5-SINF ADABIYOT 2-QISM
I BOB. BOLALIKNING BEG‘UBOR OLAMI
15-§. OYBEK
«FANORCHI OTA»
«BOLANING KO‘NGLI POSHSHO»
(Darslikda 3–13 betlar)
1. Qaysi qatorda Oybek hayoti va ijodiga oid to‘g‘ri ma’lumot berilmagan?
1) Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida tug‘ilgan.
2) Avval maktabda, keyin pedagogika texnikumida o‘qigan.
3) Ijodini she’rlar yozish bilan boshlagan.
4) O‘rta Osiyo davlat dorilfununining ijtimoiy fanlar fakultetida ta’lim olgan.
5) Ijodini hikoyalar yozish bilan boshlagan.
6) O‘rta Osiyo davlat dorilfununida muallimlik qilgan.
A) 1, 2, 5 B) 2, 3, 6
C) 5, 6 D) Faqat 5#
2. Oybek qanday oilada dunyoga kelgan?
A) ziyoli B) baqqol
C) bog‘bon D) bo‘zchi#
3. Oybek ijodini qaysi janrdagi asarlar yozish bilan boshlagan?
A) she’rlar # B) doston
C) hikoya D) qissa
4. Oybekning birinchi she’riy to‘plami qanday nomlangan?
A) «Qushcha» B) «Mitti yulduz»
C) «Birinchi daftar» D) «Tuyg‘ular»#
5. Oybekning dostonlarini toping.
A) «Singan umid», «Tillatopar», «Baxtigul va Sog‘indiq»
B) «Tillatopar», «O‘ch», «Navoiy»
C) «Dilbar – davr qizi», «O‘ch», «Baxtigul va Sog‘indiq»#
D) «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Quyosh qoraymas»
6. Oybekning bir janrga mansub asarlarini toping.
A) «Dilbar – davr qizi», «Musicha», «Baxtigul va Sog‘indiq»
B) «Dilbar – davr qizi», «O‘ch», «Singan umid»
C) «Fanorchi ota», «O‘ch», «Singan umid»
D) «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Quyosh qoraymas»#
7. Oybekning bir janrga mansub asarlarini toping.
A) «Dilbar – davr qizi», «Musicha», «Baxtigul va Sog‘indiq»
B) «Dilbar – davr qizi», «O‘ch», «Baxtigul va Sog‘indiq»#
C) «Fanorchi ota», «Musicha», «Quyosh qoraymas»
D) «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Tillatopar»
8. Oybekning hikoyalarini toping.
1) «Dilbar – davr qizi»; 2) «Baxtigul va Sog‘indiq»;
3) «Singan umid»; 4) «Fanorchi ota»;
5) «Musicha»; 6) «Tillatopar»; 7) «Gulnor opa».
A) 1, 3, 4, 5, 7 B) 2, 4, 5, 6, 7
C) 3, 4, 5, 6, 7 # D) 4, 5, 6, 7
9. Oybekning yirik nasriy asarlari uchun qaysi janrdagi ijod namunalari «xamirturush» vazifasini o‘tagan?
A) hikoyalari#
B) qissalari
C) dramalari
D) she’r va hikoyalari
10. Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida kimning darvozasi ustidagi fanor tasvirlangan?
A) Qosim cho‘loqning B) Ahmad akaning
C) Fonarchi otaning D) Tursunqul akaning#
11. Oybekning qaysi qahramoni «Past bo‘yli, burushiq yuzli, juda yuvosh, indamas kishi» deya ta’riflanadi?
A) Dadaqo‘zi ota B) Sobir baqqol
C) Musa baqqol D) Fonarchi ota#
12. Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida bolalar ichida eng ko‘p qo‘rqmaydigan, eng battoli kim edi?
A) Nozim B) Kozim C) Ahmad D) Qosim#
13. «Fanorchi ota» hikoyasida «Kim endi sindirsa, shuni tutib beramiz otamga» degan gapni kim aytadi?
A) Ahmad# B) Hamid C) Kozim D) Qosim
14. Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida ko‘zlari singan fanor qanday tasvirlanadi?
A) zambarak zarbidan qulagan minoradek ajava tusda
B) bir ko‘zli tungi ko‘rshapalakdek ajava tusda
C) to‘rt tarafdan qulagan uy kabi ajava tusda#
D) ikki qanoti qayrilgan qushdek ajava tusda
15. Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida tasvirlangan «har kuni bir zararkunandalikni o‘ylab topadigan» bola kim?
A) Nozim cho‘loq B) Kozim cho‘loq
C) Ahmad cho‘loq D) Qosim cho‘loq#
16. Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida qaysi davr voqealari tasvirlangan?
A) XXI asr boshlari B) XXI asr oxirlari
C) XX asr boshlari # D) XX asr oxirlari
17. «Fanorchi ota» hikoyasida bolalar «tutib olish uchun poylasa, hatto birortamizni tutib ursa ekan», deb «orzu» qilishadigan fanorchi otani gapirishga majbur qilgan sabab nima?
