QO‘SHIMCHA TESTLAR
28. «Hafta» she’ridan olingan quyidagi parchada qaysi kun haqida gap ketyapti?
Umr o‘zi kunlardandir,
Shu kunlarning biriman.
Men oxirgi mehnat kuni,
Haftaning taqdiriman.
A) shanba
B) yakshanba
C) dushanba
D) juma#
29. «Po‘latjon yuz tup ko‘chat ekmoqchi» she’ri qahramoni Po‘latjonning otasi qaysi kasb egasi?
A) injener #
B) mexanik
C) arxitektor
D) quruvchi
30. «Hafta» she’ridan olingan quyidagi parchada qaysi kun o‘z nomining g‘alati ekani haqida gapiradi?
Otim g‘alat, ammo birov
Meni no‘noq desin-chi!
A) juma
B) yakshanba
C) payshanba#
D) seshanba
31. «Hafta» she’rida ta’rifi keltirilgan qaysi kunni ota-bobolarimiz insonning ezgu ishlari amalga oshadigan «murodbaxsh kun» deb biladilar va eng yaxshi, katta niyatlarni shu kuni amalga oshirish, boshlash xayrli deydilar?
A) juma
B) chorshanba #
C) payshanba
D) dushanba
32. Asqad Muxtor 1974-yilda qaysi janrdagi asari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan?
A) hikoya
B) qissa
C) roman#
D) drama
19-§. O‘TKIR HOSHIMOV
«DUNYONING ISHLARI».
(Darslikda 51–64 betlar)
1. Abdulla Qahhor O‘tkir Hoshimovning qaysi asarini o‘qib, unga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytadi?
A) «Cho‘l havosi»# B) «Urushning so‘nggi qurboni»
C) «Ikki eshik orasi» D) «Dunyoning ishlari»
2. O‘tkir Hoshimov qachondan she’r mashq qila boshlagan?
A) 9 yoshidan B) 5-sinfdan#
C) talabalik yillaridan D) U faqat nasrda ijod qilgan.
3. O‘tkir Hoshimovning dastlabki kitobi qachon e’lon qilingan?
A) o‘quvchilik davrida B) talabalik yillarida#
C) musahhihlik davrida D) muharrirlik davrida
4. O‘tkir Hoshimovning hikoyalarini toping.
1) «Urushning so‘nggi qurboni»; 2) «Bahor qaytmaydi»;
3) «Shamol esaveradi»; 4) «Muhabbat».
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 1, 4#
5. O‘tkir Hoshimov romanlarini toping.
1) «Nur borki, soya bor»; 2) «Ikki eshik orasi»; 3) «Qatag‘on»;
4) «Ikki karra ikki – besh»; 5) «Tushda kechgan umrlar».
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 5#
6. Quyidagilardan qaysi qissa eng ezgu, eng samimiy tuyg‘ular haqida, eng e’zozli zot – ONA to‘g‘risida hikoya qiladi?
A) «Gilam paypoq» B) «Mening o‘g‘rigina bolam»
C) «Oq kema» D) «Dunyoning ishlari»#
7. O‘tkir Hoshimovning qissalarini toping.
1) «Odamlar nima derkin»; 2) «Nur borki, soya bor»;
3) «Ikki karra ikki besh»; 4) «Bahor qaytmaydi»;
5) «Dunyoning ishlari»; 6) «Shamol esaveradi».
A) 1, 2, 4, 5 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 3, 4, 5, 6# D) 1, 5, 6
8. O‘tkir Hoshimovning dramalarini toping.
1) «Shamol esaveradi»; 2) «Muhabbat»; 3) «To‘ylar muborak»;
4) «Qatag‘on»; 5) «Inson sadoqati».
A) 1, 2, 5 B) 1, 3, 4 C) 3, 4, 5# D) 2, 3, 4
9. «Dunyoning ishlari» qissasi tarkibiga kiruvchi «Gilam paypoq» hikoyasidagi bolaning tomoq og‘rig‘iga ona qanday davo choralarini qilib ko‘radi?
A) Tomoqni achchiqtosh bilan chayadi, turshak qaynatib suvini ichiradi. #
B) Tomoqni achchiqtosh bilan chayadi, qarg‘aning miyasini chaqib surtadi.
C) Tomoqqa kepakni qizitib bosadi, turshak qaynatib suvini ichiradi.
D) Tomoqqa sho‘r paxta qilib bosadi, tomoqni sho‘r suv bilan chayib ko‘radi.
10. «Dunyoning ishlari» qissasi tarkibidagi hikoyalarni toping.
1) «O‘ris bolaning oyisi»; 2) «Alla»; 3) «Tush»;
4) «Oq-oydin kechalar»; 5) «Oltin baldoq»; 6) «Gilam paypoq»;
7) «Iltijo»; 8) «Onajonim».
A) 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 3, 4, 5, 6, 7, 8
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7# D) 1, 2, 3, 6, 7, 8
11. «Dunyoning ishlari» asari haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kim?
Do'stlaringiz bilan baham: |