Telegram kanalida bepul tarqatdi


-§. ANTUAN DE SENT-EKZYUPERI



Download 1,87 Mb.
bet40/73
Sana09.04.2022
Hajmi1,87 Mb.
#539981
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
5-adabiyot 1500 test GOLDEN BOOKS

20-§. ANTUAN DE SENT-EKZYUPERI


«KICHKINA SHAHZODA»
(Darslikda 65–90 betlar)

1. Ekzyuperining qaysi asari Fransiya Akademiyasi tomonidan eng yaxshi roman uchun Gran Pri mukofotiga sazovor bo‘lgan?


A) «Erkaklar zamini»# B) «Tungi parvoz»
C) «Janub chopari» D) «Kichkina shahzoda»

2. Sent-Ekzyuperining ilk yirik asari qaysi?


A) «Erkaklar zamini» B) «Uchuvchi»
C) «Janub chopari» # D) «Kichkina shahzoda»

3. Antuan de Sent-Ekzyuperining novellasi qaysi?


A) «Harbiy uchuvchi»# B) «Tungi parvoz»
C) «Janub chopari» D) «Erkaklar zamini»

4. Ekzyuperining «Kichkina shahzoda» asari qaysi janrda yozilgan?


A) falsafiy qissa B) fantastik hikoya
C) falsafiy ertak # D) sarguzasht roman

5. «Kichkina shahzoda» asarida bolaga kattalar ilonlarning ichki-yu tashqi ko‘rinishini chizish o‘rniga nimani maslahat berishadi?


A) pul topadigan boshqa kasb tanlashni,
B) jug‘rofiya, tarix, arifmetika va husnixatni ko‘proq o‘rganishni #
C) uchuvchilikni o‘rganishni
D) A va B

6. «Kichkina shahzoda» asarida g‘aroyib bolakay Yerga kelgunga qadar o‘rgangan sayyoralarda kimlar yashardi?


1) yakka-yolg‘iz qirol; 2) shuhratparast bir kimsa;
3) bekat nazoratchisi; 4) korchalon;
5) xonadan chiqmay yostiqday-yostiqday kitoblar yozadigan chol;
6) tinimsiz fonus chiroq yoqish bilan band chiroqbon; 7) piyonista.
A) 1, 2, 3, 6, 7 B) 1, 3, 4, 5, 7
C) 1, 2, 4, 5, 6, 7 # D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7

7. «Kichkina shahzoda» asarida g‘aroyib bolakay uchuvchi amakiga bir-biridan qiziq savollar berishdan, xuddi katta odamlardek u bilan tortishishdan charchamasdi, bu jihati bilan u qaysi kinorejissor filmi qahramonini esga soladi?


A) Matyoqub Orziyevning «Sehrli qalpoqcha» filmi
B) Zulfiqor Musoqovning «Abdullajon» filmi#
C) Shuhrat Abbosovning «Shum bola» filmi
D) Ozod Shamsiyevning «Shum bola» filmi

8. «Kichkina shahzoda» asarida bolakay har tongni qanday yumush bilan boshlaydi?


A) o‘zini himoya qilmoqqa to‘rttagina arzimas tikanidan boshqa narsasi yo‘q bo‘lgan feruza gulini himoya qilish maqsadida yopib qo‘ygan shishasini ochish bilan
B) sodda, zaif va nochor feruza guliga suv quyish bilan
C) qo‘ng‘iroq tovushda muhabbat haqida qo‘shiq kuylash bilan
D) endigina urug‘dan chiqqan baobab ko‘chatlarini yulib, o‘z sayyorasini tozalash bilan#

9. «Kichkina shahzoda» asarida Kichkina shahzoda Yerda qaysi mavjudotlar bilan muloqotda bo‘ladi?


A) ilon, tulki, gul, kimyogar, chiroqbon
B) ilon, tulki, gul, bekat nazoratchisi, savdogar#
C) ilon, gul, bekat nazoratchisi, savdogar, chiroqbon
D) ilon, tulki, bekat nazoratchisi, kimyogar

10. «Kichkina shahzoda» asarida shaxzoda har tong yulib tashlagan baobab urug‘i nimaning timsoli?


A) boylik B) ezgulik C) yovuzlik# D) tinchlik

11. «Kichkina shahzoda» asarida qaysi qahramondan tashqari deyarli barcha obrazlar ramziy xarakterga ega?


A) uchuvchi# B) sportchi C) ilon D) savdogar

12. «Kichkina shahzoda» asarida ramziy xarakterga ega bo‘lgan 325, 326, 327 va boshqa raqamlar bilan belgilangan asteroidlar aslida nima?


A) odamlarga xos bo‘lgan yovuzliklar
B) xavfli kasallikka mubtalo bo‘lgan insonlar
C) odamlarga xos bo‘lgan fazilat va nuqsonlar#
D) odamlarga xos bo‘lgan ezguliklar

13. «Kichkina shahzoda» asarida Kichkina shahzoda nimaning ramzi?


A) muhabbat B) go‘zallik C) ezgulik# D) poklik

14. «Kichkina shahzoda» asarida sevgi-muhabbat ramzi nima?


A) feruza guli # B) baobab daraxti
C) asteroid D) uchuvchi
15. Antuan de Sent-Ekzyuperi hamda Kichkina shahzoda haykali qaysi shaharda qurilgan?
A) Parijda B) Arizonada C) Lionda# D) Londonda

16. «Kichkina shahzoda» asarida bola uchuvchi bo‘lgach, jug‘rofiya qo‘l kelib Xitoyni qayerdan aniq farqlay oladigan bo‘lganini aytadi?


A) Hindistondan B) Yaponiyadan
C) Koliforniya shtatidan D) Arizona shtatidan#

17. «Kichkina shahzoda» asarida uchuvchi chizgan qo‘zichoq dastlab nima uchun Kichkina shahzodaga yoqmaydi?


A) qo‘chqor bo‘lganligi uchun B) judayam oriqligi uchun#
C) o‘lguday qari bo‘lganligi uchun D) A va C

18. «Kichkina shahzoda» asarida uchuvchi chizgan qo‘zichoq ikkinchi marta nima uchun Kichkina shahzo­daga yoqmaydi?


A) qo‘chqor bo‘lganligi uchun# B) judayam oriqligi uchun
C) o‘lguday qari bo‘lganligi uchun D) judayam kichkinaligi uchun

19. «Kichkina shahzoda» asarida uchuvchi chizgan qo‘zichoq uchinchi marta nima uchun Kichkina shahzo­daga yoqmaydi?


A) qo‘chqor bo‘lganligi uchun B) judayam oriqligi uchun
C) o‘lguday qari bo‘lganligi uchun# D) judayam kichkinaligi uchun

20. Ekzyuperi: «U Fransiyada yashaydi, u yerda hozir hammayoq sovuq, ocharchilik, … esa taskin-tasalliga benihoya muhtoj», – deya «Kichkina shahzoda» asarini kimga bag‘ishlaganini aytadi?


A) akasi Leon Vertga B) do‘sti Fransuaga
C) akasi Fransuaga D) do‘sti Leon Vertga#

21. «Kichkina shahzoda» asarida uchuvchining 1- va 2- raqamli suratlarida nimalar tasvirlangan edi?


A) filni chaqib olgan bo‘g‘ma ilon
B) bahaybat bo‘g‘ma ilonning bir uy hayvonini tiriklay yutayotgani
C) filni tiriklay yutib yuborgan bo‘g‘ma ilonning tashqi va ichki ko‘rinishlari#
D) A va B

22. «Kichkina shahzoda» asaridan olingan quyidagi parchada nuqtalar o‘rniga mos javobni qo‘ying.


«O‘zining mitti sayyorasidan zerikkan Kichkina shahzoda … koinot bo‘ylab sayr etishga qaror qiladi».
A) qushlar bilan # B) tillarang sharfi bilan
C) feruza guli bilan D) yolg‘iz o‘zi
23. «Kichkina shahzoda» asarida shahzoda uchuvchiga nechanchi sayyorada duch keladi?
A) beshinchi B) oltinchi C) yettinchi# D) sakkizinchi

24. «Kichkina shahzoda» asarida shahzoda Yerga kelishdan oldin kim yashaydigan sayyorada bo‘ladi?


A) jug‘rofiy olim# B) chirog‘bon C) qirol D) korchalon

25. «Kichkina shahzoda» asarida shahzodaning doimiy hamrohi nima edi?


A) quvnoq kulgi B) ezgulik C) tillarang sharf#D) feruza gul

26. «Kichkina shahzoda» asarida shahzoda Yerda kim bilan do‘stlashadi?


A) ilon B) tulki # C) uchuvchi D) gul

27. «Kichkina shahzoda» asarida uchuvchi shahzodaning nima bilan oziqlanishini aytadi?


A) quvonch bilan B) suv bilan
C) quyosh nuri bilan# D) hech narsa bilan oziqlanmaydi

28. «Kichkina shahzoda» ertagida «qo‘zichoq chizib ber» iltimosiga javob tariqasida dastlab chizgan suratiga uchuvchi qanday javob oladi?


A) «O‘zing ham ko‘rib turibsan-a, qo‘chqor-ku bu».
B) «Yo‘q, bu qo‘zichoq judayam oriq-ku».
C) «Menga ilon ham, fil ham kerak emas!» #
D) «E, bu o‘lguday qari-ku».

29. «Kichkina shahzoda» asarida 1-asteroidda kim yashar edi?


A) piyonista B) qirol# C) shuhratparast D) korchalon

30. «Kichkina shahzoda» asarida 2-asteroidda kim yashar edi?


A) piyonista B) qirol C) shuhratparast# D) korchalon

31. «Kichkina shahzoda» asarida 3-asteroidda kim yashar edi?


A) piyonista# B) qirol C) shuhratparast D) korchalon

32. «Kichkina shahzoda» asarida 4-asteroidda kim yashar edi?


A) piyonista B) qirol C) shuhratparast D) korchalon#

33. «Kichkina shahzoda» asarida 5-asteroidda kim yashar edi?


A) piyonista B) chirog‘bon# C) jo‘g‘rofiy olim D) korchalon
34. «Kichkina shahzoda» asarida 6-asteroidda kim yashar edi?
A) piyonista B) chirog‘bon C) jo‘g‘rofiy olim# D) korchalon

35. «Kichkina shahzoda» asarida Kichkina shahzodaning Yerga kelganiga qancha vaqt bo‘lgan edi?


A) yarim yil B) bir yil# C) bir yarim yil D) ikki yil

36. «Kichkina shahzoda» asarida uchuvchini sahroda qaysi kasallik qiynaydi?


A) terlama B) qorason C) bezgak# D) vabo

37. «Kichkina shahzoda» asarida «Suv ba’zan yurakka ham kerak bo‘ladi...» gapi qaysi qahramonga tegishli?


A) uchuvchi B) Kichkina shahzoda#
C) muallif D) ilon

38. «Kichkina shahzoda» asarida kimlar «juda-juda g‘alati xalq» deb ta’riflanadi?


A) sahro odamlari B) uchuvchilar
C) o‘zga sayyoraliklar D) kattalar#



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish