotlar, nodavlat korxonalari va muassasalari tomonidan
Chet el fuqarolari, xususiy firmalar, assotsiatsiyalar, kompaniyalar va huquqiy shaxslari hamda boshqa xorijiy davlatlar va halqaro moliya – kredit muassasalari tomonidan
Davlatni ma’muriy va boshqaruv bo’linmalari, tashkilotlari hamda davlat korxonalari va muassasalari tomonidan
Davlat investitsiya siyosati - bu iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o’tish, ustivor investitsion loyihalarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig’indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko’proq ustivorlik kichik biznes sub’ektlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzishga qaratiladi. Davlat investitsiya siyosati mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.
Davlat investitsiya siyosatining ustivor yo’nalishlari deb quyidagilar hisoblanadi
Investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish
Investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish
Investitsiyalar, ular harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo’yicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilik-huquqiy bazasini takomillashtirish
O’zbekistonda Davlat investitsiya siyosati rivojlanishi quyidagi IV bosqichni o’z ichiga oladi.
1991-1994 yillar
1995-2003 yillar
2003- 2008 yillar
2008 y. - hozirgi davr.
1-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi
Xususiy mulkchilikni joriy etish tadbirlari olib borildi
Turli mulkchilik shakllarini yaratish borasidagi investitsion jarayon nomarkazlashtirish tadbirlar amlga oshirila boshlandi
Xususiy moliyalashtirish manbalariga ega bo’lmagan ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi ob’ektlarni byudjetdan moliyalashtirish saqlab qolindi
2-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi
Qonunchilik bazasi yaratildi, konkurs asosida loyihalarni moliyalashtirishga o’tildi
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari amalga oshirila boshlandi
Investitsion loyihalarni amalga oshirishda turli moliyalashtirish manbalari qo’llanila boshlandi
3-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi
Valyuta munosabatlari va operatsiyalari liberalizatsiyalashtirilildi, korxonalarning texnik qurollantirilishi kuchaytirilildi
Xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish va ular manfaatlarini himoyalash bo’yicha muhim hujjatlar qabul qilinindi
Eksportga mo’ljallangan va import o’rnini qoplovchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihalarni moliyalashtirishga ustivorlik berilildi
4-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va rejalashtirilgan
Inqirozga qarshi choralar qo’llanilmoqda, banklarning investitsion faolligi kuchaytirilmoqda
-
Investitsiya faoliyatlari takomillashti-rilmoqda.
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilmoqda, valyuta bilan bog’liq ishlar muvofiqlashtirilmoqda
Foydalanilgan adabiyotlar. - . O‘zbekiston Respublikasi Prеzidеntining 2005-yil 11-apreldagi “Chet el xususiy investitsiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilishni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Fаrmоni.
- D.Tojiboyeva ,,Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent ,, Iqtisod moliya’’ 2005
- www.kun.uz
- www.ziyonet.uz
- www.arxiv.uz
E’tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |