1.3. Elektron darsliklar tayyorlashda ob‘yektlarning ahamiyati va ulardan foydalanish
Hozirgi kunda elektron darsliklar tayyorlashda ob'yektlardan foydalanish elektron darsliklarni tayyorlash tezligini oshiradi.Ob'yektlar sifatida matnlar, grafiklar, rasmlar, tovushlar, filmlar, turli tugmalar, maxsus nishonlar, turli shablonlar ishlatiladi.Ushbu ob'yektlar turli yordamchi vositalar yordamida tayyorlanadi hamda alohida mahsulot sifatida maxsus joylarda (papkalarda) saqlanadi. Darslikda ulardan foydalayotganda ularning nomini, yo‘lini va tipini o‘zgatirish mumkin emas.Ob'yektlar oldindan darsliklarda ishlatilgan bo‘lsa, ularni boshqa vositalar yordamida tahrirlash darslik materiallarining o‘zgarib ketishiga olib keladi.Ushbu mavzuda biz yuqorida sanab o‘tgan ob'yektlar ustida qisman bo‘lsada, to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Matnlar. Office majmuining Power Point dasturida matnlar bilan ishlashda "Надпись" uskunasidan keng foydalaniladi. Bu uskuna "Рисование" panelida joylashgan. Bu uskuna odatda matn fragmentlarini sahifalarga joylashtirishda ishlatiladi.Bu uskuna sahifaga o‘rnatilishi uchun sichqoncha ko‘rsatkichi shu uskunaning ustiga olib kelinadi va ko‘rsatkich barmoq turgan sichqoncha tugmachasi bir marta bosiladi, keyin sichqoncha ko‘rsatkichi matn fragmenti qo‘yilishi kerak bo‘lgan joyga olib boriladi. Bu vaqtda "Надпись" uskunasining faollashganiga e'tibor qilinadi.Endi sichqonchadagi nomsiz barmoq turgan tugmachani bosgan holda, sichqoncha ko ‘rsatkichining o‘rni mos ravishda o‘zgartiriladi va sichqoncha tugmasi qo‘yib yuboriladi.
Bundan tashqari "Надпись" matnining holati, o‘rni, rangi, fon rangi, chiziqlar qalinligi, chiziqlar turi, chiziqlar rangi mos ravishda tegishli amallarni bajargan holda o‘zgartirilishi mumkin.
Grafika. Grafika ob'yektlari sifatida Power Point dasturining "Рисование" paneli turli grafik elementlariga boy. Masalan, tayyor holdagi geometrik figuralar shular jumlasidandir.Ularni sahifalarga joylashtirish "Надпись" uskunasi o‘rnatishda bajarilgan amallardan foydalaniladi. " Рисование" panelida "Word Art" uskunasi ham mavjud. Ushbu uskuna turli xildagi grafik jilolarni o‘zida akslantiradigan grafik matnlarni tayyorlash maqsadida ishlatiladi.Ushbu uskuna foydalanuvchiga tayyor holdagi grafik formani tanlab, istagan matnni shu formada hosil qilish imkonini beradi.Bundan tashqari "Рисование" panelida grafik ob'yektlarni tahrirlash imkonini beradigan boshqa uskunalar ham mavjud. Grafik elementlar bilan ishlashda ularning joylashish tartibi (masalan, grafik yozuv surat oldidan, yoki orqa tomonidan tushishi mumkin), yo‘nalishi,optik xususiyati kabi xossalarni ham qayta ishlash mumkin.Grafik ob'yektlar sifatida diagrammalardan foydalaniladi.
Rasmlar. Rasmlarni tayyorlash ularni skanerdan o‘tkazish amalidan boshlanadi. Masalan, tegishli rasmni ehtiyotlik bilan skanerdan o‘tkaziladi va alohida fayl sifatida maxsus joyda saqlanadi (rasmning qayerda saqlash kerakligi foydalanuvchining ixtiyoriga havola). Rasmlarni saqlashda ularni istagan nom bilan atash mumkin, lekin ularning tipini standart holida tanlashga harakat qilish kerak.Rasm tayyor bo‘lgach,ularni o‘ziga xos tarzda maxsus dasturlar yordamida qayta ishlashga kirishiladi. Masalan, ularni fotografiya nuqtai nazardan korreksiyalash, ulardan maxsus fragmentlarni ajratib olish, ulardagi ba'zi fragmentlarni qirqib tashlash, fotomontaj qilish shular jumlasidandir
Do'stlaringiz bilan baham: |