A) uning ustidan bolalarning «piq-piq» kulayotgani ko‘ngliga og‘ir botgani sabab
B) battol Qosim cho‘loq yana bir zararkunandalikni o‘ylab topgani sabab
C) shu atrofda yashaydigan odamlarning shikoyat qilgani sabab
D) o‘zi singari keksa kishining qorong‘ida ariqqa yiqilib loyga belangani sabab#
18. Oybekning necha tomlik asarlar to‘plami nashr qilingan?
A) 8 tom B) 18 tom
C) 20 tom# D) 30 tom
19. Oybekning bolalik xotiralari asosida dunyoga kelgan asarlarini toping.
1) «Fanorchi ota»; 2) «Alisherning bolaligi»; 3) «Singan umid»;
4) «Tillatopar»; 5) «Gulnor opa»; 6) «Musicha».
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5
C) 1, 3, 4, 5, 6# D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
20. Oybekning Navoiyning ziddiyatli hayotini tasvirlagan romani qaysi?
A) «Alisherning bolaligi» B) «Zulmat ichra nur»
C) «Navoiy» # D) «Bola Alisher»
21. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasi kimning tilidan beriladi?
A) muallifning B) bolaning#
C) boboning D) xolis hikoyachining
22. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasi Oybekning qaysi asari tarkibida uchraydi?
A) «Bolalik»# B) «Quyosh qoraymas»
C) «Qutlug‘ qon» D) «Dilbar – davr qizi»
23. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida «ariq labidan bir parcha loy olib «poq-poq» o‘ynab» o‘tirgan bola kim?
A) A’zam B) Adham
C) Mo‘min D) Muso#
24. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida bir tilim handalakni maqtagan bolaning ismi?
A) Muso B) A’zam #
C) Adham D) Aziz
25. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida supuriqsiz, qarovsiz qolgan keng hovli egasi kim?
A) Dadaqo‘zi B) Mirahmad ota #
C) Sobiq baqqol D) Muso baqqol
26. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida keltirilgan «tanda»…
A) mato to‘qish uchun uzunasiga tortilgan ip, o‘rish#
B) gilam to‘qish uchun uzunasiga tortilgan ip, o‘rish
C) gilamni bo‘yash uchun uzunasiga tortilgan ip, o‘rish
D) matoni bo‘yash uchun uzunasiga tortilgan ip, o‘rish
27. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida keltirilgan «shashpar» – uchiga yumaloq, g‘adir-budur temir o‘rnatilgan uzun dastali…
A) gurzi, cho‘qmor # B) bolta
C) bolg‘a D) A va B
28. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida «bolaning ko‘ngli poshsho» gapi kimning tilidan beriladi?
A) muallifning B) bolaning
C) Musulmonqulning D) Dadaqo‘zining#
29. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida bolaning ko‘ziga har vaqt quruq ko‘rinadigan va unda faqat sabzi, piyoz, un, kerosin sotiladigan do‘kon kimniki?
A) Dadaqo‘ziniki B) Sobir baqqolniki
C) Musa baqqolniki# D) Mo‘min baqqolniki
30. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida muloyim, shirinso‘z, sersoqol keksa baqqol kim?
A) Dadaqo‘zi B) Sobir baqqol#
C) Muso baqqol D) Mo‘min baqqol
31. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasidagi quyidagi fikrlar kimga tegishli?
«Ana shu oqpadarga qamti kelib qolsam bo‘ladimi! U otda, men yayov. Qo‘limda shashpar... O‘ziyam devday baquvvat, zug‘umli yigit edi-da...»
A) Dadaqo‘zi otaga B) Mirahmad otaga#
C) Muso baqqolga D) Mo‘min baqqolga
32. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida keltirilishicha, qayerda 3 ta do‘kon bor edi?
A) «Oqmachit» mahallasida #
B) «Oqqo‘rg‘on» mahallasida
C) «Kattaqo‘rg‘on» mahallasida
D) «Eshonguzar» mahallasida
33. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida qaysi baqqolning do‘konida hamma narsa topilar edi-yu, lekin qimmat bo‘lar edi?
A) Musa baqqolning B) Sobir baqqolning#
C) Muso baqqolning D) Mo‘min baqqolning
34. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasida qaysi davr voqealari tasvirlangan?
A) XXI asrning boshlari B) XIX asrning o‘rtalari
C) XX asrning boshlari# D) XX asrning oxirlari
35. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasidagi voqealar qaysi faslda bo‘lib o‘tgan?
A) kuzda B) qishda
C) bahorda# D) yozda
36. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasidagi bolaning bobosi kim?
A) Mirahmad ota B) Dadaqo‘zi#
C) Sobir baqqol D) Muso baqqol
37. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasidagi voqealar qayerda bo‘lib o‘tadi?
A) Toshkentda # B) Farg‘onada
C) Samarqandda D) Andijonda
38. «Bolaning ko‘ngli poshsho» hikoyasi qaysi kasb egalarining mashaqqatli hayoti tasviri bilan boshlanadi?
A) baqqollarning
B) bo‘zchilarning#
C) bog‘bonlarning
D) novvoylarning
Do'stlaringiz bilan baham: |