Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish.
A) Toshkentdagi Milliy bog‘da o‘rnatilgan A. Navoiy haykali ustidagi gumbaz ostiga#
B) Bokudagi A. Navoiy maqbarasi gumbaziga
C) Temuriylar tarixi davlat muzeyi gumbaziga
D) A. Navoiy nomidagi Katta akademik opera va balet teatri gumbaziga
45. «Iskandar va Spitamen» asarining muallifi kim?
A) Maqsud Shayxzoda B) Pirimqul Qodirov
C) Mirkarim Osim # D) Maqsud Shayxzoda
46. Quyidagi ma’lumotlar kimning tarjimayi holidan olingan?
Avval boshlang‘ich maktabda o‘qidi. Keyin esa o‘sha paytda urf bo‘la boshlagan rus-tuzem maktabiga kirdi. Muallimlar tayyorlaydigan maktabni ham bitirgach, avval o‘qituvchilik, so‘ng jurnalistlik qildi.
A) G‘afur G‘ulomning# B) Abdulla Qahhorning
C) Abdulla Qodiriyning D) Hamid Olimjonning
47. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying. «…so‘zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi».
A) topishmoq B) maqol #
C) she’r D) maqol va topishmoq
48. Qaysi janrda yashirin ma’no ko‘pincha majoziy shaklda keltiriladi, aniqrog‘i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, buyum, o‘simlikka qiyoslangan holda beriladi?
A) masalda B) topishmoqda #
C) maqolda D) ertakda
49. Quyidagi fikr qaysi janr haqida?
«U ko‘proq ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega bo‘lib, kishining tasavvuri va tafakkurini o‘stiradi».
A) maqol B) topishmoq #
C) ertak D) masal
50. «Badarg‘a» asarining muallifi kim?
A) Mirkarim Osim # B) Pirimqul Qodirov
C) Abdulla Qodiriy D) Maqsud Shayxzoda
51. «Alisher Navoiy va Darvishali» asarining muallifi kim?
A) Mirkarim Osim # B) Oybek
C) Maqsud Shayxzoda D) Pirimqul Qodirov
52. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasining muallifi kim?
A) Mirkarim Osim B) Maqsud Shayxzoda#
C) Abdulla Qodiriy D) Chingiz Aytmatov
53. Quyidagi fikrlar qaysi janr haqida?
«Shunday so‘zki, so‘zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi... Kimki uni ko‘p ishlatsa, o‘shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar».
A) hadis B) matal C) hikmatli so‘z D) maqol#
54. Quyidagi gap qaysi janr haqida borayotganligini toping?
«Ular avvalo, aqlni chiniqtiradigan, ayniqsa, bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi bo‘lsa, ayni paytda, ko‘ngilochar o‘yin ham hisoblanadi».
A) maqol B) topishmoq# C) ertak D) masal
55. Andersenning qaysi ertagi kishini qalbakilikdan, ikkiyuzlama-chilikdan, yolg‘onchilikdan qaytaradi va inson qalbini tushunib yashashga, har bir narsadan go‘zallik topa olishga undaydi?
A) «Suv parisi» ertagi B) «Bulbul» ertagi#
C) «Bronza to‘ng‘iz» ertagi D) «Qor malikasi» ertagi
56. Adabiyotshunoslar tomonidan «hammabop ommaviy janr» deya ta’riflangan janr qaysi?
A) maqol B) topishmoq# C) ertak D) masal
57. Quyidagi fikrlar kim haqida?
«Yurtimizda uning asarlari kirib bormagan birorta ham xonadon bo‘lmasa kerak. U faqat o‘zbeklarning emas, balki Turkiston xalqlarining ham sevimli adibi, ozodlik va istiqlol kuychisidir».
A) Alisher Navoiy B) Zahiriddin Muhammad Bobur
C) Chingiz Aytmatov D) Abdulla Qodiriy#
58. Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida ziyoli inson bo‘lmish Ma’sum xonadonida tavallud topgan shoir kim?
A) Abay B) Chingiz Aytmatov
C) Maqsud Shayxzoda# D) Mirkarim Osim
59. 2003-yilning may oyida qaysi so‘z san’atkori tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi?
A) Abdulla Qahhor B) Hamid Olimjon
C) G‘afur G‘ulom# D) Maqsud Shayxzoda
60. Qaysi asarda Qora buvi obrazi bor?
A) «Zulmat ichra nur» qissasida
B) «Uloqda» hikoyasida
C) «Shum bola» qissasida
D) «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasida#
61. O‘zbek yozma adabiyoti XX asrga qadar, asosan, qanday shakldagi asarlardan iborat edi?
A) she’riy # B) nasriy
C) sochma D) she’riy va nasriy
62. Quyidagi matn qaysi asardan olingan? «Oq atirgullar va gulxayrilar muattar bo‘y taratayotgan joy, yangi nish urib chiqqan maysalar, tiriklarning o‘lganlar uchun to‘kkan ko‘z yoshlari bilan sug‘orilgan sokin, farahbaxsh qabriston haqida kuylay ketdi».
A) «Me’mor» romanidan B) «Oq kema» qissasidan
C) «Dahshat» hikoyasidan D) «Bulbul» ertagidan#
63. Quyidagi hikmatli so‘zlar qaysi asardan olingan?
Do'stlaringiz bilan baham: |