tarmoqlariga (masalan, Internetga), shuningdek Wi-Fi (uning yangi standartlari) va
WiMAX (nazariy jihatdan bu standartda tezlik 1 Gbit/sdan ortishi mumkin)
tarmoqlariga simsiz keng polosali ulanish texnologiyalaridir. Taqqoslansa, hozirda
ma‟lumotlarni uzatish tezligi atigi 384 kbit/s ni tashkil etadi. Asosan Yevropa,
AQSh va Osiyoning bir necha mamlakatlaridagi (Yaponiya, Tayvan, Singapur)
To‟rtinchi avlod tizimlarini avvalgilardan, (3G) bosh farqi shundaki, bu
vaxolanki 3G tizimlari o‟zida ham nutq, ham paket trafigini uzatish protokollarini
birlashtirgan edi. XTI 4G tizimlarini uzatuvchi va qabul qiluvchi orasida ma‟lumot
almashish tezligini to‟liq harakat sharoitida 100Mbit/sgacha, cheklangan harakat
sharoitida esa (uzatuvchi yoki qabul qiluvchi tarafidan) 1Gbit/sgacha erishishga
imkon beradigan simsiz aloqa texnologiyalari deb aniqlaydi. 4G da ma‟lumotlarni
uzatish IPv6 (IP protokolini 6–versiyasi) protokoli asosida amalga oshiriladi va bu
tarmoqlarning o‟zaro ishlashini, ayniqsa, agar ular turli texnologiyalarga mansub
26
bo‟lganda sezilarli ravishda osonlashtiradi. Yuqorida ko‟rsatilgan ma‟lumot
uzatish tezliklarini ta‟minlash uchun istiqbolda yuqori 40 va 60 GGs
diapazonlardagi chasatotalardan foydalanish ko‟zda tutiladi. Ammo yaqin
kelajakda 4G tarmoqlari 10GGs dan pastki diapazonni “o‟zlashtiradi”. 4G uchun
qabul qilish/uzatish jihozlari yaratuvchilari radiointerfeys darajasida raqamli
radioeshittirishda sinalgan chastotalarni ortogonal ravishda ajratish yo‟li bilan
multiplekslash
-
OFDM
texnologiyasini
qo‟llashdi.
Signallarni
manipulyasiyalashning bunday uslubi o‟zaro halaqitlarsiz va buzilishlarsiz
ma‟lumotlarni sezilarli darajada “siqish” (ham chastota, ham vaqt jihatdan)
imkoniyatini beradi. Bunda chastotalar ortogonollikka rioya qilingan holda bo‟lib
chiqiladi: ya‟ni har bir tashuvchi to‟lqinning amplituda maksimumi qo‟shni
tashuvchilarning amplituda noliga (yoki minimumiga) teng bo‟ladi. Bu bilan
ularning o‟zaro ta‟siri (kanallararo interferensiya) yuzaga kelmaydi, shuningdek,
chastota spektri samaraliroq ishlatiladi, chunki interferensiyaga qarshi himoya
polosalari kerak bo‟lmaydi. Signalni uzatish uchun fazani surish modulyasiyasi
(PSK va uning turli ko‟rinishlari) qo‟llaniladi. Bunda aloqaning yuqori
ishonchliligi ta‟minlanadi. Yoki kanalning o‟tkazish qobiliyatidan maksimal
foydalanishga imkon beradigan va zamonaviyroq bo‟lgan kvadratura -
amplitudaviy modulyasiya (QAM) qo‟llaniladi. Aniq modulyasiya turi talab
qilinadigan tezlik va qabul qilish sharoitlariga bog‟liq ravishda tarmoq tomonidan
dinamik holda tanlanadi. Uzatishda signal ma‟lum sonli parallel oqimlarga
bo‟linadi va qabul qilishda, bu oqimlar teskari ravishda bitta signalga yig‟iladi.
O‟ta yuqori chastotalarda ishonchli uzatish va qabul qilish uchun 4G
tarmoqlarida adaptiv antennalar tizimlari (AAT) xamda ko‟plab qabul qilish va
ko‟plab uzatish (MIMO) texnologiyasidan foydalanish rejalashtirilmoqda. Garchi
shahar sharoitida AAT tizimlariga signalni to‟g‟ri yo‟nalishni aniqlashga
signalning so‟nishi (signal tarqalishida vujudga keladigan buzilishlar) halaqit
bersada, bu еrda OFDMning yana bir afzalligi – so‟nishlarga va “ko‟pnurlilikka”
nisbatan barqarorligi qutqaradi. OFDM texnologiyasi bazaviy stansiya (BS) va
27
abonent uskunasi (AU) orasida to‟g‟ri ko‟rinish
bo‟lmagan sharoitlarda ham yaxshi
ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: