QO‘SHIMCHA TESTLAR
39. Oybekning birinchi she’riy to‘plami qachon nashr qilingan?
A) 1920-yilda
B) 1923-yilda
C) 1926-yilda#
D) 1931-yilda
40. Oybek 1925–1930-yillarda…
A) O‘rta Osiyo davlat dorilfununining ijtimoiy fanlar fakultetida ta’lim olgan. #
B) Pedagogika texnikumida o‘qigan.
C) «Dilbar – davr qizi», «O‘ch», «Baxtigul va Sog‘indiq» dostonlarini e’lon qilgan.
D) A va B
41. Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasi qachon yozilgan?
A) o‘tgan asrning 20-yillarida
B) o‘tgan asrning 30-yillarida#
C) o‘tgan asrning 40-yillarida
D) o‘tgan asrning 50-yillarida
42. Oybek nechanchi yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan?
A) 1940-yilda
B) 1943-yilda #
C) 1945-yilda
D) 1952-yilda
43. Oybek qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1903-yil 10-yanvarda Andijonda
B) 1904-yil 10-yanvarda Farg‘onada
C) 1905-yil 10-yanvarda Toshkentda#
D) 1906-yil 10-yanvarda Samarqandda
16-§. USMON NOSIR
«BOLALIGIMGA». «YURGANMISIZ BIRGA OY BILAN».
«YUR, TOG‘LARGA CHIQAYLIK». «YO‘LCHI». «YOSHLIK».
«GULZOR – CHAMAN». SHE’R HAQIDA TUSHUNCHA.
(Darslikda 14–24 betlar)
1. Usmon Nosirning Samarqanddan onasiga yozgan she’riy maktubi qanday nomlanadi?
A) «Onajon» B) «Onaginam»
C) «Oq yuvib, oq tarab» # D) «Bolaligimga»
2. Usmon Nosirning «Bolaligimga» she’rida bolalik nimalarga o‘xshatiladi?
A) «kapalak»ga, «barglari ko‘m-ko‘k palak»ka
B) go‘zal «malak»ga, «barglari ko‘m-ko‘k palak»ga
C) «gul»ga, «kapalak»ga
D) «gul»ga, «barglari ko‘m-ko‘k palak»ga, go‘zal «malak»ga#
3. Quyidagi misralar Usmon Nosirning qaysi she’ridan olingan?
Shitir-shitir o‘ynar shabada,
Barglar musiqasi bir shirin...
A) «Yur, tog‘larga chiqaylik…» B) «Oq yuvib, oq tarab»
C) «Yurganmisiz birga oy bilan»# D) «Yo‘lchi»
4. Usmon Nosirning qaysi she’ri Boltiq va Oq dengiz bo‘ylariga safar qilgan davrida yozilgan?
A) «Oq yuvib, oq tarab» B) «Yur, tog‘larga chiqaylik…»
C) «Yo‘lchi» D) «Yurganmisiz birga oy bilan»#
5. Usmon Nosir qaysi she’rida o‘zini gul nektari – shirasini yig‘uvchi asalariga emas, balki aynan gul hidiga oshiq, shundan mast bo‘lguvchi kapalakka o‘xshatadi?
A) «Yurganmisiz birga oy bilan» B) «Yo‘lchi»
C) «Oq yuvib, oq tarab» D) «Bolaligimga»#
6. Usmon Nosirning qaysi she’ri u o‘ziga ustoz deb bilgan Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy singari ijodkorlarga tinimsiz hujumlar uyushtirilayotgan, o‘zi esa davolanish uchun shimolga safar qilgan davrda yozilgan?
A) «Oq yuvib, oq tarab» B) «Yurganmisiz birga oy bilan»#
C) «Yo‘lchi» D) «Yur, tog‘larga chiqaylik…»
7. Quyidagi misralar Usmon Nosirning qaysi she’ridan olingan?
Esingdami, g‘arib ona,
U qishlarning zahri?
Yuzni momataloq qilgan
U yillarning qahri?»
A) «Oq yuvib, oq tarab»# B) «Yurganmisiz birga oy bilan»
C) «Bolaligimga» D) «Yur, tog‘larga chiqaylik…»
8. Quyidagi fikrlar Usmon Nosirning qaysi she’ri haqida?
«She’rning birinchi misrasidanoq ko‘kda go‘yo jim turgandek tuyuladigan oy harakatga tushadi. U shoirga hamroh tutinib, ko‘m-ko‘k o‘rmon oralab birga kezadi. Bu holat shoirga hozirga qadar izlab yurgan tanqis muhitni – sokinlik, tinchlikni hadya etadi».
A) «Yurganmisiz birga oy bilan»# B) «Yo‘lchi»
C) «Bolaligimga» D) «Gulzor-chaman»
9. Usmon Nosir qaysi she’rini 23 yoshida yozgan bo‘lib, unda yashashga tashna o‘spirinning orzularga to‘la hayot dengizi osha yorug‘ manzillarga talpinishi aks etadi?
A) «Yo‘lchi» #
B) «Yurganmisiz birga oy bilan»
C) «Bolaligimga»
D) «Yur, tog‘larga chiqaylik…»
10. Quyidagi misralar Usmon Nosirning qaysi she’ridan olingan?
Men mast bo‘lib qoldim bir kecha,
Sil o‘pkamni ancha yayratdim.
Uxlamasdan to tong otguncha,
Dilginamni rosa sayratdim.
A) «Yurganmisiz birga oy bilan»# B) «Yo‘lchi»
C) «Yurak» D) «Bolaligimga»
11. Usmon Nosirning qaysi she’ri 1935-yili, sobiq sho‘ro davlatida mafkuraviy talvasalar juda kuchaygan davrda, yozilgan?
A) «Yurganmisiz birga oy bilan»# B) «Yoshlik»
C) «Gulzor-chaman» D) «Yur, tog‘larga chiqaylik…»
12. Usmon Nosirning «Bolaligimga» she’ri necha misradan iborat?
A) 4 misradan # B) 8 misradan
C) 12 misradan D) 16 misradan
13. Usmon Nosir qalamiga mansub she’rlarni toping.
1) «Yurganmisiz birga oy bilan»; 2) «Yur, tog‘larga chiqaylik...»;
3) «Yo‘lchi»; 4) «Yoshlik»; 5) «Gulzor – chaman»;
6) «Bolaligimga»; 7) «Oq yuvib, oq tarab».
A) 1, 2, 3, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6
C) 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7#
14. Usmon Nosirning qaysi she’rida go‘yo hali bolalik zavqidan voz kechishni istamagan shoir ko‘ngli bilan shafqatsiz hayotning achchiq-chuchugini totib sergak torta boshlagan shoir aqli o‘zaro muloqotga kirishadi?
A) «Bolaligimga» B) «Yurganmisiz birga oy bilan»
C) «Yo‘lchi» D) «Yur, tog‘larga chiqaylik...» #
15. «Ko‘nglimda dardlarim daryodek oqin» misralari Usmon Nosir-ning qaysi she’rida uchraydi?
A) «Bolaligimga» B) «Yurganmisiz birga oy bilan»
C) «Yo‘lchi» # D) «Yur, tog‘larga chiqaylik...»
16. Usmon Nosirning qaysi she’rida asl hayot va yosh ko‘ngilning undan olgan taassurotlari o‘zaro muqoyasa qilinadi?
A) «Bolaligimga» B) «Yurganmisiz birga oy bilan»
C) «Yo‘lchi» D) «Yur, tog‘larga chiqaylik…»#
17. Usmon Nosirning yuzaki qaraganda, yosh yigitning hayot bo‘ronlariga ko‘ksini ochib yashash ishtiyoqi tasvirlangandek tuyuladigan va ayni damda qatag‘on siyosati qurbonlariga darddoshlik hissi ham sezilib turadigan she’rini toping.
A) «Yurak» B) «Yurganmisiz birga oy bilan»
C) «Yo‘lchi»# D) «Yur, tog‘larga chiqaylik...»
18. 1937-yilda ustozlari Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va yana ko‘plab ijodkorlar qatori Usmon Nosir ham «xalq dushmani» degan tuhmat bilan ayblanib, sovuq Sibir o‘lkalariga surgun qilinganda necha yoshda edi?
A) 20 yosh B) 22 yosh C) 25 yosh# D) 28 yosh
19. Quyidagi misralar muallifini aniqlang.
Yoshligimning tarozusi beposangi,
Bir pallasi bahor toshi bilan og‘ir:
Sevinchim ko‘p... shodligim zo‘r... tilim biyron,
Qaysi umr shunday yoshlik ko‘rdi, axir?
A) Sergey Yesenin B) Mirtemir
C) Abdulla Oripov D) Usmon Nosir#
20. Usmon Nosirning «Gulzor-chaman» she’rida lirik qahramon yoriga nima terib bermoqchi bo‘ladi?
A) binafsha# B) lola
C) atirgul D) chuchmoma
21. Usmon Nosir qaysi she’rida qonining she’r bo‘lib oqishini va o‘zi uni qayta ichishini xohlaydi?
A) «Yo‘lchi» B) «Yoshlik»
C) «Bolaligimga» D) «Gulzor-chaman»#
22. Quyidagi misralar Usmon Nosirning qaysi she’ridan olingan?
«Kunday yorug‘, tunday qora, Ekan ko‘zlaring».
«Qonim she’r bo‘lib oqsin-da, Men qayta ichay».
A) «Yo‘lchi» B) «Yoshlik»
C) «Bolaligimga» D) «Gulzor-chaman»#
23. Quyidagi misralar Usmon Nosirning qaysi she’ridan olingan?
Yuragimga achchiq-achchiq botar edi,
«Bog‘ ko‘chada» sharsharakning mungli kuyi...
Hayron bo‘lib, bolalikda o‘ylar edim,
Qaydadir deb bu oftobning yotar uyi?
A) «Yo‘lchi» B) «Yoshlik»#
C) «Yurak» D) «Gulzor-chaman»
24. Quyidagi misralar Usmon Nosirning qaysi she’ridan olingan?
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo‘lsa,
Yoril! Chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!
A) «Yo‘lchi» B) «Yurganmisiz birga oy bilan»
C) «Yurak» # D) «Yur, tog‘larga chiqaylik…»
25. Quyidagi misralar Usmon Nosirning qaysi she’ridan olingan?
Bolaligim gul bog‘larni ko‘rolmagan,
G‘arib bo‘lib, mungsib yurgan ko‘chalarda.
Yulduz sanab, yildan uzun kechalarda
Hisobiga sira azal yetolmagan.
A) «Yo‘lchi» B) «Yoshlik» #
C) «Bolaligimga» D) «Gulzor-chaman»
26. Usmon Nosir qaysi she’rida bolaligida ko‘rgan sargardonliklarini tabiat manzaralariga uyg‘un holda qayta jonlantiradi, o‘quvchini o‘z xotiralariga oshno etadi?
A) «Yo‘lchi» B) «Oq yuvib, oq tarab»#
C) «Bolaligimga» D) «Gulzor-chaman»
27. Usmon Nosir qaysi she’rida agar Vatan chorlasa, qo‘lyozmalarini tashlab, shinel kiyishga tayyorligi haqida yozadi?
A) «Yo‘lchi»
B) «Yoshlik»
C) «Yurak»
D) «Gulzor-chaman»#
Do'stlaringiz bilan baham: |