BMI ning maqsadi: “Axborot-ta'lim texnologiyalarini izohli lug'ati”ni multimediali elektron ko'rinishini ishlab chiqish
BMI ning vazifalari: Axborot texnologiyalarinikundan kunga rivojlanib borishi yangidan yangi atamalarni qisqartma so'zlarni paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Izohli lug'atni yaratishdan maqsad mana shu atamalar va qisqartma so'zlarni ta'riflab, izohini keltirishdir. Bu izohli lug'at foydalanuvchilarni bilimlarini boyitishga xizmat qiladi.
BMI ning dolzarbliligi: O'zbek tili Davlat tili maqomida jamiyatimiz hayotida keng qo'llanilmoqda. Kundan kunga rivojlanayotgan zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari sohasiga oid kengayib borayotgan so'z boyligining o'zbek tilidagi izohiga katta ehtiyoj mavjuddir. Ushbu munosabat bilan axborot va kommunikasiya texnologiyalari sohasiga tegishli atamalardan va foydalanish, “Axborot-ta'lim texnologiyalarini izohli lug'ati”ni elektron varianti foydalanish uchun qulay bo'lib, barcha uchun mo'ljallanganligidadir. Yuqorida keltirib o'tilgan kompyuterning dasturiy va apparat ta'minotlarini izohi va ularga tushunchalar berish uchun yaratilgan izohli lug'at mavzuni dolzarbliligini ifodalaydi.
Lug'at, asosan axborot-kommunikasiya texnologiyalari fanini o'rganayotgan oliy o'quv yurti bakalavrlari va magistrlariga mo'ljallangan. Undan, shuningdek, axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo'nalishi fanlarini o'rganayotgan maktab, akademik liseylar va kollejlarning o'quvchilari, shu fandan dars berayotgan o'qituvchilar hamda tadbirkorlar va oila sohiblari ham foydalanishlari mumkin.
1.1. O'quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga qo'yiladigan talablar, ularning shakllari va turlari
Hozirgi davrda yosh avlodni eng yuqori saviyada tayyorlashni ta'minlash uchun milliy sifatli bo'lgan o'quv adabiyoti zamonaviy avlodini yaratish va nashr etish davlat ahamiyatiga ega bo'lgan masaladir. Sifatli o'quv adabiyoti nafaqat o'rganuvchilarning qiziqishini oshiradi balki etarlicha tayyorgarlikka ega bo'lmagan o'qituvchilarning kamchiliklarini ham bartaraf qiladi. Boshqacha aytganda hatto ta'lim oluvchilarni sifatli darslik bilan o'qitayotgan oddiy o'qituvchi ham yaxshi o'qituvchiga aylanishi mumkin. Ya'ni, yaxshi o'qish ham, samarali o'zlashtirish ham o'quv adabiyoti bilan chambarchas bog'liqdir.
O'quv adabiyotlarida respublikada olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, demokratik o'zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizasiyalash hamda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, huquqiy va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalari qamrab olinishi lozim. Shu bilan birga soha bo'yicha fan, texnika va texnologiyaning so'nggi yutuqlari, ilg'or xalqaro tajriba va taraqqiyot tendensiyalari hisobga olinishi shart.
O'quv adabiyotlarini yaratishda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida respublikada joriy etilgan uzluksiz ta'lim tizimining ta'lim turlari (o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, bakalavriat va magistratura) o'rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash, fanlarda mavzular izchilligiga, oddiydan murakkabga, xususiydan umumiylikka o'tib borishga hamda mavzularning takrorlanmasligiga alohida e'tibor qaratilishi lozim. Shuningdek, yaratiladigan o'quv adabiyotlarining mazmuni ta'lim olish, yangi bilimlarni o'quv adabiyotlaridan mustaqil izlab topish ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofiq uzluksiz ta'lim tizimi-da o'quv adabiyotlari ta'lim turlari uchun tasdiqlangan davlat ta'lim stan-dartlari (yoki davlat talablari) va fanlar bo'yicha uzviy bog'langan o'quv das-turlari asosida tayyorlanadi. Bunda muayyan fanning o'quv adabiyotlari mazkur ta'lim turida o'qitiladigan boshqa fanlar bilan bog'liqlikligini va boshqa ta'lim turlarida ushbu fanning o'quv dasturlaridagi uzviylikni ta'minlashi lozim. O'quv adabiyotlar belgilangan tartibda har tomonlama ekspertizadan o'tkaziladi.
Har bir ta'lim turi uchun yaratilayotgan o'quv adabiyotlariga psixolo-gik-pedagogik, uslubiy-didaktik, sanitariya-gigienik va boshqa talablar alohida belgilab qo'yiladi.
Uzluksiz ta'lim tizimining barcha turlarida fundamental bilimlar bo'yicha o'quv adabiyotlari asosan an'anaviy bosma shaklda tayyorlanadi.
Elektron o'quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengay-tirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo'shimcha ma'lumotlar bilan ta'minlashga mo'ljallangan bo'lib, ko'proq chuqurlashtirib o'qitiladigan fanlar bo'yicha yaratiladi. Uzluksiz ta'lim ti-zimida fan va texnologiyalarning rivojlanishi sari mazmuni tez o'zgaruvchan, chuqurlashtirib o'qitiladigan, kasbiy va maxsus fanlar bo'yicha asosan kam adadli elektron o'quv adabiyotlari tayyorlanadi.
O'quv adabiyotlarning mazmuni bilim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashti-rib borish, mustaqil ta'lim olish, yangi bilimlarni o'quv adabiyotlardan iz-lab topish ko'nikmalarini hosil kilishni ta'minlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |