texnologiyalarining shiddatli rivojlanishiga qaramasdan, ekspertlar ularni ishga
lisenziyalash kerak bo‟ladi, chunki 3G texnologiyalarida signalni uzatish va qabul
qilish uchun 5MGs polosalar yetarli bo‟lsa, LTE va WiMAX texnologiyalaridagi
tezlik afzalliklariga erishish uchun kamida ikki marta keng polosalar talab qilinadi.
Ikkinchidan, shu narsa ko‟zda tutilmoqdaki, to‟rtinchi avlod tarmoqlarini
tarmoqlaridagi xarajatlarga nisabatan ancha katta bo‟ladi. Bu hol asosan shunday
tushuntiriladiki, hozirgi kunda foydalanilayotgan tranzit (magistral) kanallar
cheklangan o‟tkazish qobilyatiga ega (1,5–2 Mbit/s), ya‟ni qo‟shimcha bu
2010 yilning oktabrida ХТI rasmiy ravishda LTE-Advanced standartini IMT-Advanced, ya‟ni 4G texnologiyasi
30
Yana bir muammo shundaki, ko‟plab investorlar ehtiyotkorlik qilishmoqda:
o‟z vaqtida ko‟pchilik 3G tarmoqlarining imkoniyatlarini ortiqcha baholanishida
“kuyib qolishib” bugungi kunda 4G loyihalaridan kerakli iqtisodiy daromad
qaytarilishiga ko‟pam ishonishmayapti.
Bundan tashqari, bozorda haligacha 4G abonent qurilmalarining yetarli
taklifi yo‟q. Bu terminallar juda katta energiya iste‟mol qiladigan bo‟ladi va
zamonaviy akkumulyatorlarda uzoq ishlay olmaydi (hozir shunday muammolar,
hatto 3G terminallarida ham mavjud). Ya‟ni yangi sifatli akkumlyatorlar
yaratilishi kerak bo‟ladi. Shuningdek Internetga tezkor ulanish va har xil
videoxizmatlar hozirgi terminallardagiga nisbatan o‟lcham bo‟yicha katta va
sifatliroq displeylarni talab qiladi.
Bundan tashqari, mutaxassislar 4G xizmatlari yaqin yillarda abonentlar
orasida ommaviy bo‟lishga ishonmay turibdilar. Misol uchun hattoki Yevropada,
hozirda 3G birinchi tarmoqlari ishga tushirilganiga 5-6 yildan oshgan bo‟lsa ham,
bu xizmatlar o‟z imkoniyatlarining yarim darajasida ishlatilmoqda. (Tahlilchilar
buni uchinchi avlod aloqa xizmatlariga o‟rnatilgan oshirilgan tariflar bilan
bog‟lashmoqda). Demak, 4G ning muvaffaqiyatida muhim rolni operatorlarning
narx siyosati o‟ynaydi. Haqiqatan ham, foydalanuvchilarning hammasi ham yuqori
tezlikdagi Internetga mobil ulanish va shu bilan bog‟liq xizmatlardan manfaatdor
emas - ko‟pchilikka oddiy tovushli aloqa kerak xolos. Shu bois, bir necha
ekspertlar taxmin qilganidek, 3G muammolarini hisobga olgan xolda, to‟rtinchi
avlod texnologiyalarini telekommunikasiya xizmatlari bozoriga ta‟siri, faqat 2015-
2020 yillarga kelib ahamiyatli bo‟ladi, deyish o‟rinlidir. Binobarin, ba‟zi bir
operatorlar uchinchi avlod tarmoqlarini joriy etishdan umuman voz kechmoqchi
emaslar. Ba‟zi bir ishlab chiqaruvchilar esa turli sharoitlarda foydalanuvchining
o‟zi tanlay oladigan ulanish usuli imkoniyatini beradigan 4G doirasidagi mobil va
simsiz keng polosali tarmoqlarning “chatishmasini” yaratishni taklif qilmoqdalar.